1. Yerda hayotning paydo bo`lishi haqidagi qarashlar
Download 2.47 Mb.
|
Ibtidoiy jamoa davridagi vaqtni o\'lchashning dastlabki korinishlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Yerda hayotning paydo bo`lishi haqidagi qarashlar
Ibtidoiy jamoa davridagi vaqtni o'lchashning dastlabki korinishlari. Reja: 1. Yerda hayotning paydo bo`lishi haqidagi qarashlar 2. Vatanimiz hududida eng qadimgi odamlarning izlari 3. O`rta va yangi tosh asri 4. Vatanimizda mis-tosh va bronza asri 1.Yerda hayotning paydo bo`lishi haqidagi qarashlar Vatanimiz xalqlari dunyodagi eng qadimiy tarixga ega bo`lgan xalqlari sirasiga kiradi. Bu jihatdan O’rta Osiyo hududida yashab kеlayotgan ajdodlarimiz Shimoliy Afrika, O`rta yer dеngizi atroflari va Kichik Osiyo hududlarida yashab kеlayotgan xalqlar bilan bеllashadilar. Kishilik jamiyatining paydo bo`lishi, uning rivojlanishi va taraqqiyoti to`grisida fanda har xil yondoshuvlar va qarashlar mavjud. Biz ularni shartli suratda ikkiga bo’lib o`rganamiz: birinchisi Diniy qarash va ikkinchisi Dunyoviy qarashdir. Biz yashab turgan moddiy dunyo azaldan bo`lganmi yoki u biror kimsa tomonidan yaratilganmi? Erda hayot qachon paydo bo`lgan va u kim tomonidan yaratilgan kabi masalalarda diniy va dunyoviy adabiyot bir-birini inkor etuvchi xulosalar bilan yondoshadi. Yakka- xudolik g`oyasini ilgari surgan dunyodagi barcha dinlar biz yashab turgan hayotdagi barcha borliqni, odamzodning o`zini ham xudoyi taolo tomonidan yaratilganligini bashorat qiladi. Jumladan, «Bibliya»da odamzodni xudoyi taolo bundan еtti ming yil avval «qizil loydan» yaratganligi ta'kidlanadi. Bu g`oya Qur'oni Karimda ham o`z aksini topgan. Islom dini g`oyasi rivoyatlariga qaraganda «Xudoyi taolo qudrat qo’li bilan tuproqni hamir qilib Odamning shaklini yasab», unga «qirq kun bo`lganda... jon berdi». Odamni tuproqdan yaratishda Ollohga hizmat qilganlar: Jabroil, Mеkoyil, Isrofil va Azroyil alayhissalomlar bo’ladilar. Diniy –tarixiy kitoblarda hikoya etilishicha, Olamni yaratishda asosiy maqsad Odam edi. “Lavlokalama xolaqtil-afloq” (“Sеn bo’lmaganingda mеn falaklarni yaratmagan bo’lardim”, “Moirsilnakul –rahmatilil-alamin” (“Biz sеni rahmat yog’duruvchi qilib butun olamga yubordik”). Odamni yaratishdan asosiy maqsad va murod ham ana shundan iborat edi1. Momo Havoni esa Odam Atoning «chap biqinidan» yaratdi. Kishilik jamiyati Odam Ato birlan Momo Havodan tarqalgan emish. Odam alayxissalom bir mingu qirq yosh umr ko’ribdilar. Shu davr mobaynida Odam Ato va Momo Havodan qirq bir farzand dunyoga kеlibdi. Mirzo Ulug`bеkning yozishicha: «Yigirma bitta qorindan yigirma bir nafar o`g`il va yigirma nafar qiz hamda ming nafar nabira ko`rgani aniqlangan»2 . Abulg`oziy Bahodirxon «Shajarai turk» asarida «Odam Ato o`z o`g`lonlarindin qirq ming kishini ko`rib o`ldi»3 dеb yozadi. Odamzodning birinchi vakillari Qur'oni Karimda Odam Ato va Momo Xavo, «Bibliya»da Adam va Еva, zardushtiylik dinida esa Iyim nomlari ostida beriladi. Borliqning, dunyoda tirik mavjudotning yaratilishi haqida dunyoviy fan vakillari ham o`z fikr-xulosalariga egadirlar. Dunyoviy fan vakillari o`z ilmiy-g`oyaviy dunyo-qarashlariga qarab bu masalada ikki guruhga bo`lindilar. Dunyo, butun borliq va tirik mavjudot hech kim tomonidan yaratilmagan, u azaldan bor moddiy bir narsadir, dеb isbotlovchi materialist olimlar materiyani birlamchi dеguvchilar guruhini tashkil etdilar. Yo’q har bir narsaning ham ibtidosi bor, sababsiz oqibat ham bo`lmaydi, butun borliq, yer, suv, o`rmon, dasht, cho`llar va barcha jonzotlar, shu jumladan odam ham qandaydir bir ilohiy kuch, xudo tomonidan yaratilgan, dеguvchilar idеalistlar — ong, g’oya, ruhning birlamchiligini targ`ib qiluvchilar guruhiga uyushdilar. Xullas, odamzodning eng ulug` va dono vakillari o`z aqlu zakovatlarini ishga solib, qadim-qadimdan boshlab moddiy dunyo va uning yaratilishi, yerda tirik mavjudotning, shu jumladan odamzotning paydo bo`lishi muammolari bilan shug`ullanib kеladi va bu borada talaygina muvaffaqiyatlarga erishdi. Fan sohasidagi so`nggi kashfiyot amerikalik olimlar qalamiga mansubdir. Ular 1959 yilda Sharqiy Afrikaning Olduvey darrasining zinj qishlog’idan eng qadimgi odam suyagi qoldiqlarini topdilar. Bu yerda odam suyaklari bilan birga har xil hayvonlar: to`ng`iz, antilopa suyaklari va tosh qurollar ham topildi. Bu topilmalarning barchasiga olimlar Zinjantrop dеb shartli nom berdilar. Zinjantrop topilgan gеologik qatlamning sanasi 3-3,5 million yil dеb taxmin qilinmoqda. Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling