Rad etish usullari: tezisni rad etish, argumentlarni rad etish, demonstratsiyani rad etish.
Tezisni rad etish – faktlar orqali, bema’nilikka olib kelish usuli orqali rad etishga aytiladi. Masalan: sovet davrida O‘zbekiston mustaqil respublika bo‘lgan degn tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. Bu usul bema’nilikka olib kelish deb aytiladi.
(а – б) – ((а - б) – а)
Argumentlarni rad etish - tezisni isbotlash uchun oponent tomsonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularni xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi aniqlanadi.
Demonstratsiya – isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish. Rad etishning bu usulida isbotlashda yo’l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi.
Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar.
Isbotlash qoidasи - tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etish xulosa chiqarish xodisalariga rioya qilish zarur. Masalan: Respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yo’qmi degan masalani isbot etishga harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi.
Bahs - jarayonida tezis mazmunining toraytirilishi yoki kengaytirilishini tezisni o‘zgarishiga olib keladi. Ular o‘ziga xos qonun qoidalarga ega. Masalan: zaruriyatsiz bahslashmaslik, bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik, mavzuni o‘zgartirmaslik, mavzuni yaxshi biladigan aqlli odamlargina bilan baxslashish va hokazo.
Sofistlar - isbotlash jarayonida ataylab qastdan xatoga yo’l qo‘yuvchilar grekcha -"ayyorlik".
Parologizm - fikr jarayonida bilmasdan xatoga yo’l qo‘yish.
Paradoks - chinligini xam, xatoligini ham birdan isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlaр.
Muammoli tezis -bilish davomida, olam va uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning obyektiv zarurligi. Masalan: Hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va metodlarini tushuntirish va qo‘llanish sohalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |