Metall va uning qotishmalarini metall elektrodlar bilan elektr yoy erdamida suyultirib dastaki payvandlash


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1559602
  1   2   3   4
Bog'liq
3-LABORATORIYA ISHI.



3-LABORATORIYA ISHI.
METALL VA UNING QOTISHMALARINI METALL ELEKTRODLAR BILAN 
ELEKTR YOY ERDAMIDA SUYULTIRIB DASTAKI PAYVANDLASH 
Ishdan maqsad. Metall va uning qotishmalarining metall elektrodlar bilan elektr yoy 
yordamida payvandlab chok bostirish va uning sifatini kuzatish. 
Umumiy ma’lumot. Ma’lumki, metall va uning qotishmalarining o‘zaro atomlar 
bog‘lanishlari hisobiga ajralmaydigan birikmalar olish payvandlash deyiladi. Detallarni metall 
elektrodlar bilan elektr yoy yordamida suyultirib dastaki payvandlash usuli 1888—1890 yillarda 
N.S.Slavyanov tomonidan 
yaratilganiga qaramay 
XX asr boshlarigacha metallarni 
payvandlashda gaz alangasidan foydanilgan. 1907 yilda shved injeneri O.Kvelberg 
metallarni maxsus qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlab sifatli 
choklar olgach, bu usul keng tarqala boshladi. Bu usul gaz alangasida payvandlashga 
qaraganda qator afzalliklarga ega, jumladan, turli toklardan foydalanishi, sifatli choklar 
olinishi, qimmatbaho uskunalar talab etmasligi va boshqlar. 
Metallarni qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida dastaki 
payvandlash posti va payvandlash sxemasi 14.1- rasmdan ko‘rinadiki, payvandlanuvchi 
metall bilan metall elektrodi oralig‘ida elektr yoy hosil qilinadi va uning issiqligi ta’sirida 
elektrod uchi va payvandlanuvchi metall joyi erib, vanna hosil bo‘ladi. Bunda elektrod 
qoplamasi ham suyuqlanib, suyuq metall vanna havoning zararli ta’siridan himoya etuvchi gaz 
qobiq hosil etadi. Payvandlashda yoy payvandlash yo‘nalishi bo‘ylab surilgani sari metall vanna 
qota borib, uning sirtida oson ajraladigan shlak po‘stlog‘i hosil bo‘ladi. Chok sifati esa 
payvandlanuvchi metallar materialiga, payvandlash joylarini payvandlashga tayyorligiga, 
elektrod diametriga, tipiga, markasiga, chokni fazadagi holatiga, ishchining malakasiga va 
boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Metallarni payvandlashga o‘tishgacha qay ishlar qilinmog‘i 
zarurligi ustida gap yuritaylik. Ma’lumki, mavjud sharoitda payvandlanuvchi zagotovkalar turli 
materiallardan bo‘lib, sirtlari zang, moy va bo‘lak iflosliklardan xoli bo‘lmaydi, qalinliklari 
ham har xil bo‘ladi. Shu boisdan avval payvandlanadigan joylarni oksid pardalardan, moylardan, 
bo‘yoqlardan va boshqa iflosliklardan tozalanib, turli choklar bostirish uchun payvandlash 
joylarini qalinliklariga ko‘ra 14.2-rasmda ko‘rsatilgan tarzda tayyorlangach, payvandlash stoliga 
o‘rnatiladi. Bunda payvandlanadigan joyni ma’lum burchak bo‘ylab kesib ochilishi ko‘ndalang 
kesim bo‘yicha to‘laroq chok bostirishni ta’minlaydi. Undan tashqari zagotovkaning qalinligiga, 
materialiga ko‘ra elektrod xili, diametrini, tipini, markasini, tok kuchini to‘g‘ri belgilash ham 
muhim ahamiyatga ega. Odatda, payvandlanuvchi metall qalinligiga ko‘ra elektrod diametrini 
tubandagi nisbatda olish tavsiya etiladi: payvandlanuvchi metall qalinligi, 5 mm 1-2; 3-5; 4-10; 
12-24; 30- 60 elektrod diametri, d mm-1,5-2,5; 3-4; 4-5; 5-6; 6-8. Elektrod materiali, diametri, ish 
qismi uzunligiga qoplama xiliga, chokning f-zadagi holatiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra tok 
kuchini tubandagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling