Tushuncha deb predmet, hodisalarning muhim va umumiy belgilarini inson ongida yaxlit tarzda aks ettiruvchi tafakkur shakliga aytiladi. Tushunchalarda faqat tashqi obyektiv borliq emas, balki inson


O‘xshashlik bo‘yicha xulosa: mohiyati va mantiqiy tuzilishi


Download 37 Kb.
bet12/14
Sana19.11.2023
Hajmi37 Kb.
#1786396
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
xulosa

O‘xshashlik bo‘yicha xulosa: mohiyati va mantiqiy tuzilishi
Fanda va amaliy ishlarda ko‘pincha yagona, o‘zining individual tavsifno-malariga ko‘ra takrorlanmaydigan hodisalar, predmetlar va voqealar tadqiqot obyekti bo‘ladi. Ularni izohlash va baholashda deduktiv va induktiv mulohazalarni qo‘llanish mushkul bo‘ladi. Bunday holda mulohazaning uchinchi usuli - o‘xshashligi bo‘yicha xulosaga murojaat qilinadi: yangi yagona hodisa boshqa, ma’lum va u bilan o‘xshash bo‘lgan yagona hodisaga qiyoslanadi va ilgari olingan axborot ushbu o‘xshash hodisaga ham tegishli deb olinadi.
Fizika tarixida tovushning tarqalishi mexanizmini aniqlashda uni suyuqlik harakati bilan qiyoslab xulosa chiqarish shunday shaklda kechgan edi. Shunday qiyoslash asosida tovushning to‘lqinli nazariyasi paydo bo‘ldi. Bunday holda suyuqlik va tovush qiyoslash obyektlari, ularning tarqalishining to‘lqinsimon usuli esa - o‘tkazilgan belgi bo‘lgan.
O‘xshashlik bo‘yicha xulosa - bu muayyan belgining tadqiq qilinayotgan yagona obyekt (predmet, hodisa, munosabat yoki sinf)ga mansubligi haqida ushbu obyektning muhim belgilar bo‘yicha boshqa bir ma’lum yagona obyektga o‘xshashligi asosida chiqarilgan xulosadir.
O‘xshashlik bo‘yicha xulosadan ilgari har doim ikkita obyektning o‘xshashligi va ular o‘rtasidagi farqni aniqlashga imkon beradigan qiyoslash operatsiyasi o‘tkaziladi. Bunda o‘xshatish uchun nafaqat mos kelishlar, balki farqlar nomuhim bo‘lgani holda eng muhim belgilardagi o‘xshashlik talab etiladi. Aynan shunday o‘xshashliklar ikkita moddiy yoki ideal obyektlarni taqqoslash uchun asos bo‘ladi.
Ma’lum bilimdan yangi bilimga tomon mantiqiy o‘tish o‘xshashlik bo‘yicha xulosalarda: agar ikkita yagona predmetlar muayyan belgilariga ko‘ra o‘xshash bo‘lsa, unda ular boshqa, qiyoslanayotgan predmetlardan birida aniqlangan belgilarda ham o‘xshash bo‘lishi mumkin, degan qoida orqali tartibga solinadi. belgilari ham hisobga olinmasa, unda bunday o‘xshashlik faqat yuzaki deb baholanishi mumkin.
Argumentlash nazariyasi.
Argumentlash (dalillash) - deb biror fikr muloxazani yoki muloxazalar tizimini voqelikka bevosita murojaat qilish yo’li bilan ( kuzatish, tajriba, eksperiment va xakozo) yoki chinligi avvaldan aloxida tasdiqlangan boshqa muloxazalar yordamida asoslab berishiga aytiladi.Bevosita, bilvositali bo‘ladi. Birin­chisisida hissiy bilishga, tajriba, eksprementga, ikkinchsida vositali tashqi muloxazalarga asoslanadi.(chinligi avvaldan tasdiqangan).

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling