1-mavzu. Kirish. Elektr apparatlari va avtomatlashtirish to’g’risida umumiy ma’lumotlar Reja


Download 36.22 Kb.
bet3/3
Sana17.08.2023
Hajmi36.22 Kb.
#1667844
1   2   3
Bog'liq
1-maruza

Elektr apparatlari  va avtomatlashtirish vositalari - texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, avtomatlashtirish avvallo inson boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi. Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish faqat mikroprotsessor va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish natijasida samarali bo‘lishiga olib keladi.
Elektr apparatlari  va avtomatlashtirish vositalari - uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga hos hususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, hom- ashyo, yarim mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo.
Elektr apparatlari  va avtomatlashtirish vositalari - faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va mehnat harajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo’ladi.
Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
1. Алиев И.И., Абрамов M.B. Электрические аппараты. Справочник.- М.: РадиСофт, 2007.-256 с.
2. Плащанский Л.А. Основы электроснабжения горных предприятий.-М.: Изд-во МГГУ, 2006.-499 с.
3. Чеботаев Н.И. Электрооборудование и электроснабжение открытых горных работ.-М.: Изд.во «Горная книга», 2006.-474 с.
4. Ляхомский А.В., Плащанский Л.А.,Чеботаев Н.И. Электрификация горного производства.-М.: Изд-во МГГУ, 2007
Download 36.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling