Mavzu: Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizlik asoslari Reja


Download 37.68 Kb.
bet1/8
Sana23.02.2023
Hajmi37.68 Kb.
#1223944
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Ma\'ruza


Mavzu: Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizlik asoslari
Reja:

  1. Ishlab chiqarish mikroiqlimi va uning inson organizmiga ta’sirini o’rganish.

2. Shovqin, titrash, tebranish va ularga qarshi chora-tadbirlar.
2.  Elektr xavfsizligi tushunchasi, elektr tokining inson organizmiga ta’siri.
3.  Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Ishlab chiqarish muhitining, jumladan, bino, uylarning meteriologik sharoitlari yoki mikroiqlim tushunchasiga havo harorati, uning namligi va harakatchanligi, bosimi, shu bilan birga har xil qurilma, asbob-uskuna, ishlanadigan material va buyumlardan ajralib chiqqan issiqlik, infraqizil hamda ultrabinafsha nurlar kiradi.
Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimiga ikkita asosiy ichki va tashqi sabablar bog‘liq bo‘ladi.
Ichki sabablar nisbatan doimiy xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish texnologiyasiga, qo‘llanadigan asbob-uskunalarga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarga bog‘liq bo‘ladi. Ichki sabablarning ta’sir kuchi qo‘llaniladigan asbob-uskunalarning quvvatiga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Tashqi sabablar o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, yil fasllariga, ob-havoga, kecha va kunduzga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi sabablarning ta’sir kuchi binolarning devoriga, tomiga, qanday materialdan qurilganiga, romlarning bor yo‘qligiga va ularning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ishlab chiqarish binolarning issiqlik rejimi, bino ichiga tushib turgan quyosh nurlaridan ajralib chiqadigan issiqlikdan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolaridagi ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi ochiq joylardan tashqariga chiqib ketadi, qolgan ikkinchi qismi bino havosini qizishiga sababchi bo‘ladi.
Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi, yengillashadi va yuqoriga ko‘tariladi, o‘ning o‘rnini esa undan sal og‘irroq sovuq havo egallaydi, o‘z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga ko‘tariladi. Shunday qilib havoning doimiy harakatda bo‘lgani uchun faqat issiq jismlar atrofidagi havo isib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma yeridagi havo isiydi. Bunday issiqlik uzatilishi konveksion issiqlik uzatilishi yo‘li deyiladi.
Hamma qizigan jismlar o‘zidan nurlar chiqaradi. Nurlar xarakterli jismning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Issiqlik ajralib chiqaradigan jismlarning harorati 500oC va undan yuqori bo‘lsa ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari bilan birga, ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizil nurlar ajralib chiqa boshlaydi.
O‘zidan issiqlik chiqaradigan jismlarning harorati 2500-3000oC va undan yuqori bo‘lganda, yorug‘lik va infraqizil nurlar bilan bir qatorda ultrabinafsha nurlar ham ajralib chiqa boshlaydi. Bu nurlar ishlab chiqarish binolari havosini isitmaydi, lekin ular tarqalish yo‘lida har xil jismlarga duch kelib shu jismlarda qisman yutiladilar, yutilish jarayonida nur energiyasi issiqlik energiyasiga aylanish natijasida jismlarni qizdiradi va o‘z navbatida qizigan jismlar issiqlik manbai bo‘lib, atrofdagi havoni isitadi.
Havoda har doim bir oz miqdorda suv bug‘lari bo‘ladi. Bir kilogramm yoki bir kubometr havodagi suv bug‘larining miqdori (gramm hisobidagi) uning maksimal namligini belgilaydi. Maksimal namlik havo haroratiga bog‘liqdir, havo harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, unda suv bug‘lari shunchalik ko‘p bo‘lishi mumkin, ya’ni uning maksimal namligi shunchalik katta bo‘ladi.
Ayni vaqtda bir kilogramm yoki bir kubometr havodagi suv bug‘larining miqdori havoning absolyut namligi deb ataladi.
Ayni haroratda absolyut namlikning maksimal namlikka bo‘lgan nisbati havoning nisbiy namligi deb ataladi va u protsentda ifodalanadi.
Ishlab chiqarish binolarining texnologik jarayoni havoning namligiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suv va suvli eritmalar bilan ishlov berish usullaridan foydalaniladigan paytlarda havo namligi yanada oshib ketadi. Ayniqsa ular isitilsa yoki qaynatiladigan bo‘lsa va ulardan chiqadigan bug‘ tepaga to‘siqsiz ko‘tarilib ketsa havoning nisbiy namligi 80-90% va hatto 100%ga yetishi mumkin. Bunday havoning qo‘shimcha suvni qabul qilish xususiyati juda cheklangan bo‘ladi yoki tomoman yo‘qoladi.
Mikroiqlimning inson organizmiga ta’siri.
Inson organizmi havo haroratining juda katta o‘zgarishiga moslasha oladi. Chunki odam organizmida uzluksiz ravishda issiqlik paydo bo‘ladi va u tashqariga ajralib chiqib turadi, buning natijasida issiqlikning paydo bo‘lishi va sarf qilinishi orasidagi doimiy nisbat hamda harorat bir xil darajada saqlanib turadi. Bu fiziologik jarayon esa organizmning isiqlik almashuvi deyiladi.
Odam organizmida uzluksiz paydo bo‘ladigan issiqlik tashqariga uch xil yo‘l bilan chiqadi: konveksiya, nur tarqatish va terlash. Normal mikroiqlimda (havo harorati 20oC atrofida) konveksiya yo‘li bilan 30% atrofida, nur tarqatish yo‘li bilan 45% atrofida, terlash yo‘li bilan esa 25% atrofida organizmdan issiqlik ajralib chiqadi.
Noqulay iqlim sharoitida organizmning issiqlik almashuvi jarayoni buzilishi natijasida, organizmdagi hayotiy zarur a’zolarning normal ishlashi qiyinlashadi va fiziologik funksiyalari o‘zgaradi.
Yuqori harorat yurak va qon tomir tizimiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori harorat ta’siri natijasida qon tomir urushi tezlashadi va organizm harorati ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi. Bu esa organizm issiqlik almashuvining buzilishidan darak beradi.
Yuqori harorat ta’siri natijasida qon bosimi pasayadi, qonning kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Issiq havo ta’sirida organizmdan suyuqliklar bilan bir qatorda juda ko‘plab gazlar ham ajralib chiqadi. Organizmning suv tuzi balansi buzilishi natijasida kishilar tomir tortish kasalligiga uchrashlari mumkin.
Yuqori harorat ovqatlanish a’zolariga va vitamin almashuviga ham yomon ta’sir qiladi. Kishilar juda issiq muhitda uzoq muddat ishlashi natijasida ular organizmi qizib ketishi, ya’ni issiq urushi mumkin.
Butun organizmning ortiqcha qizib ketishidan paydo bo‘lgan issiq urushidan oftob urushini farq qilish kerak. Oftob urushi issiqlik nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshga ta’sir qilishidan va bosh miyaning 40-42 gradusgacha isishida paydo bo‘ladi. Bunda tana harorati normal holda qolishi yoki salgina ko‘tarilishi mumkin. Ba’zida oftob-issiq urishining aralash formalari uchraydi.
Sovuq havoning organizmga ta’siri natijasida organizmlarning har xil bakteriyalarga bo‘lgan qarshiligi susayadi. Natijada kishilar gripp, nafas olish yo‘llarini shamollashi, o‘pka shamollashi, nerv va bosh miyaning shamollashi kasali bilan kasallanadilar. Shuning uchun ham bu kasalliklar shamollanish kasalligi deb ataladi.

Download 37.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling