Uch fazali tizimida Qisqa tutashuv tokining miqdori Qisqa tutashuv zanjirlarda tok miqdori


Download 29.77 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi29.77 Kb.
#1303499
Bog'liq
1 (2)


Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuvni hisoblash va apparatlarni tanlash.


Reja:

  1. Uch fazali tizimida Qisqa tutashuv

  2. Qisqa tutashuv tokining miqdori

  3. Qisqa tutashuv zanjirlarda tok miqdori

Qisqa tutashuv (QT) deganda, normal ish holatida uchramaydigan, fazalar aro tutashuv yoki neytral nuqtasi zaminlangan tizimlarda, bir va undan ko‘p fazalarni er bilan tutashuvi tushuniladi.


Uch fazali tizimida quyidagi QT lar bo‘lishi mumkin:

  1. Uch fazali qisqa tutashuv - uchta fazaning bitta joyda va bir vaqtda o‘zaro tutashuvi.

  2. Ikki fazali qisqa tutashuv - uch fazali tizimda ikkita fazaning bevosita tutashuvi.

  3. Bir fazali qisqa tutashuv - neytrali zaminlagan uch fazali tizimda bitta fazasining erga tutashuvi.

Qisqa tutashuv sodir bo‘lishiga asosiy sabablar, bu - izolyasiyaning mexaniq shkastlanishi - er ishlari jarayonida kabelni ishdan chiqishi; chinni izolyasiyalarni sinishi; havo liniyalari ustunlarini yiqilishi; eskirish, ya’ni izolyasiyalash hususiyatlarini yomonlashuvi; izolyasiyani namlanishi; atmosferada sodir bo‘ladigan o‘takuchlanishdan fazalarni birikishi; har xil o‘tkazgich materiallar bilan fazalarni qoplanishi; operativ kommutatsiyalar jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi va h.k.
Q.t. sodir bo‘lgan, zanjirlarda tokning miqdori keskin ortadi va tizimning ayrim joylarida kuchlanish kamayib ketadi. Q.t. bo‘lgan nuqtalarda yoy hosil bo‘lishi natijasida apparatlar, mashinalar va boshqa qurilmalar to‘la yoki qisman buziladi. Q.t. joyiga yaqin bo‘lgan o‘tkazgichlar, izolyatorlar va elektr mashinalarining chulg‘amlariga katta mexaniq kuchlar ta’sir etadi. YUqori miqdordagi toklar natijasida o‘tkagichlarni qizishidan kabel tarmoqlarida, tarqatish qurilmalarida va elektr ta’minoti tizimining boshqa elementlarida yong‘in chiqishi mumkin. Kuchlanishni pasayishi mexanizmlarning normal ish holatini buzilishiga, yuritgichlar va agregatlarni to‘xtashiga olib keladi. Q.t. elektroenergetika tizimiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatib, generatorlarning parallel ishlashini buzilishiga va tizimning barqarorligi izdan chiqishiga olib kelish mumkin. Q.t. oqibatlarini kamaytirish uchun tizimning shikastlangan qismini tezkor ishlaydigan uzgichlar orqali zudlik bilan o‘chirishi zarur. Barcha elektr apparatlari, elektr qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlarini shunday tanlash kerakki, ular o‘tish jarayonidagi katta miqdorli q.t. toklarga bardosh bera olishsin. Buning uchun q.t. toklarni to‘g‘ri hisoblash va uning miqdoriga qarab elektr apparatlari va qurilmalarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Q.t. tokining ta’sirini kamaytirishda generatorlarni qo‘zg‘atish toklarini avtomatik rostlashning ahamiyati katta bo‘lib, ular avariya holatlarda kuchlanishni kerakli miqdorini ushlab turish imkonini beradi.
Elektr ta’minoti tizimida bir fazali q.t. eng ko‘p sodir bo‘ladi. Kam uchraydigani va eng xaflisi - uch fazali q.t. bo‘lib, elektr qurilmalarini tanlash jarayonida ushbu q.t. toki hisoblanadi. Q.t. tokini hisoblaganda quyidagi cheklanishlar qabul qilinadi:

  1. Uch fazali tarmoqlar simmetrik;

  2. Mavjud elektr manbalari elektr yurituvchi kuchlarining fazalari bir xil;

  3. Havo va kabel tarmoqlarida sig‘imlar hisobga olinmaydi;

  4. Elektr ta’minoti tizimi elementlari faqat bo‘ylanma aktiv va induktiv qarshiliklardan iborat;

  5. Q.t. tokining manbalari vazifasini turbo va gidrogeneratorlar, sinxron kompensatorlar va yuritgichlar, asinxron mashinalar o‘taydilar;

  6. Magnit tizimlarida to‘yinish sodir bo‘lmaydi;

  7. Barcha elektr stansiyalardagi sinxron generatorlar qo‘zg‘atish tokini rostlovchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan.

Bu cheklanishlar hisobiy q.t. tokini aniqlashni osonlashtiradi va ko‘p bo‘lmagan joiz xatoliklarga olib keladi.
Elektr ta’minoti tizimidagi o‘tish jarayonlarining ichida eng xavfligi uch fazali qisqa tutashuvdir.
Q.t. tokini topish uchun elektr ta’minoti tizimining normal sharoitiga mos keladigan bir liniyali hisoblash sxemasi tuziladi va undagi energiya manbalari parallel ulangan deb qaraladi. Hisoblash sxemasida barcha manbalar (generatorlar, sinxronlar kompensatorlar, katta quvvatli sinxron va asinxron mashinalar, energotizimlar), transformatorlar, havo va kabel liniyalari, reaktorlar ko‘rsatiladi. Hisoblash sxemasi asosida almashtirish sxemasi tuziladi. Unda tizimdagi barcha elementlarning qarshiliklari ko‘rsatiladi va q.t. toki aniqlanishi kerak bo‘lgan nuqta belgilanadi.
Generatorlar, katta quvvatli transformatorlar, havo liniyalari, reaktorlar almashtirish sxemasida induktiv qarshilik sifatida ko‘rsatiladi. Kuchlanishi 6-10 kV bo‘lgan kabel liniyalar, quvvati 1600 kVA va undan kichik bo‘lgan transformatorlar almashtirish sxemasida aktiv va induktiv qarshiliklar deb olinadi. Barcha qarshiliklar nomli yoki nisbiy birliklarda olinishi mumkin.
Q.t. tokini hisoblashda kuchlanish va quvvatning bazaviy miqdorlari qabul qilinadi. Bazaviy kuchlanish sifatida q.t. toki hisoblanayotgan nuqtaning o‘rtacha kuchlanishini olish mumkin. Bu esa quyidagi qiymatlardan biri bo‘lishi mumkin:
U=230; 115; 37; 105; 63; 3,15; 0,4; .... 0,23 kV
Bazaviy quvvat tariqasida 100 yoki 1000 MVA olinadi.
Ko‘riliyotgan nuqtada bazaviy tok:

Havo va kabel liniyalari uchun karshiliklar quyidagicha:

bu erda: ; -liniyani 1 km uzunligiga to‘g‘ri keladigan aktiv va induktiv qarshilik;
-liniyani uzunligi, km;
Transformatorlar uchun karshiliklar quyidagicha:

bu erda: -transformatorni QT kuchlanishi;
-transformatorni QT nobudgarchiligi, kVt;
Ko‘riliyotgan nuqtagacha natijaviy to‘la o‘arshilik:

bu erla: -aktiv qarshiliklar yig‘indisi.
-reaktiv qarshiliklar yig‘indisi.
Ko‘riliyotgan nuqtada QT toki:

Kuriliyotgan nuktada zarbaviy KT toki:

bu erda: -zarb koeffitsienti bo‘lib, u zarb tokining miqdorini davriy tashkil etuvchisining maksimal qiymatidan necha marotaba kattaligini ko‘rsatadi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlari uchun =1,8.
QT tokining miqdoriga qarab elektr apparatlari, izolyatorlar, shina va kabellar qabul qilinadi.


Foydalaniladigan adabiyotlar ro' yxati
1.Гулямова Б.Х., Салиева А.Г., Ташпулатова Б.Т., Тешабаева Б. Правила устроЙства электроустановок. Ташкент 2007.-732 с.
2. Кодиров Т.М, Алимов Х.А., Рафикова ГР. Саноат короналари ва фукаро биноларининг электр таминоти. Укув кулланма. Тошкент 2007.
3. Сандходжаев А.Г. Шахарларни электр таминоти масалалари. Дарслик.
Тошкент. ТотЛТУ-2006. 176 6
4.Кудрин Б.И. Электроснабжения промышленных предприятий. Учебник.
М.: Интермет Инжиниринг, 2005.-672 с.: ил.
5. 5.Б.Ю.Липкин "Электроснабжение промышленных предприятий установок", М. "Высшая школа", 1980 г.
Download 29.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling