Sanoatkontexnazorat


Download 89.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.09.2023
Hajmi89.51 Kb.
#1673263
  1   2   3
Bog'liq
200-сон 23.09.2008



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA
ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI
“SANOATKONTEXNAZORAT” BOSHLIG‘INING
BUYRUG‘I
GAZDAN XAVFLI ISHLARNI XAVFSIZ OLIB BORISHNI TASHKILLASHTIRISH BO‘YICHA
NAMUNAVIY YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan,
2008-yil 23-oktabr 20-15-340/12-son]
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi
to‘g‘risida” gi 
Qonuni
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-
sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
qaroriga
asosan, buyuraman:
1. Gazdan xavfli ishlarni xavfsiz olib borishni tashkillashtirish bo‘yicha namunaviy
yo‘riqnoma
tasdiqlansin.
2. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan
so‘ng o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
Inspeksiya boshlig‘i I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-sentabr,
200-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat
inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil
23-sentabr 200-son 
buyrug‘i
bilan
TASDIQLANGAN
Gazdan xavfli ishlarni xavfsiz olib borishni tashkillashtirish bo‘yicha
NAMUNAVIY YO‘RIQNOMA
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu, Gazdan xavfli ishlarni xavfsiz olib borishni tashkillashtirish bo‘yicha namunaviy
yo‘riqnoma (bundan keyin matnda — Namunaviy yo‘riqnoma) O‘zbekiston Respublikasining 2006-
yil 28-sentabr O‘RQ-57 sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi
Qonunini
amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, gazdan xavfli ishlarni xavfsiz olib
borish va tashkillashtirish tartibini belgilaydi.
2. Gazlangan muhitda olib boriladigan yoki gaz quvurlari, idishlar va agregatlardan yonuvchi
gaz chiqishi natijasida insonlarning zaharlanishi, portlash yoki yong‘inga olib kelishi mumkin
bo‘lgan muhitda olib boriladigan ishlar, gazdan xavfli ishlar hisoblanadi.
Agar ish zonasida umumiy hajmdagi kislorod miqdori 16% dan kam bo‘lsa yoki ruxsat etilgan
konsentratsiya chegarasidan (RKCh-PDK) yuqori gazlanish bo‘lsa yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa,
ochiq olov va olov vositalaridan foydalanmay olib boriladigan ishlar, gazdan xavfli ishlar hisoblanadi.
3. Agar ish zonasida umumiy hajmdagi kislorod miqdori 16% dan kam bo‘lsa, hajmli idish,
apparat, sisterna, kollektor, quduq, tunnel, transheya, chuqurlik, blok-boks va boshqa shunga
o‘xshash joylarda bajarilayotgan ishlar, shuningdek quyidagi ishlar gazdan xavfli ishlarga kiradi:
a) yangi qurilgan gaz quvurlarini ishlayotgan gaz tarmog‘iga ulash;
b) foydalanishga topshirish, ta’mirlash va konservatsiyalashdan so‘ng gaz quvurlariga va gaz
ta’minoti tizimining boshqa obyektlariga gaz berish, shuningdek ishga tushirish-sozlash ishlarini
bajarish;
v) gaz quvurlari, gaz tartiblash moslamalari (bundan keyin matnda — GTM), gaz tartiblash
qurilmalari (bundan keyin matnda — GTQ), gazdan foydalanuvchi agregatlarga texnik xizmat


ko‘rsatish va ta’mirlash, shuningdek portlashdan himoyalangan elektr uskunalariga texnik xizmat
ko‘rsatish va ta’mirlash;
g) gaz quvuriga tiqilib qolgan jismlarni olib tashlash, tiqinlarni o‘rnatish va olish, va
ishlayotgan gaz uskunalari, asboblari apparatlarini gaz quvurlaridan ajratish;
d) gaz quvurlarini uzib qo‘yish, ularning ichidagi havoni siqib chiqarish (produvka) va
demontaj qilish;
e) gaz to‘ldirish shahobchasi (bundan keyin matnda — GTSh), gaz to‘ldirish punkti (bundan
keyin matnda — GTP), avtomobilga suyultirilgan uglevodorod gaz to‘ldirish shahobchasi (bundan
keyin matnda — SUG AGTSh), rezervuarli qurilmalaridan suyultirilgan uglevodorod gazni (bundan
keyin matnda — SUG) to‘kish ishlarini bajarish, shuningdek nosoz ballonlarni SUGdan bo‘shatish;
j) quduqlarni ta’mirlash, ko‘zdan kechirish va shamollatish, tashqi gaz quvurlaridan suv va
kondensatni chiqarish, bug‘lanib ketmagan SUG qoldiqlarini haydab chiqarish va to‘kish;
z) rezervuarlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishga tayyorlash va o‘tkazish;
k) gaz sizib chiqishini bartaraf etgunga qadar, gaz sizib chiqayotgan joylardagi yerni kavlash;
l) GTM, GTQ, GTP va SUG AGTSh da olov bilan bog‘liq ishlarni olib borish;
m) gaz ballonli avtomobillarga gaz to‘ldirish.
4. Har bir gaz xo‘jaligi korxonasida ushbu Namunaviy yo‘riqnoma asosida muayyan gazdan
xavfli ishlarga mos keluvchi mahalliy yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi kerak. U yo‘riqnomalar korxona
rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi va kasaba uyushmasi bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
5. Ushbu Namunaviy yo‘riqnomaning talablarini bajarmaslik ishlab chiqarishda intizomni
buzish deb ko‘riladi va o‘z o‘rnida bu intizomiy, ma’muriy ayrim hollarda esa jinoiy javobgarlikka olib
kelishi mumkin.

Download 89.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling