1-mavzu. Kirish. Elektr apparatlari va avtomatlashtirish to’g’risida umumiy ma’lumotlar Reja
Download 36.22 Kb.
|
1-maruza
1-mavzu. Kirish. Elektr apparatlari va avtomatlashtirish to’g’risida umumiy ma’lumotlar Reja: Elektr apparatlari Avtomatlashtirish vositalari Tayanch so’z va iboralar: Elektr apparatlar, turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar , elektr va noelektr parametrlarni oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi hukumati va prezidenti olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotini barcha javhalarini rivojlantirishga, ayniqsa yosh avlodni milliy tiklanish mafkurasi ruhida tarbiyalashga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar respublikamizning kelajagidir. Bu sharafli vazifani bajarish o‘quvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari bugungi kunda zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan yangi bir muhim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o‘zligining, o‘z qobiliyatini, individualligini, shaxsiy fazilat hamda hislatlarini bilgan holda mehnatni oqilona, ilmiy asosda tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat yuritishga qaratilgan. Qadimdan insoniyat atmosferada elektr hodisalarini — uchqunni kuzatganlar. Bundan ikki ming yil oldin elektr hodisalari — ishqalanish orqali jismlarda elektr hosil qilishni, ishqalangan yantar (yantar grekcha so‘z bo‘lib, — elektron demakdir) va boshqa moddalar engil buyumlarni tortishini kuzatganlar. Elektr hodisalarini o‘rganish esa XVII asrdan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda printsipial yangi progressiv texnologiyalar qatoriga elektron nurli, plazmali, impulsli, biologik membranali, kimyoviy va boshqa texnologiyalar kiradi. Ular mehnat unumdorligini oshirishga, resurslardan foydalanish effektivligini oshirishga, ishlab chiqarishda energiya va materiallarni sarflanishini kamaytirishga imkon beradi. Elektr texnologiyalar ham shu progressiv texnologiyalar qatoriga kiradi. Elektrotexnologiya tushunchasida elektr toki yoki elektr magnit maydonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilishi ko‘zda tutiladi, ya’ni ularni energiyasini texnologik ob’ektga to‘ppa-to‘g‘ri keltirilib, uni ish zonasida energiyani boshqa turlariga aylantiriladi (issiqlikka, kimyoviy, mexanik energiyaga va boshqalarga). Bu jarayon berilgan texnologik vazifani bajarishni ta’minlaydi. Elektrotexnologiya xalq xo‘jaligini deyarli hamma sohalarida ilmiy-texnika taraqqiyotini belgilaydi. Elektrotexnologik usullarini qo‘llash ko‘p hollarda mehnat unumdorligini oshirishga, Mahsulotni sifatini yaxshilashga, buyumlarni ishonchliligini oshirishga, mehnat sarflarini kamaytirishga, ishchi jarayonlarni avtomatlashtirishga, oldindan belgilab olingan xususiyatlarga ega yangi materiallar va Mahsulotlarni olishga, texnologik jarayonlarni jadallashga, mehnat va materiallarni yaxshilashga va ishlab chiqarishni atrof muhitga ziyonli ta’sirini kamaytirishga olib keladi. Elektr apparatlar elektrifikatsiyalash va avtomatlashtirishning asosiy vositalari hisoblanadi. Elektr apparatlar avtomatikaning ko’pgina vositalari hisoblangan elektr texnikaning mustaqil va keng to’plamini hosil qiladi. Ilmiy-texnik rivojlanish (o’sish) ishlab chiqarishni elektrlashtirilganligi bilan uzviy bog’liq, qancha mehnat unumdorligi unga bog’liq. Ishlab chiqarilayotgan apparatlarni oddiy o’sishi miqdori davlatning elektrlashtirish sur’atini ta’minlaydi. Elektr apparatlarni sozlash nazariyasini rivojlantirish asosida uzluksiz takomillashtirish, elektr apparatlarida bo’ladigan fizik xodisalar to’g’risidagi bilimlarni chuqurlashtirish va elektr texnika qonunlarini, ularni loyixalashtirishda qo’llanilishini ta’minlash lozim. Elektr apparatlarini material sig’imini kamaytirishda va ularni tayyorlashda sarflanadigan mehnat xarajatlarini kamaytirishda tok va kuchlanish darajasini, yuqori tezligini va resurslarini yashirish lozim. Download 36.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling