Reja: Kirish Ibob. Arxeologik yodgorliklarni davrlashtirish
Download 46.04 Kb.
|
ARXELOYIKLARINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning dolzarbligi
Arxeologik topilmalarning yoshini aniqlash uslublari Reja: Kirish Ibob.Arxeologik yodgorliklarni davrlashtirish 1.1.Arxeologik tadqiqot uslublari 1.2.Arxeologik topilmalarni aniqlash texnikalari II bob .Arxeologik davrlashtirish muammolari 2.1.Qazilma yodgorliklarning sanalarini aniqlash usullari 2.2. Sanalarni aniqlashda tabiiy fanlar ahamiyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi : Malumki butun insoniyat tarixi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning taraqqiyotiga qarab yirik davrlarga bo’lingan. Bular orasida ibtidoiy tuzum eng qadimiysi va uzoq davom etgani bo’lib, bu davr asosan arxeologlar tomo-nidan o’rganiladi. Arxeologlar tarixiy yodgorliklarni ta-raqqiyotidagi rivojlanish jarayonini o’zluksizligini aniq-roq ko’rsatish maqsadida ularni davrlashtiradilar. Bu davr-lashtirishga asos qilib, ajdodlarimizni mehnat qurollari-ni takomillashib borishini, ularni yasashlaridagi texnika-ni o’zgarishini oladilar. Bu davrlashtirishga muvofik butun insoniyat tarixi tosh, bronza va temir davriga bo’linadi. Bu davrlar ham o’z navbatida mehnat qurollarini qay darajada takomillashuvlariga qarab yana davrlarga va o’ziga xos ma-daniyatlarga ajratiladi. Har qanday arxeologik davr aj-dodlarimiz bosib o’tgan tarixiy taraqqiyotning bir bo’lagi hisoblanadi. Agar Afrika kitasida insoniyat tarixi 3 million yil bilan belgilansa, bizning Markaziy Osiyoda 1 million yil bilan belgilanadi. Ana shu 1 million yil ichida tosh asri uzluksiz ravishda rivojlanib, mehnat qu-rollari takomillashdi va ularni yasash usullari o’zining yuksak darajasiga ko’tarildi. Ajdodlarimizni onglari o’sdi va o’zlarini tashqi jismoniy ko’rinishlarida ham katta o’zgarishlar bo’lib, ular hozirgi zamon odami qiyofasiga ega bo’ldilar. Shuning uchun ham tosh asrini o’zi ham bir necha davrlarga: paleolit (qadimgi tosh asri), mezolit (o’rta tosh asri), neolit (yangi tosh asri) ga bo’linadi. Tosh asri bilan bronza asri oraliғida o’tish davrini aks ettiruvchi eneolit davri bo’lib, bir vaqtni o’zida ajdolarimiz mis va tosh qu-rollardan foydalanganliklari uchun bu davrni mis va tosh asri deyiladi. Download 46.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling