Amaliy mashg’ulot 1 Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari


Tarkibning doimiylik qonuni


Download 75.37 Kb.
bet3/5
Sana25.01.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1122062
1   2   3   4   5
Bog'liq
Аmaliyot-1

Tarkibning doimiylik qonuni
Suv molekulasi formulasi (H2O)dan ikki massa qism vodorod bilan 16 massa qism kislorod birikkanligi ko’rinib turibdi:
2H2 + O2 = 2H2O
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O

Fe2 O3 + 6HCl = FeCl3 +3H2O

Suv molekulasi uch usul bilan hosil bo’lsa ham uning tarkibidagi vodorod va kislorod atomlarining massa nisbatlari 1:8 ligicha qoladi.
Har qanday molekulyar tuzilishda ega toza modda qayerda va qanday olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas tarkibga ega bo’ladi.
Bu qonunni 1799 yilda fransuz olimi Jozef Lui Prust (1754-1826)kashf etgan. Tarkibning doimiylik qonuni deb yuritiladi.
1-misol. Tarkibida 43,4% natriy, 11,3% uglerod va 45,3% kislorod bor bo’lgan moddaning odiy formulasini tuzing.
Yechish. Bu modda tarkibida x atom natriy, y atom ugleod va z atom kislorod bor deylik. U holda moddaning formulasi NaxCyO shaklida yoziladi. Agar x,y,z larning o’zaro nisbati topilsa, bu birikmaning oddiy formulasi aniqlangan bo’ladi. agar natriyning atom massasi 23, uglerod 12 va kislorodniki 16 ekanligi etiborga olinsa, bu modda molekulasida 23 x massa qism natriy, 12 y massa qism uglerod va 16 z massa qism kislorod bor bo’ladi.
Bularning har birini tegishli elementlarning massa qismlariga tenglashtiramiz.
23 x = 43,4
12 y = 11,3
16 z = 45,3
Yuqoridagi tenglamalardan x, y, z larni topaylik:



Bulardan x : y : z = 1,88 : 0,94 : 2,83. Moddalar nisbatini butun sonlar bilan ifodalash uchun tenglamaning o’ng tomonini eng kichik son 0,94 ga bo’linadi. Bundan x : y : z = 2 : 1 : 3 kelib chiqadi. Demak, izlanayotgan birikma molekulasida ikki atom natriy, bir atom uglerod va uch atom kislorod bor ekan. Bu Na2CO3 (soda) formulasidir.
Moddaning haqiqiy molekulyar formulasini tuzish uchun moddaning present tarkibi, molekulyar massasi hamda uning tarkibidagi elementlarning atom massalarini aniq bilish kerak. Bu holda ham moddaning oddiy formulasini topish metodidan foydaniladi.
2-misol . Kaliy nitrat KNO3 ning pratsent tarkibini hisoblang.
Yechish. Bu birikma tarkibidagi kaliy, azot va kislorodning present miqdorini hisoblash uchun, avval, uning molekulyar massasi topiladi.:
M = 39,1 + 14 + 16 ∙ 3 = 101,1
101,1 massa qismni 100% deb olib, kaliy, azot va kislorodning % miqdori topiladi.
Kaliyning pratsent miqdori:
101,1 – 100%
39,1 – x % bundan, x =
Azotning pratsent miqdori:

101,1 – 100%


14 – x % bundan, x =
Kislorodning pratsent miqdori:

101,1 – 100%


48 – x % bundan, x =

Murakkab moddalarning eng oddiy formulasini tuzish uchun modda massasi tarkibini va shu modda tarkibini va shu modda tarkibidagi elementlarning atom massalarini bilish kerak.

Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling