Xudoyorxon o’rdasi haqida xudoyorxon
Download 77.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqXUDOYORXON O’RDASI HAQIDA
XUDOYORXON O’RDASI HAQIDA Xudoyorxon (1831, Qoʻqon 1882, Karrux, Afgʻoniston) — Qoʻqon xoni (1845—75 yillar, tanaffuslar bilan), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub. Sheralixonning oʻgʻli. Qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga oʻtqazilgan. Ammo yosh boʻlganligi tufayli amalda davlat ishlarini Musulmonqul boshqarib borgan. Eng muhim lavozimlar qipchoqlar qoʻliga oʻtadi va ular xohlaganicha beboshliklar qila boshlaganlar. Beboshlik shu darajaga yetganki, qipchoqlar xohlagan hududini Musulmonqul tomonidan chiqarilgan soxta farmonlar bilan o'zlashtirgan, aholi tomorqalariga keladigan ariqlarni qipchoqlar to'sib, soliq to'lanmaguncha ochilmagan. Natijada ichki kurash kuchayib, 1852-yil 9-oktabrda qipchoqlar qirgʻini boshlangan. Buning oqibatida 20 mingga yaqin qipchoqlar oʻldirilgan, Musulmonqul esa Qoʻqonda dorga osilgan. Shu yildan Xudoyorxon davlatni mustaqil idora qila boshlagan. Ammo, tajribasizligi tufayli koʻp xatolarga yul qoʻygan. Bundan foydalangan akasi Mallabek taxt uchun kurashni boshlab yuborib 1858 yil oʻzini Qoʻqon xoni deb eʼlon qilgan (qarang Mallaxon). Xudoyorxon Buxoroga qochishga majbur boʻlgan. 1863 yil Buxoro amiri Muzaffar yordamida Qoʻqon taxtiga qayta oʻtirgan. Ammo mingboshi Alimqul xonzodalardan boʻlmish yosh Sayyid Sultonmurodni xon deb eʼlon qiladi va Xudoyorxonni yana Buxoroga qochishga majbur etgan. Alimqul amir ulumaro boʻlib amalda davlat ishlarini yakka oʻzi boshqarib borgan. Qoʻqon xonligidagi ichki kurashlardan foydalangan Rossiya imperiyasi xonlikka tegishli Turkiston, Chimkent (1864 yil) va Toshkentni (1865) bosib olgan. 1865 yil Qoʻqon taxtiga Xudoyqul ("Belboqchixon" degan laqabi ham mavjud) oʻtirgan. Ammo u 14 kundan soʻng xazinani oʻzi bilan olib Qashqarga qochib ketgan. Bundan foydalangan Xudoyorxon yana taxtga chiqqan. Xudoyorxon davrida qishloq xoʻjaligiga eʼtibor berilgan, yangi anhor va ariqlar qazilgan. Qoʻqonda 1873 yil xon oʻrdasi bitkazilib nihoyasiga yetkazilgan. Bundan tashqari, Xudoyorxon davrida "Madrasai Oliy", "Madrasai Hokim oyim", "Madrasai Sulton Murodbek"lar qurilgan. Xudoyorxonning farmoni bilan Mahzun (Ziyovuddin Hoʻqandiy) 1696 saxifalik "Shohnoma" asarini yozgan (qoʻlyozma Istambulda saqlanmoqda). Xudoyorxon davrida xonlik hududi ancha qisqarib, turli soliqlar oʻylab chiqilgan. Buning ustiga 1868 yilgi Turkiston generalgubernatori K.P.Kaufman bilan guzilgan "teng huquqli" shartnomaga muvofiq, rus savdogarlariga xonlikning hamma shahar va qishloqlarida boʻlish va karvonsaroylar qurish, rus tovarlarini xonlik hududi orqali boshqa davlatlarga boj toʻlamasdan bemalol olib oʻtish huquqi berilgan; rus savdogarlari qoʻqonlik savdogarlar bilan bir miqdorda boj toʻlaydigan boʻlgan. Xudoyorxon Turkiya va Buxoro bilan yaxshi aloqada boʻlishga, Angliya emissarlari bilan uchrashib, ulardan madad olishga intilgan. Ammo, yuzaga kelgan siyosiy vaziyat tufayli u K.P.Kaufman bilan koʻproq yaqinlashishga majbur boʻlgan. Taxt uchun kurashlar, oʻzaro urushlar, soliqlarning koʻpayib ketishi aholi turmushini ogʻirlashtirgan. Natijada xonlikda teztez qoʻzgʻolonlar boʻlib turgan. Shulardan eng kattasi 1873 yil boshlangan "Poʻlatxon qoʻzgʻoloni" boʻlgan. Qoʻzgʻolonni bostirishning ilojini topa olmagan Xudoyorxon, barcha xazinani olib K.P.Kaufmandan harbiy yordam olish uchun Toshkentga qochgan, soʻngra Orenburgga surgun etilgan. U bu yerdan qochib Makkaga borgan. Keyinchalik, Qoʻqon xonligining qolgan hududlarini ham Rossiya bosib olgandan soʻng Xudoyorxon K.P.Kaufmanga rasman murojaat qilib siyosiy ishlarga aralashmaslikni vaʼda qilib Qoʻqonga qaytishga ruxsat soʻragan, ammo rad javobini olgan. Xudoyorxon 2-marta murojaat qilgan. Bu ariza senatda koʻrib chiqilib Xudoyorxonga Qoʻqonga qaytishga ruxsat berilgan. Ammo bundan xabarsiz Xudoyorxon yashirin holda Qoʻqonga qaytmoqchi boʻlgan. Yoʻlda vafot etgan. 1875 yilda Qo‘qon shahri soxta Po‘latxon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar tomonidan egallanadi. Xudoyorxon Toshkentga, Kaufman huzuriga qochib keladi. Taxtdan ayrilgan bo‘lsa-da, xalq orasida ta’siri kuchli bo‘lgan sobiq xonning Toshkentda yashashi ruslar uchun birmuncha xavfli edi. Shu sababli Kaufman Sankt-Peterburgga yuboryapman deb aldab, Xudroyorxonni Orenburgga surgunga jo‘natadi. Surgunda ikki yil zo‘rg‘a yashagan sobiq xon Orenburgdan qochadi. Hajga borib, Arabistondan qaytishda yo‘lda vafot etadi. Xudoyorxon deganda ko‘z o‘ngimizga «O‘tgan kunlar» filmidagi kishiga muloyim qarab turguvchi istarali yigit gavdalanadi. Markaziy Osiyodagi yirik bir davlatning so‘nggi hukmdori va uni qariyb 30 yil boshqargan bu insonning hayoti haqida omma uncha xabardor emas. Qolaversa, sovet davrida xonliklar va ularni boshqargan shaxslar tarixini xolis o‘rganishning iloji yo‘q edi. Ular haqida faqat qoralab yozish mumkin bo‘lgan. Xudoyorxon 1829 yilda Qo‘qon xoni Amir Umarxonning amakivachchasi Sheralixon oilasida tug‘ilgan. Xudoyorxonning tug‘ilgan va vafot etgan yillari haqida aniq ma’lumot yo‘q, bu mavzuda tadqiqot olib borgan olimlar uni 1829 yilda tug‘ilgani haqiqatga yaqinroq deyishgan. Xudoyorxonning Qo‘qon taxtini egallashi Buxoro amiri Nasrulloning Qo‘qon xonligiga bostirib borib, Muhammad Alixonni (Qo‘qon xoni Amir Umarxon va Nodirabegimning farzandi. Otasidan so‘ng Qo‘qon xoni bo‘lgan) taxtdan ag‘darishi bilan bog‘liq. 1842 yilda Amir Nasrullo Qo‘qonga qo‘shin tortadi. Bo‘lib o‘tgan janglarda Qo‘qon xoni Muhammad Alixon yengiladi. Amir Nasrullo uning o‘zini va oila a’zolarini go‘daklarigacha qatl ettiradi. So‘ng Qo‘qon taxtiga Xudoyorxonning otasi Sheralixonni (Amir Umarxonning amakivachchasi) o‘tqazib Buxoroga qaytadi. Sheralixon xonlik taxtida 3 yil o‘tirgach, uning o‘rniga akasining o‘g‘li Murodxon Qo‘qon xoni bo‘ladi. Murodxon davlatni atigi bir necha oy boshqaradi va Musulmonqul boshliq qipchoqlar tomonidan o‘ldiriladi. Shundan so‘ng 1845 yilda Musulmonqul 16 yoshli Xudoyorxonni Qo‘qonning yangi hukmdori deb e’lon qiladi. So‘ng Xudoyorxonga qizini uzatib, uni kuyov qiladi va amalda xonlikni o‘zi boshqara boshlaydi. Oradan bir necha yil o‘tib Xudoyorxon Musulmonqulni o‘rtadan ko‘tarmasa, Qo‘qon xonligining to‘laqonli hukmdori bo‘la olmasligini tushunib yetadi. U 1852 yilda ishonchli odamlari bilan Musulmonqulga qarshi bosh ko‘taradi va uni hibsga olib qatl etadi. So‘ng xonlikni mustaqil boshqara boshlaydi. Xudoyorxon Qo‘qon xonligini boshqarar ekan, ikki marta taxtni tashlab qochishga majbur bo‘ladi. Birinchisi, 1858 yilda Xudoyorxonning akasi Mallaxon qo‘zg‘olon ko‘taradi va xon qo‘shinlarini yengib taxtni egallaydi. Xudoyorxon Buxoroga qochadi. 1862 yilda qirg‘iz-qipchoq urug‘lari Mallaxonga qarshi bosh ko‘taradi va bo‘lib o‘tgan janglarda u o‘ldiriladi. Mallaxondan so‘ng Qo‘qon xonligi Shohmurodxonga o‘tadi. Bu orada 1863 yilda Xudoyorxon Buxoro amiri Amir Muzaffar yordamida taxtni qaytarib oladi. Oradan bir necha oy o‘tib Xudoyorxonga qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Bu safar Musulmonqulning o‘g‘li, o‘zining qaynisi Alimqul uni taxtdan quvib yuboradi. Xudoyorxon ikkinchi marta Buxoroga qochishga majbur bo‘ladi. Alimul uning o‘rniga Mallaxonning o‘g‘li yosh Sulton Sayyidxonni xon qilib ko‘taradi va amalda davlatni o‘zi boshqaradi. 1865 yilda Alimqul Toshkent himoyasi uchun rus bosqinchilari bilan o‘tkazilgan janglarda halok bo‘ladi. Shu tariqa Xudoyorxonning ham «qulog‘i tinadi». 1865 yilda Buxoro hukmdori Amir Muzaffar Xudoyorxonni yana xonlik taxtiga o‘tqazadi. Sulton Sayyidxonni esa Buxoroga chaqirib oladi va qatl ettiradi. Ungacha esa ruslar 1864 yilda Chimkentni, 1865 yilda esa Toshkentni egallab bo‘lgan edi. Qo'qonning haqiqiy marvaridi va shaharning asosiy tarixiy diqqatga sazovor joylaridan biri - Xudoyorxon saroyi, uni xalq orasida "Qo'qon oʻrda" deb ham atashadi. Tarixdan ma'lumki, bir yarim asrdan ko'proq vaqt mobaynida Qo'qon xonligida 29 dan ortiq xon oʻtirgan, ammo eng qudratli va esda qolarli jihati shundaki, Xudoyorxon 1845 yilda 12 yoshida taxtga o'tirgan. 1871 yilda Xudoyarxon katta saroy qurdiradi. Bu ulug'vor majmua yettinchi xon saroyi bo'lgan va xon g'oyasiga ko'ra Qo'qon hukmdorining qudratini eslatish uchun avvalgi saroylardan kattaligi va muhtasham bezaklari bilan ustun bo'lishi kerak edi. Dastlab binoning uzunligi 138 metr va kengligi 65 metr bo'lib, 4 gektar maydonda joylashgan edi. Saroy uch metr balandlikda ko'tarilgan, uzun kirish yo'li asosiy kirishga olib boradi. Bu yerda, rampaning etagida, ilgari quyma temir va mis zambaraklar bor edi. Ulkan o'ymakor eshiklar ustidagi portalda arab tilida "Buyuk Sayid Muhammad Xudoyorxon" degan yozuv bor. Saroy atrofini chiroyli o'yilgan panjara o'rab olgan. Majmuaning o'ng tomonida, Farg'ona ipaklari ranglarini eslatuvchi naqsh bilan bezatilgan, keramika bilan o'ralgan yuzli minora bilan bezatilgan. Saroy qurilishiga xonlikning va unga qo'shni mulklarning eng yaxshi ustalari jalb qilingan. Qurilishni Qo'qonning iste'dodli me'mori Mir Ubaydullo boshqargan. Qadimgi keramika markazi bo'lgan Rishtonning eng yaxshi hunarmandlari saroyda pardozlash ishlari bilan shug'ullanishgan. Dastlab saroyda 119 ta xona bor edi, ular ochilganda ganch o'ymakorligi va rang-barang bezaklar bilan bezatilgan edi. Maxsus joyni taxt xonasi va xonning qabul xonasi egallagan; xazina, qirol xazinasi va harbiy arsenal yaqin joyda joylashgan. Uning bolalari uchun xonalar va xon va uning xotinlarining shaxsiy xonalari ham juda bezatilgan edi. Rossiya imperiyasi tomonidan Qo'qon xonligi bosib olingandan so'ng Xudoyorxon va uning oilasi Toshkentga jo'natildi. Uning mol-mulkining katta qismi musodara qilindi va keyinchalik talon-taroj qilindi. Bugungi kunda bir nechta jahon muzeylarida siz Qo'qon xonligining ba'zi eksponatlarini topishingiz mumkin. Ulardan biri Xudoyorxonning qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan taxti Sankt-Peterburg Ermitajida saqlanadi. 1865 yilda Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuziladi. Uning boshlig‘i etib qonxo‘r genaral Mixail Chernyayev tayinlanadi. 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tuziladi unga Konstantin fon Kaufman boshliq etib tayinlanadi. (1882 yilda fon Kaufman vafot etgach Chernyayev Turkiston general-gubernatori bo‘lgan va uni 1884 yilgacha boshqargan) Shundan so‘ng Rossiya imperiyasi Qo‘qon xonligiga nisbatan bosimlarini kuchaytira boshlaydi. 1868 yilda Xudoyorxon fon Kaufman bilan shartnoma imzolaydi. Shartnomaga ko‘ra rus savdogarlari boj to‘lamasdan xonlikning istalgan shahrida savdo qilishi va mahsulot olib kirishi va olib chiqishi mumkin bo‘ladi. Saroydan hozirgi kungacha atigi 2 ta hovli va 19 ta xona saqlanib qolgan; qudratli xonlikning sobiq ulug'vorligi haqida hikoya qiluvchi mahalliy tarixiy muzey bu yerda joylashgan. Download 77.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling