Mavzu: fan texnika inqilobi va uning jahon xo’jaligiga ta’siri reja: kirish


Download 0.58 Mb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1586359
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi ALFIYA


MAVZU: FAN TEXNIKA INQILOBI VA UNING JAHON XO’JALIGIGA TA’SIRI

REJA:

KIRISH
I.BOB. FAN TEXNIKA INQILOBI VA UNING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI.
1.1. Fan texnika inqilibi haqida tushuncha va uning mohiyati
1.2. Fan texnika inqilobining rivojlanish xususiyatlari
1.3. Fan texnika inqilobining jahon xo’jaligidagi ahamiyati
II.BOB. FAN TEXNIKA INQILOBINING ATROF-MUHITGA TA’SIRI
2.1. Ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari.
2.2. O'zbekistondagi ekologik muammolar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Fan-texnika inqilobi, ilmiy-texnika inqilobi — ishlab chiqaruvchi kuchlarning tub sifat oʻzgarishlarida fanning asosiy ishlab chiqarish omili boʻlishi. 20-asrning oʻrtasida boshlangan. Fan-texnika inqilobii. mehnatning mazmuni, xarakteri va sharoitini, ishlab chiqaruvchi kuchlar strukturasini, mehnat taqsimotini, jamiyatning professional strukturasini oʻzgartiradi; mehnat unumdorligining oʻsishiga olib keladi; jamiyat hayotining hamma tomonlariga, madaniymaishiy hayotga, inson psixologiyasiga taʼsir koʻrsatadi. Xodimlarning maʼlumot darajasi, malakasi, madaniyati, uyushqokligi va masʼuliyatiga katta talablar qoʻyadi.
Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi, shuningdek ijtimoiy fanlar yoʻnalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita taʼsir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon boʻladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi.
Kurs ishining maqsadi. Oʻz navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qoʻyadi. Hozirgi zamon fantexnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xoʻjaligi, transport, aloqa, tibbiyot, taʼlim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling