1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish
Download 27.29 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik vosita komplekslari . Tayanch so`z va iboralar
1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1.1-Mavzu: Avtomatlashtirish texnik vositalari rivojining asosiy bosqishlari va hozirgi zamon yo`nalishlari. Avtomatlashtirishning texnik vositlarining klassifikatsiyasi, qo`llash sohalari va tipik tavsiflari. Texnik vosita komplekslari. Reja: 1. Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va hozirgi zamon yo`nalishlari. 2. Avtomatlashtirish texnik vositlarining klassifikatsiyasi, qo`llash sohalari va tipik tavsiflari. 3. Texnik vosita komplekslari. Tayanch so`z va iboralar: texnik vosita, elektrli texnik vosita, pnevmatik texnik vosita, gidravlik texnik vosita, boshqaruvchi hisoblash mashinasi, taqsimlangan tizim, boshqarishning integrallashgan tizimi, boshqarishning intellektual tizimi, datchiklar, ijro mexanizmlari, rostlash organlari, analog-raqamli rostlash qurilmasi, analog-raqamli va raqamli-analog o`zgartirgichlar, hotira qurilmasi. Mazkur fan bakalavr yo`nalishi bituruvchi guruhlariga o`tiladigan fanlardan biri hisoblanib, mutahassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fangacha o`tilgan fanlar talabalarning fanni yaxshi o`zlashtirishiga zamin yaratadi. Fan o`z ichiga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ishtirok etadigan ko`plab asosiy texnik vositalarni qamrab oladi va ular qanday turlarga bo`linadi, qaysi texnologik jarayonlarda ishlatiladi, qanday texnik hususiyatlarga ega ekanligi va shu kabilar to`g’risida ma’lumotlar beradi. Yurtimizda sanoat sohasi juda jadal rivojlanayotganligini inobatga olsak, zamonaviy ichlab chiqarishda yangi turdagi avtomatlashtirishning texnik vositalaridan foydalanilyotganiga guvoh bo`lamiz. Sanoatning rivojlanishi yurtimiz iqtisodiyotining yuksalishiga hizmat qilishi barchamizga ma’lum. Avtomatlashtirishning texnik vositalarini rivojlantish orqali sanoatning avtomatlashtirish darajasini oshirish mumkin. Fanni o`rganishdan maqsad avtomatlashtirishning texnik vositalarini yaxshi o`rganib, uning imkoniyatlarini his qilagan holda avtomatlashtirish sohasiga to`g’ri tadbiq qilishdan va ulardan samarali foydalanishdan iborat. Download 27.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling