1. Falsafa nimadan bahs yuritadi? A. Jamiyatga bo’lgan qarashlar yig’indisi haqidagi fan
Download 32.34 Kb.
|
TEST SAVOLLARI
TEST SAVOLLARI 1-variant 1. Falsafa nimadan bahs yuritadi? A. Jamiyatga bo’lgan qarashlar yig’indisi haqidagi fan. B. YAxlit dunyo to’g’risidagi umumiy karashlar jami. V. Dunyo, undagi inson o’rni, insonning dunyoga bo’lgan munosabati haqidagi eng umumiy nazariy qarashlar tizimi. G. Ijtimoiy ong shakli, fanlarning uslubiy asosini o’rganadi. 2. Dunyoqarashning qadimgi turlari qaysi? A. Materialistik, idealistik, metafizik. B. Sinfiy (partiyaviy), milliy, umuminsoniy. V. Ilmiy, noilmiy, g’ayriilmiy. G. Mifologik, diniy, falsafiy. 3. Falsafaning asosiy vazifasini nimadan iborat deb tushunasiz? A. Borliq va ongning eng umumiy qonunlarini o’rganish, to’g’ri xulosa chiqarish, kelajakni bashorat qilishdan. B. Qadriyatlarni aniqlashdan va ulardan to’g’ri foydalanishdan. V. Materialistik dunyoqarashni shakllantirish va idealizm, dinga qarshi faol kurashdan. G. Akilli fikrlash madaniyatini tarbiyalashdan. 4. Falsafaning paydo bo’lgan joyi: A. Qadimgi Misr. B. Qadimgi Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya). V. Qadimgi Mesopotamiya, Vizantiya. G. Qadimgi O’rta Osiyo. 5. “Olam yonib, so’nib turuvchi olovdan iborat”, degan fikrni aytgan faylasuf kim? A. Fales. B. Pifagor. V. Geraklit. G. Farg’oniy. 6. O’rta asr falsafasi negizida nima yotadi? A. Kosmotsentrizm. B. Antropotsentrizm. V. Geliotsentrizm. G. Teotsentrizm. 7. “Dialektika” ta’limotiga asos solgan faylasuf kim? A. Geraklit. B. Gegel. V. Feyerbax. G. Bekon. 8. So’fizm – tasavvuf falsafasining asosiy mohiyati nimada? A. O’zini o’limga tayyorlashda. B. Ilohiy axloqda. V. Moddiy va ma’naviy dunyodan butunlay voz kechishda. G. Ollohni tanish, ishqi ilohiyga erishish va u bilan qo’shilib ketishda. 9. O’tmish Sharq faylasuflari ijodidagi bosh g’oya: A. Fozil jamoa va komil inson g’oyasi. B. Axloqiy ta’limotlar. V. Insonparvarlik g’oyalari. G. Go’zallikka intilish, uni madh etish g’oyasi. 10. Algebra (al-jabr) ilmining asoschisi kim va uning vatani qaerda? A. Farg’oniy, Farg’onada. B. Pifagor, Gretsiyada. V. Muhammad Xorazmiy, Xorazmda. G. Eynshteyn, Amerikada. 11. O’rta Osiyo mutafakkirlaridan kim “O’tmish avlodlarning yodgorliklari” asarini yozgan? A. Farg’oniy. B. Forobiy . V. Ar-Roziy. G. Beruniy. 12. “Kutadg’u – bilik” risolasining muallifi kim? A. Ahmad YUgnakiy . B. YUsuf Xos Hojib. V. Sulaymon Boqirg’oniy. G. Mahmud Qoshg’ariy. 13. “Kategoriya” nima? A. Har qanday fanning atamalari. B. Har qanday ilmiy tushunchalar. V. “Tamoyil” tushunchasining sinonimi. G. Borliq va bilishning muhim tamoyillari, munosabatlari, aloqalarini ifodalovchi eng umumiy falsafiy tushunchalar. 14. O’zbekistonning milliy mustaqilligi uchun kurashgan yirik namoyondalarni aniqlang. A. Nodira, Axmad Donish, Uvaysiy. B. Temur , Bobur, Xudoyorxon , Amir Olimxon. V. Fitrat, Bexbudiy, CHo’lpon, Qodiriy. G. Muqimiy, Furqat, Avaz O’tar. 15. XX asr falsafiy oqimlaridan qaysi biri inson, uning hayoti va o’limi muammolarini o’rganadi? A. Personalizm. B. Ekzistentsionalizm. V. Neopozitivizm. G. Freydizm. 16. Falsafa jamiyatda qanday rol o’ynaydi? A. Kishining ilmiy saviyasini boyitadi, har tomonlama chuqur bilim beradi. B. Ijtimoiy hayotga sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshishga o’rgatadi. V. Kishida milliy ruhni tarbiyalashga xizmat qiladi. G. Tarixiy hodisalarga to’g’ri yondoshishga , davr ruhini falsafiy anglashga, kelajakni ilmiy bashorat qilishga imkon yaratadi. 17. “Substantsiya” nima? A. Olamdagi narsa va hodisalarga berilgan ism. B. Xilma-xil buyum, hodisalar ichki birligini bildirib, u shu buyum, hodisalar vositasida va ular orqali mavjuddir. V. Cheksiz dunyoning birligi. G. Ollohning mavjudligi. 18. “Ijtimoiy harakat” nima? A. Jamiyatning faoliyat ko’rsata olishini ta’minlovchi moddiy va ma’naviy jarayonlar. B. Insondagi har qanday harakat. V. Jamiyat hayotining ongda aks etishi. G. Tirik organizmlardagi harakat. 19. “Fazo (makon)” nima? A. Materiyadan mustaqil holatda yashaydigan borliqning alohida turi. B. Materiyaning tuzilishi, qo’lami va ma’lum tartibda joylanishini ifodalovchi yashash usulidir. V. Narsalar o’rtasidagi munosabatdir. G. Narsa va buyumlar joylashishi mumkin bo’lgan bo’shliq, vakuum. 20. “Ong” nima? A. Materiyaning o’ziga xos ko’rinishi. B. Inson ruhiy in’ikosining oliy shakli va uning faoliyatini tartibga soluvchi omil. V. Organik dunyoning o’ziga xos xususiyati. G. Insondagi ruhiy jarayonlar majmui. 21. “Dialektika”ni Siz qanday tushunasiz? A. Munozara va tortishuv asosida ma’lum bir fikrga kelishni. B. Falsafiy qonunlar yig’indisini. V. O’zgarish va rivojlanishni. G. Umumiy aloqadorlik, o’zgarish va rivojlanish haqidagi ta’limotni. 22. “Qonun” nima? A. Kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muhim bog’lanishlardir. B. Inson aqlining mahsuli bo’lib, u narsa, voqea- hodisalarning muayyan tartibini aniqlashga xizmat qiladi. V. Tabiatdagi doimiy va muhim o’zgarishlar, rivojlanish tendentsiyalari. G. Narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va barqaror ichki bog’lanishlari. 23. “Sifat” tushunchasi nima? A. Barcha voqea - hodisalarning ma’lum shaklda namoyon bo’lishi. B. Narsa va hodisalarning yaroqli va yaroqsizligini bildiradigan tushuncha. V. Narsa, hodisaning asosiy bir xususiyati, xossasi. G. Narsalarning ichki va tashqi muayyanligini ta’minlovchi xossa, belgi, xususiyatlar birligi. 24 «Dialektik inkor”ni siz qanday tushunasiz? A. Narsalarning yaroqsiz tomonlarini uloqtirish. B. Tashqi ta’sir natijasida narsani umuman yo’q qilib yuborish. V. Subyektning “sof” ruhiy holatiga asoslangan rad javobi. G. Narsa va hodisaning ichki rivojlanish zarurati natijasi, vorisiylikka asoslangan sifat o’zgarishi. 25. Falsafaning bilish nazariyasi bilan bog’liq atamani toping. A. Ontologiya. B. Logika. V. Teleologiya. G. Gnoseologiya. 26. “Amaliyot” (“praktika”) tushunchasini ta’riflang. A. Tabiiy va ijtimoiy borliqni qayta o’zgartirishdagi moddiy- hissiy faoliyat. B. Kishining bilish faoliyati. V. Texnikaviy imkoniyatlardan yuzaga keluvchi ilmiy bilimlar. G. Kishining maqsadga muvofiq faoliyati. 27. Aqliy bilish shakllari (bosqichlari) ning tartibini aniqlang. A. Hukm, xulosa, tushuncha. B. Tushuncha, xulosa, hukm. V. Muhokama, ijodiyot, nazariya. G. Tushuncha, hukm, xulosa 28. “Haqiqat”ning turlarini aniqlang. A. Diniy va mifologik. B. Ilmiy va amaliy. V. Obyektiv va subyektiv. G. Absolyut (mutloq) va nisbiy. 29. Ilmiy bilishning nazariy darajasi usullarini toping. A. Matematik, aksiomatik, sistemalilik, ideallashtirish, o’lchash. B. Kibernetik, biologik, lingivistik, tarixiylik va mantiqiylik, modellashtirish, taqqoslash. V. Modellashtirish, taqqoslash. G. Analiz va sintez; induktsiya va deduktsiya; analogiya; modellashtirish; tarixiylik va mantiqiylik. 30. “Fan”ning tarifini toping. A. Ma’naviy ishlab chiqarish shakli. B. Ijtimoiy ong shakllaridan biri, inson bilimining asosiy ko’rsatqichi va natijasi. V. Tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar tizimi. G. Ijtimoiy mexnat taqsimotining zaruriy va qonuniy natijasidir. 31. “Ekologiya” nima? A. Atrof-muhitning ifloslanishining oldini olish haqidagi fan. B. Insonning tabiatga ta’sirining salbiy oqibatlarini o’rganuvchi fan. V. Tabiatni texnik taraqqiyotning salbiy oqibatlaridan saqlash haqidagi fan. G. Organizm bilan tabiiy muxitning aloqasini o’rganuvchi va tabiatni muhofaza qilish haqidagi fan. 32 . “Hayot” deganda Siz nimani tushunasiz? A. Oddiy umrguzaronlikni. B. Yerdagina uchrovchi muayyan bir hodisani. V. Hayvonot va odamzodning fiziologik mavjudligini. G. Organizmning tashqi muhit bilan modda almashinuvini. 33 . “Jamiyat”tushunchasiga falsafiy ta’rif bering. A. Tabiatning oliy mahsuli, o’z –o’zidan rivojlanib boruvchi ijtimoiy organizm, ijtimoiy munosabatlarning yaxlit bir butun tizimi. B. Ma’lum maqsadni ko’zlab, o’z ixtiyorlari bilan uyushgan kishilar to’plami. V. «Olomon» tushunchasining sinonimi. G. Odamlarning jisman birikkanligi. 34. “Ijtimoiy ong” degani nima? A. Kishilarning jamlangan ongi. B. Ijtimoiy ruhiyat va mafkura. V. Ijtimoiy ong shakllari yig’indisi. G. Jamiyatning o’z-o’zini, o’zining ijtimoiy borlig’ini va uni qurshab turgan voqelikni anglashi. 35. “Madaniyat” nima? A. Insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, qadriyatlar majmui. B. Madaniyat-hushmuomalalik, e’tiborlilik, o’z lafzida turishlik. V. TSivilizatsiya tushunchasining ayni o’zi. G. Madaniyat- so’nggi modada kiyinish va pardozlanish. 36. “Umumbashariy muammolar” tushunchasini ta’riflang. A. Millatlararo munosabatlarga raxna solayotgan muammolar. B. Yer planetasi, insoniyat tsivilizatsiyasining mavjudligiga taxdid solayotgan muammolar. V. Yer yuzidagi har qanday muammolar. G. Xozirgi davrda vujudga kelgan har qanday ijtimoiy jumboqlar. 2 - variant 1. “Dunyoqarash” nima? A. Kundalik umumlashgan bilimlar jami. B. Dunyo, inson haqidagi eng umumiy qarashlar, baholar va tamoyillar yig’indisi. V. Dunyoni hissiy va aqliy qabul qilish. G. Ijtimoiy borliqning in’ikosi. 2. “Din” deganda Siz nimani tushunasiz? A. Din-tangrini bilmakdir. B. Din-ilohiy kuchlarga ishonish, insoniyatning ma’naviy qadriyatidir. V. Din-g’ayri ilmiy dunyoqarash bo’lib, ijtimoiy ong shaklidir. G. Din-ma’naviy og’udir. 3. Falsafa paydo bo’lgan davr: A. Miloddan avvalgi ikki minginchi yillikning boshida. B. Eramiz (milod) ning boshlarida. V. XIX asrning 40- yillarida. G. Miloddan avvalgi bir minginchi yillikning o’rtalarida. 4. Qadimgi falsafaning eng rivojlangan joyi qaerda? A. YUnoniston (Gretsiya)da. B. Xitoy, Hindistonda. V. Rimda. G. O’rta Osiyoda. 5. Falsafiy ongni yangilanish zarurati nimada? A. O’ta mafkuralashib ketganligida. B. Marksizm-leninizm g’oyalarining eskirganligida. V. Davr taqozosidir. G. YAngi fanlar yutuqlarini hisobga olish kerakligida. 6. “Narsa o’zida” degan fikrni aytgan faylasuf kim? A. Kant. B. YUm. V. Foma Akvinskiy. G. Berkli. 7. Falsafaning jamiyat hayotidagi asosiy vazifalari (funktsiyalari) A. Tabiat va jamiyatni yaxlit bir tizim sifatida o’rgatilishi. B. Metodologik, dunyoqarashlik, gnoseologik, tarbiyaviy. V. Qadriyatlarni shakllantirish, insonning ma’naviy barkamolligini tarbiyalash. G. Konkret fanlarning uslubiy (metodologik) va dunyoqarashlik asosi ekanligi. 8. Tasavvuf ta’limotining O’rta Osiyodagi yirik vakillari kimlar? A. Ibn Arabiy, Mansur Xalloj, Gazzoliy. B. Navoiy, Bobur, Muhammad Nasafiy. V. Yassaviy, Najmiddin Qubro, Bahovuddin Naqshband, Abdulxoliq G’ijduvoniy. G. Yusuf Xos Hojib va Ahmad YUgnakiy, Zamahshariy. 9. O’rta Osiyoda “Sharq uyg’onishi” davri (IX-XII asrlar) yirik namoyondalarini aniqlang. A. Turdi, Gulxaniy, Mashrab, Nodira... B. Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy. V. Navoiy, Bobur, Nasafiy, Bedil... G. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar... 10. “Muallimi soniy” deb nomlangan faylasuf kim? A. Aristotel (Arastu). B. Platon (Aflotun). V. Ibn Sino. G. Forobiy. 11. “Kitob ash-shifo”falsafiy asarining muallifi kim? A. Ibn Sino. B. Yusuf Tabib. V. Chag’miniy. G. Beruniy. 12. “Lison – ut – tayr” falsafiy asarining muallifi kim? A. Ibn Sino. B. Farididdin Attor. V. Alisher Navoiy. G. Gulxaniy. 13. Fitrat tomonidan “Sharq Gegeli” deb nom olgan mutafakkir kim? A. Mirzo Bedil. B. Muhammad An-Nasafiy. V. Anbar Otin. G. Alisher Navoiy. 14. XX asr falsafasining asosiy xususiyatlari nimada? A. Irratsionalizm va mistikaga murojaat qilishda. B. Falsafani mafkuradan ozod qilishga urinishda. V. An’anaviy (klassik) falsafani ximoya qiluvchilar bilan ularning muxoliflari o’rtasidagi kurashda. G. Inson muammosini yangicha talqin qilish, uni izohlashda; butun falsafani yangilashga urinishda. 15. XX asr falsafiy oqimlaridan qaysi biri diniy muammolar bilan shug’ullanadi? A. Frankfurt maktabi. B. Pozitivizm, neopozitivizm. V. Neotomizm. G. Ratsionalizm. 16. “Ijtimoiy falsafa”ning predmeti nima? A. Jamiyat, uning kelib chiqishi va rivojlanishini yaxlit tarzda o’rganish. B. Jamiyatning dinga, odob-axloq va ma’naviy madaniyatga munosabati. V. Tabiat va jamiyatning o’zaro ta’sirlashuvi, G. Jamiyatning davlatga munosabati. 17. Borliqning falsafiy mazmuni nimada? A. Borliq jamiyatdagi barcha voqea, hodisa – holatlar majmuidir. B. Borliq tabiatdagi barcha narsalar va jarayonlardir. V. Borliq - materiya tushunchasining sinonimidir. G. Borliq – obyektiv va subyektiv (ma’naviy) realliklar birligidir. 18. “Sokinlik» ni siz qanday tushunasiz? A. Harakatning o’ziga xos holati, muayyan tarzda namoyon bo’lish shakli. B. Jismlarning mutloq o’zgarishsizligi. V. Narsalarning doimiy barqarorlik holatining saqlanishi. G. Narsalarning harakatsiz turishi. 19. “Harakat” nima? A. Jismning ilgarilama o’zgarishi. B. Jismlarning fazodagi mexanik o’rin almashishi. V. Materiyadagi fizik jarayonlar. G. Borliqdagi har qanday o’zgarish, aloqalar. 20.“In’ikos” nima? A. Inson ruhiyatining alohida qobiliyati. B. Organik tabiatning barcha ko’rinishlariga xos xususiyat. V. Materiyaning eng umumiy xossasi: aks ettirish. G. Tabiatdagi narsa, voqealarning ta’sirlanish xossasi. 21. Ongning tabiati nimada ifodalanadi? A. Ijtimoiy-tarixiy hodisa ekanligida. B. Uning moddiy dunyo bilan aloqasida. V. Ijodiy faol xarakterida. G. Axborotlarning qayta ishlay olish imkoniyatida. 22 Ijtimoiy ong darajalarini toping. A. Shaxs ongi, kasb ongi. B. Siyosiy ong, huquqiy ong, axloqiy ong, diniy ong, estetik ong. V. sinf ongi, elat va millat ongi, omma ongi. G. Kundalik va nazariy ong, ijtimoiy ruhiyat va mafkura. 23. “Tabiat” tushunchasini aniqlang. A. Tabiat-bu tabiiy resurslar manbaidir. B. Tabiat-bu allohning namoyon bo’lish shakli. V. Tabiat-bu bizni o’rab turgan moddiy olam. G. Erdagi o’simliklar va hayvonot dunyosi. 24. “Taraqqiyot” nima? A. Kishilarning o’zlarini ovutish uchun o’ylab topgan atamalari. B. Narsa va hodisalarning ma’lum bir doira chegarasidagi harakatlari. V. Jamiyatdagi sifatiy o’zgarish va rivojlanishlar. G. Moddiy va ma’naviy narsa va hodisalarning ilgarilama harakatlari, sifatiy o’zgarishlari. 25. “Dialektik ziddiyat” nima? A. Narsa va hodisalar o’rtasidagi tashqi qarama-qarshilik. B. Narsa, hodisa rivojlanishining ichki manbai. V. To’g’ri xulosani keltirib chiqaruvchi fikrdagi qarama-qarshilik. G. Narsa va hodisa tomonlarining o’zaro mos kelmasligi. 26.“Sifat” tushunchasi nima? A. Barcha voqea- hodisalarning ma’lum shaklda namoyon bo’lishi. B. Narsa va hodisalarning yaroqli va yaroqsizligini bildiradigan tushuncha. V. Narsa, hodisaning asosiy bir xususiyati, xossasi. G. Narsalarning ichki va tashqi muayyanligini ta’minlovchi xossa, belgi, xususiyatlar birligi. 27. “Miqdor” nima? A. Oz yoki ko’plikni ifodalovchi tushuncha. B. Hajm, og’irlik, tezlik, qiyos va raqamlarda ifodalanuvchi narsalar muayyanligi. V. Adad ko’rsatkichi. G. Narsalarning o’xshash tomonlarining majmui. 28. Dialektika kategoriyalariga xos belgilar qaysilar? A. Xususiylik, obyektivlik, qonuniylik, tarixiylik. B. Umumiylik, obyektivlik, qonuniylik, muhimlik. V. Subyektivlik, xususiylik, qonuniylik, muhimlik. G. Subyektivlik, umumiylik, tasodifiylik. 29. Dunyoni bilishdan maqsad nima? A. Olamni o’z “men”ligiga bo’ysindirish. B. Uzoq va mo’l-ko’lchilikda yashash, mol-dunyo to’plash. V. Ilohiy vujud ishqidan barhamand bo’lish va unga qo’shilish. G. Haqiqatni topish va uni kishilar amaliy faoliyatiga xizmat qildirish. 30. Hissiy bilish shakllari (bosqichlari) qaysilar? A. Ta’sirlanish, tasavvur, tushuncha. B. Analiz, sintez, deduktsiya. V. Sezgi, idrok, tasavvur. G. Idrok, tasavvur, xukm. 31. “Haqiqat”ni siz qanday tushunasiz? A. Kishi uchun nima foydali bo’lsa, u – haqiqatdir. B. Haqiqat- inson tajribasini tashkil etuvchi shakldir. V. Haqiqat- bilimlarimizning obyektiv reallikka mos kelishi. G. Haqiqat-har kimning peshonasiga yozilganini ko’rishi. 32. “Haqiqat” mezoni (o’lchovi) nima? A. Tajriba. B. Amaliyot V. Hukm. G. Xulosa. 33. Ilmiy bilishning empirik darajasi shakllarining tartibini toping. A. Kuzatish, taqqoslash, o’lchash, eksperiment. B. Kuzatish, o’lchash, taqqoslash, eksperiment. V. Eksperiment, o’lchash, taqqoslash, kuzatish G. O’lchash, taqqoslash, eksperiment, kuzatish. 34. Ijtimoiy bilishning o’ziga xos xususiyatlari nimada? A. Ijtimoiy eksperiment xususiyatlarida. B. Sinfiyligida, partiyaviyligida, umuminsoniyligida, jins va yosh bilan bog’liqligida. V. Bilish obyektida, tarixiyligida, ijtimoiy ehtiyojlar, manfaatlar va qadriyatlar bilan bog’liqligida. G. Milliyligida, irqiyligida, tarixiyligida. 35. Hozirgi zamon umumbashariy muammolarini hal etish yo’llari qanday? A. Bu muammolarni yuzaga kelish imkoniyatlarini cheklash, jahon fani va texnikasini hamda insoniyat aqli va amaliy faoliyatini aniq maqsadga yo’naltirish. B. Ilmiy- texnika inqilobini qat’iy nazorat qilish, salbiy oqibatlarini butun choralar bilan yo’q qilish. V. Termoyadro urushining oldini olish. G. Aholi sonining o’sishini jahon miqyosida rejalashtirish. 36. O’zbekiston Respublikasi rivojlanishining ustuvor yo’nalishlarini toping. A. Yangi ishbilarmon kadrlar tizimini vujudga keltirish va uning ijtimoiy hayotning hamma sohalarida rahbarligini ta’minlash. B. Bozor munosabatlariga o’tish, respublika moddiy va ma’naviy boyligidan samarali foydalanish, huquqiy davlatni shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy sohada tub o’zgarishlarni amalga oshirish, milliy mafkurani yaratish. V. Chet el texnika va texnologiyasini Respublikaga olib kirish. G. Ochiq eshiklar siyosatini amalga oshirish. 3-Variant 1. Falsafiy tafakkurning xususiyatlari: A) Nazariy obyektivligi, ilmiy asoslanganligi, ijtimoiy qadriyatlarga yo’naltirilganligi. B) Ijtimoiy ehtiyojning mahsuli, ilmiy bilish usuli ekanligi. V) Hokim mafkuraga xizmat qilishi. G) Sinfiy (partiyaviy) ligi, milliyligi, dunyoqarashligi, fanlarning nazariy asosi ekanligi. 2. Koinot atomlardan tashkil topgan degan g’oyani olg’a surganlar: A) Ibn Sino va Beruniy. B) Levikipp va Demokrit. V) Geraklit va Aristotel. G) Fales va Anaksimen. 3. Tasavvuf tariqati bosqichlarini to’g’ri aniqlang. A) SHariat, tariqat, haqiqat, fano. B) Ma’rifat, tariqat, fano, bako. V) SHariat, tarikat, ma’rifat, haqiqat. G) Tarikat, shariat, fano, haqiqat. 4. Forobiy asarlarini toping. A) “Al-qonun fi-t-tib” (“Tib qonunlari”). “Kitob ash-shifo”, (“Davolash kitobi”), “Kitob al-insof”. B) “Ixso-al-ulum” (“Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida”), “Kitob al-jadal” (“Dialektika kitobi”), “Fozil odamlar shaxri”. V) “Hamsa», “Lison ut-tayr”. G) “Xindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Mineralogiya”, “Saydana”, “Geodeziya”. 5. “Zichi jadidi Ko’ragoniy” asarining muallifi kim? A) Ali Qushchi. B) Farg’oniy. V) Ulug’bek. G) Xayyom. 6. Jadidchilik harakatining mohiyati nima? A) Ma’rifatni targ’ib qilish. B) Rus madaniyatini targ’ib qilish. V) Baynalminalchilikni targ’ib qilish. G) Jamiyat hayotini o’zgartirish maqsadida ma’rifatchilik va ta’lim - tarbiyani isloh qilish. 7. O’zbekiston falsafiy tafakkuri tarixi bo’yicha yirik allomalarni aniqlang. A) Bexbudiy, CHo’lpon, Qori Niyoziy. B) I. Mo’minov, M. Hayrullaev, M. Baratov. V) Oybek, G’afur G’ulom, X. Abdullaev. G) Fitrat, Avloniy, Qodiriy. 8. Gegel ta’limotining yutug’i nimada? A) “Mutloq ruh” g’oyasiga asoslangan falsafiy tizimida. B) Dialektika qonun va kategoriyalarini bir tizim sifatida ishlab chiqishida. V) Yevropotsentrizmida. G) “Triada” sida. 9. Feyerbax falsafasining mohiyati nimada: A) Gegelning “Mutloq ruh” g’oyasini tanqid qilishida. B) Ateistik g’oyalarni ilgari surishida. V) Falsafiy ta’limoti markaziga insonni qo’yishida. G) Quruq mushoxadachilikda. 10. Quyidagilarning qaysi biri ekzistentsializm namoyondasi? A) Gusserl. B) Xaydegger, YAspers. V) SHpengler, Zimmel. G) Nitsshe. 11. Metodologiya (“uslubiyat”) nima? A) Usullar yig’indisi. B) Bilish va voqelikni qayta o’zgartirish metodlari (uslublari) haqidagi ta’limot. V) Ilmiy tekshirish mantiqi (logikasi). G) Amaliy faoliyat tamoyillari. 12. “Fazo (makon)” nima? A) Harakatning tuzilishi, ko’lami va ma’lum tartibda joylanishini ifodalovchi yashash usulidir. B) Narsa va buyumlar joylashishi mumkin bo’lgan bo’shliq, vakuum. V) Narsalar o’rtasidagi munosabatdir. G) Materiyadan mustaqil holatda yashaydigan borliqning alohida turi. 13. Dialektikaning mohiyati, o’zagini ifodalovchi qonun: A) Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’zaro o’tish qonuni. B) Inkorni inkor qonuni. V) Ayniyat qonuni. G) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. 14. “Zaruriyat” kategoriyasining ta’rifini aniqlang. A) Imkoniyatning yuzaga chiqishi. B) Sabab ta’sirida yuzaga keladigan natija, yakun. V) Muayyan sharoitda albatta yuz berishi lozim bo’lgan narsa, hodisa. G) Tamoyil tushunchasining ayni o’zi. 15. “Sabab” kategoriyasining ta’rifini toping. A) Vokelikning embirional ko’rinishi. B) O’ziga muvofiq keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi holat, vaziyat. V) Imkoniyatning ayni o’zi. G) Mazmunning ifodalanish usuli, tashkil etuvchisidir. 16. “Til” tushunchasi ta’rifini bering. A) Og’iz bo’shlig’idagi ta’m bilish organi. B) Moddiy predmetlarning belgi yoki simvolik funktsiyasi. V) Fikrning bevosita voqe bo’lish usuli, aloqa vositasi G) Ollohning insonga ato etgan mo’jizasi. 17. Bilishning dialektik yo’lini qanday tushunasiz? A) Aqliy bilishdan xissiy bilishga va undan tajribaga. B) Xissiy bilishdan aqliy bilishga va undan amaliyotga. V) Bilish umuman dialektik xarakterda emas. G) Tajribadan aqliy bilishga. 18. Amaliyot turlari sirasida qaysi biri belgilovchi sanaladi? A) Texnik faoliyat. B) Ijtimoiy faoliyat. V) Madaniy-maishiy faoliyat. G) Moddiy ishlab chiqarish faoliyati. 19. Ijtimoiy ongning shakllari- A) Mifologik va diniy. B) Individual, ijtimoiy, psixologik va mafkuraviy. V) Siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, ekologik. G) Ilmiy va noilmiy. 20. Jamiyat iqtisodiy hayotiga bevosita va eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy ong shaklini aniqlang. A) Axloqiy ong. B) Huquqiy ong V) Diniy ong. G) Siyosiy ong 21. “Inson”ning mohiyati nimada? A) Inson - ijtimoiy mavjudot. B) Inson – bioijtimoiy vujud. V) Inson- barcha buyumlar mezoni (o’lchovi). G) Inson – aqlli biologik organizm. 22. “SHaxs”ni siz qanday tushunasiz? A) Davr ruhini o’z “men”ligida gavdalantira olgan faol inson. B) Bioijtimoiy mavjudot. V) Kishi, inson, individ tushunchalarining sinonimi. G) Har qanday odam, inson. 23. “Erkinlik”ning falsafiy ma’nosini toping. A) Erkinlik - har kim xohlagan istagini bajarish. B) Erkinlik-allox irodasini amalga oshirish va ungagina bo’ysunish. V) Erkinlik - anglashilgan zarurat. G) Erkinlik - jismonan ozod bo’lishlik. 24. “Xalq” nima? A) Xalq-muayyan bir shaklga ega bo’lmagan to’da, avom. B) Aholi tushunchasining sinonimi. V) Xalq-kishilarning etnik birligi. G) Moddiy va ma’naviy boyliklar ijodkori, ijtimoiy jarayonlarning sohibi, tarixni yaratuvchi omma. 25. Ma’naviy madaniyatning ijtimoiy vazifasi nimadan iborat? A) Odamlarni ma’rifatli qilish, ma’naviy go’zalligiga erishish. B) Xalqqa xizmat qilish. V) SHaxsning har tomonlama ma’naviy barkamolligini ta’minlash. G) Odamlarni ilmiy –texnik ziyoli darajasida tarbiyalash. 26. “Qadriyat” deganda nimani tushunasiz? A) Davr sinovidan o’tgan, saqlanib quyma holiga kelgan ma’naviy merosimizni. B) Odamlarning ehtiyoj, manfaatlarini qondiruvchi va kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratuvchi moddiy, ma’naviy boyliklar. V) Moddiy boyliklarni. G) Kundalik ehtiyojlarimizni namoyon bo’lish shaklini. 27. Umuminsoniy qadriyatlarni Siz qanday tushunasiz? A) Diniy qadriyatlar sifatida. B) Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan moddiy boyliklar. V) Milliy madaniy meros, urf-odatlar, an’analar. G) Butun insoniyat manfaatlari va ehtiyojlariga daxldor qadriyatlar. 28. “TSivilizatsiya” nima? A) Jamiyat taraqqiyotining oliy bosqichi. B) Ma’lum makon va zamon chegaralaridagi kishilar moddiy va ma’naviy hayotining yaxlitligi. V) “Madaniyat” tushunchasining sinonimi. G) Rivojlangan jamiyatdir. 29. Insoniyatning, umuman Yerda hayotning bundan keyingi taqdirini belgilaydigan sfera? A) Noosfera. B) Geosfera V) Gidrosfera G) Biosfera 30. Jamiyat siyosiy tashkilotining belgilovchi elementi nima? A) Siyosiy partiyalar. B) Diniy tashkilotlar. V) Davlat. G) Jamoat tashkilotlari. 31. Davlat bu- A)1 Hukmronlik quroli. B) Jamiyatni boshqarishni amalga oshiruvchi tuzilma va tashkilotlar majmuasi. V) Mamlakat. G) Fuqarolar tashkilotlari 32. “Mafkura” nima? A) Amaldagi ijtimoiy ong. B) Muayyan maqsadlarni ximoya etuvchi va ommani ana shu maqsadlarga safarbar qiluvchi g’oyalar, qarashlar tizimi. V) G’oyalar jami. G) Ijtimoiy ong darajasi, o’zida ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi ustqurmaning bir qismi. 33. Etnik jamoalarning tarihiy turlarini ko’rsating. A) Urug’, qabila, elat, millat. B) Qabila, millat, elat. V) Irq, millat, xalq. G) Elat, millat, milliy guruh, etnik guruh. 34. Millatning muhim belgilarini ko’rsating A) Iqtisodiy aloqalar, tili, psixologik moyilligi. B) Tili, madaniyati, milliy o’zligini anglashi, davlati. V) Hududi, davlati, iqtisodiy hayoti, tili, o’zligini anglash, madaniyatining umumiyligi. G) Madaniyati, tili, xududi, milliyligini anglash. 35. Fuqarolik jamiyatining bosh tamoyili, bu- A). Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish. B) Ko’p partiyaviylik. V) SHaxs erkinligi. G) O’zini-o’zi boshqarish. 36. Ijtimoiy taraqqiyotning “o’zbek modeli” nimaga asoslanadi? A) O’zimizga xos bo’lgan rivojlanish tamoyillariga. B) Dunyo hamjamiyati iqtisodiy rivojlanishi omillariga. V) Konstitutsiyaga. G) Yangisini qurmay turib, eskisini buzmaslik tamoyiliga. Download 32.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling