Ma’ruza 15: Korxonani ishlab chiqarish harajatlarini aniqlash. Reja


Download 289.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.02.2023
Hajmi289.92 Kb.
#1226770
  1   2
Bog'liq
15-maruza



Ma’ruza 15: Korxonani ishlab chiqarish harajatlarini aniqlash.
 
Reja: 
1. Ishlab chiqarish (qazib chiqarish) harajatlarini aniqlash. 
2. Transportda tashib keltirish narxini aniqlash. 
 
1. Talab etilgan ishlab chiqarish (qazib chiqarish) harajatlari va kapital 
qo‘yilmalar miqdorini hisoblab aniqlash mumkin faqat baholovchi ko‘rsatkichlar 
aniqlangandan keyingina shular jumlasidan; foydali qazilmalarni zahirasi, rudnikni 
yillik qazib chiqarish quvvati va ishlatish muddati aniq bo‘lganidan keyingina 
hisoblash mumkin bo‘ladi. 
Loyihalashni avvalgi bosqichida yoki biznes-reja tuzganda, umumiy 
harajatlar miqdorini baholash, loyihalanayotgan kon sharoitida yoki shunga yaqin 
sharoitda ishlab turgan konlarni amaliy tajribasi asosida, ruda zahirasi ham shu 
loyihalanayotgan konni zahirasiga o‘xshash bo‘lgan sharoitda ishlayotgan konni 
amaliy ish natijalari asosida tuzish mumkin. Bunday sharoitda baholanish aniqligi 
±50% bo‘lishi mumkin. 
Talab etilgan mablag‘ bilan ta’minlash uchun hujjatlarni boshqatdan taqdim 
etish uchun tayyorlanayotgan hujjatlarda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar -
5% dan +15% gacha aniqlikda keltirilishi kerak. 
Bu bilan odatda ikki turdagi harajatlar ko‘riladi. 
- Kapital qo‘yilma (investitsiya), ya’ni harajatlar so‘nggi yillarda foyda 
keltirsa; 
- ishlab chiqarish harajatlari, ya’ni keltiradigan foydani hisoblaganda faqat 
shu yilda ishlatishga mo‘ljallansa, ishlab chiqarish harajatlariga kiritiladi; 
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlar – oylik ish haqi miqdori va materiallar bahosi. 
Bu harajatlar bevosita ishlab chiqarishda mahsulot ishlab chiqarishga 
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak; 
- ustama harajatlar – mahmuriyatni saqlash uchun sarflanadigan harajatlar. 
Ishlab chiqarish harajatlari 1 t qazilib olinayotgan ruda uchun aniqlanishi 
mumkin, foydali qazilma konlarini ishlatishda amaliyotda qabul qilingan ish haqi 
ulushidan kelib chiqib hisoblangan bo‘lsa, va foydali qazilmani tarkibidagi 
minimal sanoat miqdori va statistik ma’lumotlar asosida regressiv analiz qilish 
usuliga asoslangan bo‘lsa. 
1) Ish haqi bo‘yicha ishlab chiqarish (qazib chiqarish) harajatlarini 
aniqlash. Qattiq foydali qazilma konlarini ekspluatatsiya qilish amaliyotida, ishlab 
chiqarish harajatlari ajratib olinadigan metall narxini yarimiga yaqinini tashkil 
etadi, soliqlar, kapital harajatlar, olinadigan foyda miqdori qolgan 50% metall 
narxini tashkil etadi. 
Er osti usulida qazib olish rejalashtirilganda ish haqiga to‘lanadigan to‘lov 
miqdori ishlab chiqarish harajatlarini 40-50% tashkil etadi. Mavjud ma’lumotlarga 
muvofiq 1 kishiga smenada to‘g‘ri keladigan ruda hajmiga qarab er osti rudnigi 
ishchilar uchun umumiy ish haqi miqdorini belgilash mumkin. 
Misol 1. Smenada ishlaydigan har bir kishiga ishlab chiqarish me’yoriga 
muvofiq 15 t ruda qazib olish rejalashtirilgan, rudali kon korxonalarida mehnat 


haqi va bilvosita to‘lovlar (sug‘irta harajatlari, tibbiy xizmat va boshqalar) 
yig‘indisi 250 doll/kishi smena tashkil etadi. Mehnat haqi ulushini yuqori 
diapazondagi o‘zgarish chegarasi ishlab chiqarish harajatlarini 40-50% deb qabul 
qilsak smenadagi mehnat unumdorligi 15 t/kishi smenaga desak 1 t ruda uchun 
to‘lanadigan (bilvosita to‘lovlar bilan birga) mehnat haqi 
17
15
250

doll/t; shunday 
qilib mehnat haqi 17 doll/t 50%, tashkil etsa ishlab chiqarish harajatlari 34 doll/t 
(100%) tashkil etadi. 
2) Ishlab chiqarish (qazib chiqarish) harajatlarini rudani minimal sanoat 
miqdori bilan aniqlash. Ishlab chiqarish (qazib chiqarish) harajatlari rudani 
minimal sanoat miqdoridan foydalanish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin, ya’ni 
rudani qazib chiqarishdan keladigan daromad, ishlab chiqarishga sariflangan 
harajatlarni o‘rnini to‘ldirmasligi ham mumkin. Bunday holatlar yuzaga kelganida 
ishlab chiqarish harajatlari quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
0
min
046
.
22

Download 289.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling