2. shahar gaz ta’minoti tizimlari


Download 24.76 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi24.76 Kb.
#1333142

.2. SHAHAR GAZ TA’MINOTI TIZIMLARI.
SHahar gaz ta’minoti tizimlariga qo’yilgan asosiy talab shundan iboratki, gaz ta’minoti tizimlari ishonchli va uzluksiz shahar istemolchilari uchun kerakli bo’lgan gaz miqdorini taminlab turishi, foydalanish uchun qulay, foydalanish davrida, xavfsizligi ta’minlangan, avariya xolatida ham tezkorlik bilan qayta tiklanishi mumkinligi, tejamkorli bo’lish kerakdir.
Gaz ta’minoti tizimlarini loyihalashda qo’yidagilarni e’tiborga olish ya’ni loyihalanayotgan shaharning joylanishi, qurilish maydonining zichligi, ko’cha yo’laklarning kengligi, turli xil muhandislik kommunikatsiyasi tarmoqlari bilan oraliq masofalari, iqlimiy va geolo-gik shart – sharoitlar h.k.z. hisobga olinishi kerakdir.
Gaz quvurlari foydalanish xizmatiga qarab m a g i s t r a l, shaxarda va sanoat korxonalari uchun muljallangan bo’lishi mumkin. SHahar gaz quvurlari o’z navbatida kuyidagilarga bo’linadi:
Tarmoqlangan gaz quvurlari bu quvurlar orkali gaz sanoat korxo-nalariga kommunal maishiy korxonalarga, aholi istiqomat qiluvchi uylariga yetkazib beriladi. Tarmoqlangan gaz quvurlari gazning bosimiga qarab yuqori, o’rtacha va past bosimda, xalqa ko’rinishli va tarmoqli tasvirda loyihalanayotgan shaharning relefiga qarab loyihanadi.
Abonent bo’linma, tarmoqlangan quvurdan alohida istemolchilarga yoki bir guruh istemolchilarga berilishi mumkin.
Uy ichidagi gaz quvurlari, bino ichida gazni yetkazib berish uchun yoki alohida uskunalarga gazni yetkazib berish kiradi.
Kichik shaharlarda bir yilda umumiy sarflanayotgan gazning 40 foizi kommunal maishiy korxonalar uchun sarflanadi. O’rtacha, katta va yirik shaharlarda esa bu ko’rsatgich umumiy sarflanayotgan gazning 20 foizidan oshmaydi. SHahar gaz ta’minoti tizimlarida gaz quvurlari-ning umumiy uzunligining 70 foizdan 80 foizgacha, past bosimli gaz quvurlariga, faqatgina 20–30 foizgina o’rtacha va yuqori bosimli gaz quvurlariga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasi hududida past bosimli gaz quvurlari asosan yer ustidan o’kaziladi.SHahar gaz ta’minoti tizimlarida quvurlarning ishonchili ishlashini ta’minlashning eng yaxshi yo’li bu halqa ko’rinishli tasvirda gaz quvurlarni loyihalanishdir. Ammo halqa ko’rinishli gaz quvurlari tarmoqli quvurlarga nisbatan ko’p metall sarflanadi. Kichik va o’rtacha shaharlarda kupincha ikki pogonali gaz ta’minoti tizimsi loyixalanadi., quvurda gazning bosimi 0,6Mpa gacha bo’ladi. Agarda shaharning markaziy qismida yuqori bosimli gaz quvurini yotqizish mumkin bo’lmasa u xolda uch pogonali (yuqori, o’rtacha va past) gaz quvurlari bo’ladi. Ko’p pogonali gaz ta’minoti tizimlari (0,6MPa) yirik shaharlarda va viloyatlar oralig’i gaz ta’minoti tizimlarida ishlatiladi.
Yirik va o’rtacha shaharlarda gaz quvurlari halka tasvirda, kichkina shaharlar uchun esa tarmoqli (boshi berk) tasvirda loyihalanadi. Tarmoqlangan gaz quvurlarining diametrlari 50 mm dan 400 mm. gacha bo’ladi. Yirik shahar uchun loyihalanadigan gaz quvurlarining asosiy tasvirini qarab chiqamiz.(3.2.1- rasm)
Gaz yoqilg’isi manbasi sifatida 1- magistral gaz quvuri xizmat ko’rsatadi. Magistral gaz kuvuriga gaz 2- gaz ta’minlovchi stantsiya (GTS) orqali yetkazib beriladi. GTS dan gaz chiqayotganda uning bosimi 1,2 MPa pasaytiriladi va yukori bosimli gaz quvuri – 6 yetkazib beriladi.
Yuqori bosimli gaz quvuri xalka ko’rinishda loyixalanadi. Bu quvurga nazorat boshqaruv shaxobchalari (NBSH) yer osti gaz saqlagich ombor – 11 ga boglangandir. Yer osti gaz saqlagich ombori, nazorat boshqaruv shaxobcha (NBSH) va yuqori bosimli gaz quvurlari magistral gaz quvurlari tizimsiga kiradi.
SHahar gaz ta’minoti quvurlari GTS va NBSH orqali ta’minlangan yuqori bosimli quvur – 7 dan boshlanadi.
Turli xil bosimdagi shahar gaz ta’minoti quvurlari bir – biri bilan bog’lanishi gaz boshqaruv shaxobchalari orqali amalga oshiriladi. Agarda yer osti gaz saklagich omborlari gaz sarfining mavsumiy notekis sarflanishi uchun xizmat ko’rsatganda, sutkalik gaz sarfining notekis sarflanishni ta’minlashda 4 – gaz golder stantsiyalari xizmat ko’rsatadi. SHaxardagi yirik istemolchilar (sanoat korxonalari, elektr stantsiyalar, qozon qurilmalari) yuqori va urtacha bosimli gaz quvurlari orqali ta’minlanadi.
SHahar gaz ta’minoti tizimlarining ishonchli va tejamkorli ishlashi ko’p xollarda gaz bilan ta’minlovchi stantsiya (GTS) lar soniga ham boglikdir. Ilmiy izlanishlar va loyihalarning texnik iktisodiy asoslanishlari shuni ko’rsatadiki. Masalan: shahardagi aholi soni 120 ming kishigacha –1. GTS, aholi soni 300ming kishigacha –2ta GTS, 500 ming kishigacha – 3ta GTS bo’lish taklif etiladi.



3.2.1- rasm. Yirik shahar gaz ta’minotining asosiy tasviri.

  1. magistral gaz quvuri; 2-gaz ta’minlovchi stantsiya (GTS); 3-nazorat boshqaruv shaxobchasi (NBSH); 4- gaz golьder stantsiyasi; 5- gaz boshqaruv shaxobchasi (GBSH); 6- yuqori bosimli halka ko’rinishli gaz quvuri –2,0 Mpa; 7- yuqori bosimli xalka ko’rinishli gaz quvuri 1,2Mpa; 8- yuqori bosimli gaz quvuri-0,6Mpa; 9- o’rtacha bosimli halka kurinishli gaz kuvuri; -0,3Mpa; 10- o’rtacha bosimli gaz quvuri –0,1Mpa; 11- yer osti gaz saqlagich ombori.

Download 24.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling