Amaliy mashg’ulot 1 Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari


Download 75.37 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1122062
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Аmaliyot-1


Amaliy mashg’ulot 1
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari.
Kimyo-moddalarning tarkibi,tuzilishi,xossalari va ularning o’zgarishlarini o’rganadigan fandir.Kimyo atrofdagi barcha borliqni,uni tashkil etgan tarkibiy qismlarni moddalardan iborat deb qaraydi.Moddalarni o’rganish bilan borliqni o’rganadi.
Bir xil element atomidan tashkil topgan moddalar- oddiy, har xil element atomlaridan tarkib topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi.
Kimyoviy element- yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi.
Allatropiya- kimyoviy element atomining ikki yoki undan ortiq oddiy modda hosil qilish hodisasidir. . M: C-karbit, C-grafit,C-olmos.
Modda miqdori- fizik tushuncha bo’lib u lotincha n harfi bilan belgilanadi. Modda miqdorining birligi mol.
Valentlik – bu elementlarning kimyoviy bog’ hosil qilish xossasidir.
Atom-molekulyar ta’limot nuqtai-nazaridan kimyoning asosiy qonunlariga:
-Moddalar massasining saqlanish qonuni
-Tarkibning doimiylik qonuni
-Hajmiy va karrali nisbatlar qonuni
-Ekvivalentlar qonuni
-Avogadro qonuni
Moddalar massasining saqlanish qonuni
Kimyoviy reaksiya uchun elementlarning qancha atomi olingan bo’lsa,reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar molekulasida o’shancha atom saqlanadi.
Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi,hosil bo’lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.
M: Fe + S = FeS 2H2 + O2 = 2H2O
56 32 88 1*4 2*16 1*4+16*2
4 32 36
Moddalar massasining saqlanish qonuni Lomonosov-Lavuaze qonuni deb ataladi.
1-misol. 6 g magniy yonganda 10 g magniy oksid hosil bo’lgan. Magniy oksidning miqdoriy tarkibini hisoblang.
Yechish. Magniy oksidning miqdoriy tarkibini aniqlash deganda, shu oksid tarkibidagi magniy bilan kislorodning o’zaro nisbatini topish tushuniladi. Misoldan magniyning massasi ma’lum. Demak. Kislorod massasini aniqlash kerak:
m0 = 10 g – 6 g = 4 g
Magniy oksidning miqdoriy tarkibini quyidagi nisbat bilan ifodalash mumkin:
mMg : m0 = 6g : 4g = 3 : 2
Ko’pincha, modda tarkibi present (%) bilan ifodalanadi. Present miqdorini hisoblash uchun, avval ayni element massasining modda massasiga nisbati topilib, so’ngra uni prosentlar bilan hisoblanadi.

Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling