O‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish prinsiplari
Download 0.91 Mb.
|
1. O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXINI DAVRLASHTIRISH PRINSIPLARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY QISM
- ADABIYOT TARIXI
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXINI DAVRLASHTIRISH PRINSIPLARIReja
ASOSIY QISM
ADABIYOT TARIXI
“Davrlashtirish” tushunchasi yoki bu tushunchani tashigan istiloh umumiy tarixning boshqa sohalariga nisbatan qo'llanilgani kabi adabiyot tarixiga nisbatan ham ko'proq qo'llaniladi. Shuning uchun “davrlashtirish” deyilganda, uning predikati sifatida (nimani?) milliy adabiyot tarixini (umuman, badiiy adabiyotni emas) davrlashtirish deb ishlatiladi. Adabiyot tarixini davrlashtirish uchun dastlab adabiy istilohlarni belgilab olish, so'ngra esa davrlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqroqdir. Ma'lumki, “davrlashtirish” tushunchasi asosida “davr” istilohi yotadi. Biz “davr” deb atagan so'z “zamon”, “vaqt”, “muddat”, “fursat”, “davomlilik” kabi ma'nolarni anglatadi. Biroq biz adabiyotshunoslar davrlashtirishga munosabatda “davr” atamasini faol qo'llaymiz, go'yoki boshqa so'zlar atama darajasida ilmiy taomilga kirib kelmagan. Xorijdan o'zlashgan so'zlar asosida rus tilida davr tushunchasi “period”, “epoxa”, “stadiya” so'zlari orqali ifodalanibgina qolmay, bu har bir so'z muayyan ma'no qamrovidan kelib chiqib, alohida atamaga aylangan. Mas., “period” nisbatan “kichikroq davrlar”ga nisbatan qo'llanilib, u ko'proq yillar, o'n yilliklar va asrlarga nisbatan ishlatiladi. “Epoxa” undan kengroq tushuncha bo'lib, o'z tarkibiga bir necha asrlarni (mas., epoxa srednix vekov – o'rta asrlar (ya'ni, bir necha asr ma'nosida) birlashtirgan. O'zbek tilida esa bu tushunchani, ya'ni bir necha asrlarni qamrab oluvchi “epoxa”ni ham “davr” so'zi orqali anglatamiz. Adabiyotshunoslikda «stadiya» (ayrim ilmiy asarlarda «stadialьnaya obshnostь») tushunchasi bor. Umumjahon adabiyoti tarixining muayyan “davri”ga nisbatan qo'llanilib, uning doirasiga antichnostь (qadimgi davr), srednevekovьe (o'rta asrlar), Renessans– Vozrojdenie –Uyg'onish (ayrim tarixiy manbalarda Intiboh) va boshqa tushunchalarni ham o'z ichiga qamrab oladi. Biz o'zbek tilida uni ham “davr” deb ataymiz: antik davr, o'rta asrlar, Uyg'onish (yoki intiboh) davri kabi. Demak, biz o'zbek tilidagi adabiyotshunoslik masalalariga munosabatda har uch tushunchani bir so'z, ya'ni “davr” so'zi orqali anglatamiz va yuqoridagi kabi yillarga nisbatan ham (20-yillar adabiyoti), asrlarga nisbatan ham (XX asr davri adabiyoti) hamda “davriy umumlashma” (“stadialьnaya obshnostь»ni men shunday tarjima qildim, agar qabul qilinsa, adabiy istilohga aylanar, qabul qilinmasa, undan-da ishonchliroq boshqa kalima topilar)ga nisbatan ham birgina “davr” so'zidan foydalanamiz. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling