Mavzu: Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizlik asoslari Reja


Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar


Download 37.68 Kb.
bet6/8
Sana23.02.2023
Hajmi37.68 Kb.
#1223944
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Ma\'ruza

2. Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Elektr toki ta’siridan jarohatlanishning asosiy sabablari:
- kuchlanish ostida bo‘lgan elektr tarmoqlari yoki elektr o‘tkazgichlarga tegib ketish yoki xavf tug‘diruvchi masofaga yaqinlashish;
- elektr qurilmalari asbob-uskunalarining ustki metall korpuslari va qopqoqlarida elektr o‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlarini shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishi hosil bo‘lishi;
- elektr tokini o‘chirib remont ishlarini bajarayotgan vaqtda, tasodifan elektr tokini ulab yuborish;
- yer yuzasiga uzilib tushgan elektr o‘tkazgichi yer yuzasi bo‘ylab elektr tokini tarqatayotgan zonaga bilmay kirib qolish natijasida kuchlanishlar ta’siriga tushib qolish.
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar:
1. Kuchlanish ostida bo‘lgan o‘tkazgichlarni qo‘l yetmaydigan qilib bajarish;
2. Elektr tarmoqlari o‘tkazgichlarini ayrim joylashtirish;
3. Elektr qurilmalari korpusida elektr tokining hosil bo‘lishiga qarshi chora-tadbirlarni belgilash:
a) kam kuchlanishga ega bo‘lgan elektr manbalaridan foydalanish;
b) ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash;
v) potensiallarini tenglashtirish;
g) yerga ulab muhofazalash;
d) nol simiga ulab muhofazalash;
e) muhofaza o‘chirish qurilmalaridan foydalanish;
4. Maxsus elektr muhofazalash sistemalaridan foydalanish;
5. Elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora- tadbirlarini qo‘llash.
Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr o‘tkazgichlarini qo‘l yetmaydigan qilib bajarishda tok o‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash, ularni bo‘y yetmaydigan balandliklarga o‘rnatish, shuningdek, o‘tkazgichlarni to‘siq vositalari bilan ta’minlash kiradi.
Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirishda - elektr tarmoqlarini o‘zaro transformator yordamida tarmoqlarga bo‘lib yuborish tushuniladi. Buning natijasida ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza izolyasiyasi qarshiligiga ega bo‘ladi, shuning bilan o‘tkazgichlarining yerga nisbatan sig‘imi kichkina bo‘lganligidan xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi va uning turlari
Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lishi xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi.
Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo‘lsa uni yerga o‘tkazib yuborishdan iborat.
Elektr qurilmalarni yerga ulab muhofaza qilishning asosiy hususiyati, qurilma korpusiga o‘tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, yerga qoqilgan va elektr tokini yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‘tkazgich tushuniladi. Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi: bir joyga yig‘ilgan va kontur bo‘yicha joylashtirilgan.
Nolga ulab muhofaza qilish
Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo‘yish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.
Muhofazalovchi nol simi elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini mustahkam yerga ulash bilan boshlanib uch faza bilan birlikda to‘rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji boricha ko‘proq (ma’lum masofalarda) yerga ulab boriladi.
Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi yerga ulab muhofaza qilishniki bilan bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga o‘tib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolga ulab muhofaza qilishning ishlash prinsipini korpusga o‘tib ketgan elektr tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa tutashuv hosil qilish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi. Buning natijasida elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun o‘rnatilgan saqlovchi-eruvchi qurilmani yoki saqlovchi avtomatni o‘chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr tokini uzib qo‘yiladi. Bunday vazifani bajaruvchi, saqlovchi-eruvchi qurilmalar yoki avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma’lum miqdorda oshishiga mo‘ljallab o‘rnatib qo‘yiladi.

Download 37.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling