Mavzu: Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizlik asoslari Reja
Download 37.68 Kb.
|
1-Ma\'ruza
Saqlovchi qurilmalar yordamida korpusiga tok o‘tkazib yuborayotgan (buzilgan) elektr qurilmasini saqlovchi-eruvchi qurilmalar o‘rnatilganda o‘chirish 5-7 s, avtomatlar yordamida esa 1-2 s davomida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari nolga ulangan qismlar yerga qo‘yilgan bo‘lganligi sababli saqlovchi-eruvchi qurilmalar elektr qurilmasini o‘chirguniga qadar ularni yerga ulab muhofaza qilish sistemasi sifatida kishilarni elektr toki xavfidan saqlab turadi. Boshqacha aytganda, nolga ulangan elektr sistemasida yerga ulanganligi sababli kuchlanish xavfsiz darajaga tushib qolgan bo‘ladi. Muhofazalovchi o‘chirish qurilmasi Agar elektr qurilmasi korpusida inson hayoti uchun xavfli kuchlanish hosil bo‘lib qolsa, uni tezda o‘chirish imkoniyatini beradigan qurilmalarga muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari deyiladi. Bunday tokning hosil bo‘lishiga masalan, elektr toki fazasi korpusga urib ketishi, tarmoqda hisobga olingan kuchlanishga nisbatan kuchliroq kuchlanish paydo bo‘lishi va boshqalar sabab bo‘ladi. Bunda elektr tarmoqda elektr parametrlarining o‘zgarishi ro‘y beradi. Masalan, elektr qurilmasi tok o‘tkazmaydigan qismlarida kuchlanish paydo bo‘ladi, fazadagi kuchlanish yerga nisbatan o‘zgaradi va boshqalar. Muhofazalovchi o‘chirish qurilmasi, xavf hosil qilgan elektr asbobni 0,2 s dan oshmagan vaqt davomida o‘chirish imkoniyatini berishi kerak. Muhofazalovchi o‘chirish asbobi bir qancha qismlardan tashkil topgan bo‘lib, asosan elektr sistemasida biror bir parametrning o‘zgarishini sezib, elektr sistemasiga berilayotgan tokni avtomatik uzuvchi qurilmaga signal beradi. Bu elementlarning asosiysi qabul qiluvchi qurilma bo‘lib (asosan qabul qiluvchi qurilma sifatida rele qo‘llaniladi), u elektr sistemasidagi parametr o‘zgarishlarini qabul qiladi, agar kelayotgan signal kuchsiz bo‘lgan holda uni kuchaytiruvchi qurilma o‘rnatiladi, shuningdek, bu sistemaning to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirib turuvchi nazorat asboblari hamda signal lampalari o‘rnatilishi mumkin. Avtomatik tokni uzish qismining vazifasi olingan signalga asoslanib elektr qurilmasini ta’minlayotgan elektr tarmog‘ining butunlay uzib qo‘yishdan iborat. Elektr sistemalarining saqlovchi qurilmalari sistemada elektr quvvati nominal miqdordan ortib ketgan taqdirda avtomatik ravishda tokni uzib qo‘yadi. Muhofaza qurilmasi elektr sistemasidagi tok quvvati nominal miqdordan 25% ortib ketsa, muhofaza qurilmasiga o‘rnatilgan eruvchan qism erib ketadi va tok kelishi to‘xtaydi. Bu eruvchan qismni elektr sistemasiga berilayotgan tok kuchining maksimal zarur miqdoriga moslab tanlanadi. Uning erib ketish vaqti undan o‘tayotgan tok kuchiga bog‘liq. Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, eruvchi qism 0,2 s davomida erib ketadi. Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari bo‘ladi, ularning hammasida ham eruvchi qismni o‘zgartirish imkoniyati bor. Elektr yordamida qo‘lda ishlatiladigan - drel, gayka buragich, silliqlovchi, pardoz berish mashinalari va boshqalarga elektr tokiga oson ulanib, oson o‘chirilishi, ishlatish davrida tok o‘tkazuvchi qismlariga odamning tegib ketish va tok ta’siriga tushib qolish xavfi bo‘lmasligi talablari qo‘yiladi. Bunday asboblar bilan ishlaganda elektr toki ta’siriga tushib qolish, uning metall korpuslari orqali, yaxshi yerga ulangan metall qismlarda turib ishlov berayotgan vaqtda, zax xonalarda ish bajarishda, shuningdek, ochiq havoda ish olib borganda bo‘lishi mumkin. Xavfli sharoitlarda ishlaganda ushbu elektr asboblarini elektr xavfi darajasini kamaytirish uchun ishlatish kuchlanishi 36 V dan oshmagan, 1 kvtgacha quvvatga ega bo‘lgan, chastotasi 200 Gs li elektr quvvatidan foydalanish tavsiya etiladi. Qo‘lda ishlatiladigan asboblarni 110 va 220 V kuchlanishlarda ishlatishga faqat xavfsiz xonalarda ish olib borishda ruxsat etiladi. Qo‘lda ishlatiladigan elektr asboblarining tuzilishida xavfsizlikni ta’minlash elementlari bo‘lishi, shuningdek, 36 V kuchlanishdan ortiq, kuchlanishda ishlaydigan asboblar uchun, diametri 4 mm dan kam bo‘lmagan o‘tkazgichdan tayyorlangan, nol simiga yoki yerga ulangan simga ulash uchun qisqichga ega bo‘lishi shart. Elektr asbobini tokka ulash ko‘p simli kabellardan tashkil topgan bo‘lishi, oddiy sim bo‘lgan taqdirda rezina shlang kiygizilib muhofazalangan bo‘lishi lozim. Ko‘pincha bunday kabellar tarkibida nolga, yerga ulash uchun mo‘ljallangan simlar ham bo‘ladi. Rozetkalarda esa yerga ulangan yoki nol simi nuqtalari bo‘ladi. Download 37.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling