Mavzu: Tarbiyasi qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishda psixologni oʻrni


Download 346.49 Kb.
bet1/8
Sana21.01.2023
Hajmi346.49 Kb.
#1107430
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirzarahmatova Shohida

Mavzu: Tarbiyasi qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishda psixologni oʻrni.


Reja:
Kirish
I Bob. Tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyatini nazariy oʻrganish.

    1. Tarbiya haqida umumiy maʼlumot.

    2. Tarbiyalanganlikning nazariy talqini.

I bob xulosa.
II Bob. Tarbiyada qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni empirik oʻrganish.
2.1 Tarbiyalanganlik darajasini oʻrganish.
2.2Olingan natijalar.
II bob xulosa.
Umumiy xulosa.
Tavsiya.
Foydalangan adabiyotlar.
Ilovalar ro’yxati.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.Taʼlim-tarbiya haqida soʻz ketganda, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, degan chuqur maʼnoli fikri yodimizga tushaveradi. Buyuk maʼrifatparvar bobomizning bu soʻzlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim boʻlgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ham shunchalik, balki undan ham koʻproq dolzarb ahamiyatga ega.

Prezidentimiz tomonidan shu yil 23-avgustda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Tarbiya” fanini yaratish va oʻqitish tashabbusi ilgari surilishi ham ana shu hayotiy zarurat bilan chambarchas bogʻliq. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, “Tarbiya” fanini joriy etish zarurligi qayd etildi. Mazkur tashabbus roʻyobi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyulda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va hozir shu asosda keng koʻlamli ishlar olib borilyapti.


Maʼlumki, tarbiya oʻz mohiyat-eʼtibori bilan milliy, umuminsoniy va gumanistik mazmunga egadir. Har bir jamiyat oʻz oldiga yetuk, har tomonlama kamol topgan, oʻzida butun ijobiy, oliyjanob fazilatlarni birlashtirgan avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Tarbiyasi ogʻir, maʼnaviyati qashshoq yoki maʼnaviyatdan mahrum boʻlgan odamdan biror ezgulik kutish mumkin emas. Chunki u yaxshilik va ezgulik haqida umuman oʻylamaydi. Atrofga va hatto ota-onasi, qarindosh-urugʻlari taqdiriga ham befarq, loqayd holda yashaydi. Tarbiyali, maʼnaviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” buyuk maqsadiga erishuvida maʼnaviyati yuksak, barkamol insonlar zarur.

Mazkur masala oʻta dolzarb boʻlganligidan barcha zamonlar donishlari yoshlar tarbiyasi haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlari bor. Zardushtiylik uch asosiy axloqiy qoidaga tayanadi: “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal”. Shu uchalasiga rioya qilgan odam kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy bu xususda yana-da yorqinroq soʻz aytgan: “Bolaning tabiati rivojlanishga moyil boʻladi, uni qanday gʻoyalar bilan toʻldirish ota-ona va ustozga bogʻliq”.

Forobiyning taʼlim-tarbiya yoʻllari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U “Insonda goʻzal fazilatlar ikki yoʻl — taʼlim va tarbiya yoʻli bilan hosil qilinadi. Taʼlim faqat soʻz va oʻrgatish bilangina boʻladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, yaʼni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat boʻlgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan boʻlishi, oʻrganishidir”, deya taʼkidlaydi. Olim, oʻz navbatida, taʼlimda barcha fanlarning nazariy asoslari oʻrganilsa, tarbiyada maʼnaviy-axloqiy qoidalar, odob meʼyorlari oʻrganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Shuning uchun ushbu gʻoyalardan jamiyatning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlashda, maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilashda foydalansa, maqsadga muvofiq boʻladi.Navoiy inson qadr-qimmati uning mol-mulki, zeb-ziynati, mansabi yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning maʼnaviy qiyofasi, axloqiy sifatlari, undan elga qanchalik naf tegishi bilan belgilanishini koʻp marta takrorlagan. Shoir sheʼrlaridan birida:

Tut bargichalik qimmating yoʻqmi?

Ipak qurtichalik himmating yoʻqmi?


  • Deya insonni oʻylashga, oʻylaganda ham oʻz hayotidan kelib chiqib xulosa qilishga chorlaydi. Shu ikki satrda insonning dunyoga kelishidan tortib, bu yorugʻ olamda yashashning tub mohiyat ochib berilgan.

Shoirning quyidagi soʻzlari ham tahsinga sazovor: “Kishilarning soʻz bilan naf yetkazish qoʻlidan kelmasa, loaqal koʻnglidagi andishasi yaxshi boʻlishi kerak. Koʻngli odamlarning xursandligidan xursand boʻlishi lozim. Kimning xalq gʻamidan gʻami boʻlmasa, haqiqiy odam boʻlsang, uni odam dema”.

Bu fikrlarning tub negizida tarbiya yotganligini anglab olish qiyin emas.

Zero, Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganlaridek, “Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qoʻllanmasi sifatida bugungi kunda ham oʻzining qadri va ahamiyatini yoʻqotgan emas. Biz “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur”.

Demak, anglashiladiki, biz “Tarbiya” fanini yaratishda uzoq-yaqin oʻtmishimizda yashab oʻtgan ulugʻ zotlar merosidan, qolaversa, umuminsoniy qadriyatlardan unumli foydalanishimiz kerak boʻladi. Ana shular asosida yaratilgan yangi fan farzandlarimiz tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz. Barkamol avlodni tarbiyalash orqali esa oldimizga qoʻygan ulkan maqsadga erishamiz — mamlakatimizda uchinchi Uygʻonish koʻz ochadi.



  • Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida. – Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.

Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi.




  • Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz kerak, – dedi Prezident.

Maʼlumki, mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qoʻyilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.

Farmon loyihasida taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini koʻrsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.

Jumladan, jamiyatda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos etib, oʻz ustida koʻproq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni ragʻbatlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda.

Eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va eʼtiborini tubdan oʻzgartirish, ularning masʼuliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda.

Videoselektor yigʻilishida taʼlim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, taʼlim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini taʼkidladi

Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri.

– Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib, yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilish muhimligi taʼkidlandi. Xalq taʼlimi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqib, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab taʼlim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qoʻyildi.

Yangi metodikani samarali yoʻlga qoʻyish uchun barcha maktab oʻqituvchilari videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida oʻqitiladi. Eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yoʻnalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanadi. Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari boʻyicha chet ellardagi ilgʻor darsliklar chuqur oʻrganib chiqiladi.

Maktablarni taʼmirlash, obodonlashtirish, isitish kabi xoʻjalik masalalariga hokimlar shaxsan masʼul ekani eslatib oʻtildi. Shuningdek, oliy oʻquv yurtiga kira olmagan bitiruvchilarni muayyan kasb-hunar yoki tadbirkorlikka jalb etish muhim.

Shu bois kelgusi yildan boshlab 7-sinfdan oʻgʻil-qizlarning kasbga qiziqishlarini aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yoʻnaltirish amaliyoti joriy qilinishi belgilandi. Hududdagi sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish korxonalari maktablarga biriktiriladi.

Har bir maktab reytingini hamda shu asosda taʼlim sifati boʻyicha tuman, shahar va viloyatlar reytingini ishlab chiqish zarurligi aytildi. Reyting natijalariga qarab, maktab direktorlari va oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, hokimlar va ularning taʼlim boʻyicha maslahatchilari faoliyatiga baho beriladi.

Reytingda birinchi beshlikka kirgan maktab direktorlariga mahalliy byudjetdan ustama toʻlanadi. Xususan, maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlariga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravaridan 12 baravarigacha ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar beriladi. Shu bilan birga, xalq taʼlimi boʻlimi rahbari va metodisti, maktab direktorlari, tuman reytingida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan maktablarning 2 nafar ilgʻor oʻqituvchisiga kasaba uyushmalari hisobidan har yili sihatgohlarga ikki haftalik bepul yoʻllanma beriladi. Shuningdek, fidoyi pedagoglar boshqa yoʻllar bilan ham ragʻbatlantiriladi.

Yigʻilishda pedagog kadrlar malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda pedagoglar har 5 yilda, rahbar kadrlar esa har 3 yilda malaka oshirmoqda. Lekin bu toʻla qamrov uchun yetarli emas. Joriy yilda Sirdaryo viloyatida 11 ming nafar maktab oʻqituvchilarining barchasi sinov tariqasida masofaviy malaka oshirish kurslari bilan qamrab olinmoqda.

.Maktablarda zamonaviy boshqaruvni joriy qilish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Endi maktab direktorlarini lavozimga tayinlash bevosita mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi. Har bir nomzod maktabning koʻrsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish boʻyicha oʻz dasturi bilan tanlovda ishtirok etadi va har yili kengashlar oldida hisobot beradi.

Bundan asosiy maqsad – maktablarning samarali faoliyatini tashkil etish, direktorlar ishiga noqonuniy aralashuvlar va kadrlar qoʻnimsizligiga barham berish.

Maktablar bilim bilan birga tarbiya, maʼnaviyat maskani hamdir. Davlatimiz rahbari bu ishlarga hududlarda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarni keng jalb qilish, maktablarning direktor jamgʻarmasidan va mahalliy byudjet mablagʻlaridan ularga oylik maosh toʻlash lozimligini taʼkidladi.

Oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va qamrovni oshirish, har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy bilim yurti tashkil qilish muhimligi qayd etildi.

– Bugun koʻrib chiqilgan masalalar hammadan, maktab direktoridan boshlab Bosh vazirgacha boʻlgan barcha boʻgʻindagi rahbarlardan yuksak masʼuliyat va yuqori darajadagi javobgarlikni talab qiladi. Bu – yillar davomida koʻrinmaydigan, ammo natijasi yaqin 10-15 yilda butun mamlakat qiyofasini tubdan oʻzgartirishga asos boʻladigan qudratli manba, – dedi Prezident.

Parlament vakillari, shuningdek, joylardagi mahalliy kengash deputatlaridan taʼlim tizimidagi oʻzgarishlarni xalqimizga yetkazib, daxldorlik hissini oshirish, farmon qabul qilingach, ijrosini nazoratga olish, oʻz tajribalari bilan amaliy yordam berish soʻraldi.

Yigʻilishida hokimlar, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, maktab direktorlari, pedagoglar taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga oid fikr-mulohazalarini bildirdi.





Download 346.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling