2-Mavzu: Integrallashgan dasturiy vositalar, foydalanuvchining amaliy dasturiy ta'minoti Reja


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
Sana05.12.2020
Hajmi0.64 Mb.
#159899
Bog'liq
2-ma'ruza


2-Mavzu: Integrallashgan dasturiy vositalar, foydalanuvchining amaliy 

dasturiy ta'minoti 

Reja: 

1.  Integrallashgan dasturiy vositalar. 

2.  Foydalanuvchining amaliy dasturiy ta'minoti 

 

Tayanch tushunchalar: dasturiy vosita, integratsiya, integrallashgan dasturiy 

vosita,  ta’minot,  sistemali  dasturiy  ta’minot,  amaliy  dastur,  uskunaviy  dasturiy 

ta’minot, pedagogik dasturiy vositalar. 

 

1. Integrallashgan dasturiy vositalar.  

Ushbu turdagi dasturiyvositalar orasida eng keng tarqalganlari ofis dasturlar 

paketi,  xususan    Microsoft  Office  (ishlab  chiqaruvchi  Microsoft)dan  iborat.  U 

ofisni ishlashida o‘chrashi mumkin bo‘lgan turli-tuman axborotlarni qayta ishlash 

uchun  yagona  muhit  tashkil  qiluvchi  bir  necha  ilovalarni  o‘ziga  oladi.    Uning 

tarkibiga quyidagilar kiradi: 

1. Microsoft Word matnli protsessor; 

2. Microsoft Excel elektron jadvallar; 

3. Microsoft powerpoint taqdimotlarni tayyorlash va namoyish etish paketi;  

4. Microsoft Outlook ishni tashkilotchisi va rejalashtiruvchisi; 

5. (SUBD) Microsoft Access ma’lumotlar bazalarni boshqarish sistemasi; 

va boshqalar. 

Yuqorida  sanalgan  ilovalar  integrallashgan.  Bu  Microsoft  Office  tarkibiga 

kiruvchi barcha dasturlar ma’lumotlarni qulay almashinish imkoniyatlari borligini 

anglatadi.   

Masalan,  agar  qandaydir  davr  natijalariga  ko‘ra  ilyustratsiyaga  ega  bo‘lgan  

moliyaviy hisobot tayyorlash zarur bo‘lsa, u holda ma’lumotlarni  Microsoft Excel 

da qayta ishlash uchun Microsoft Access dan import qilish, ular asosida grafik va 

diagrammalar yasash va keyin ularni Microsoft Word da yaratilgan hujjat matniga 

joylashtirish  mumkin.  Diagrammani      siljitish  Microsoft  Windows  almashirish 

buferiga  nushalash  va  ilovaning  asosiy  menyusi  orqali,  uskunalar  paneli  orqali, 

issiq  tugmalar  orqali  yoki  sichqonchani  o‘ng  tugmasiga  bosilganda  paydo 

bo‘ladigan  kontekstli  menyu  orqali  amalga  oshirilishi  mumkin.  Va  nihoyat,  har 

qanday boshqa ob’ekt kabi, soddagina bir ilovada sichqoncha yordamida “ushlab” 

va  boshqa  mos  keladigan  joyga  ("Drag  and  Drop"  tartib)  “o‘tkazib”    hujjat  bilan 

“bog‘lash”  mumkin.  Microsoft  Office  ilovalari  ixtiyoriy  ilovalar  orasida  har 

qanday ma’lumotlar bilan almashinish imkoniyatini beradi.   

Alohida 


ob’ektlarni  bir  ilovadan  boshqasiga  o‘tkazishda  oddiy 

nushalash/qo‘yish  amallaridan  tashqari  asl  ob’ektni  va  uning  nushasini  bog‘lash 



mexanizmini  foydalanish  mumkin.  Bu  holda  Excel  jadvalida  dastlabki 

ma’lumotlarni  o‘zgartirishda, ular asosida yasalgan diagramma o‘zgaradi, u bilan 

esa,  Microsoft Word hujjatdagi diagrammaning nushasi ham o‘zgaradi. Masalan, 

ma’lumotlarni  Access  berilganlar  bazasidan  olinishi  mumkin.  Ular  avtomatik 

yangilanadi  va  bunday  hujjat  bilan  tanishmoqchi  bo‘lgan  ixtiyoriy  xohlovchilar 

eng oxirgi raqamlarni ko‘radilar.   

Microsoft  Office  oilasi  barcha  ilovalarga  umumiy  bo‘lgan  uskunalar 

to‘plamiga  egadir.  Ular  to‘g‘ri  yozuvni  grammatikasini  tekshirish,  rasm  solish 

uchun 

vosita

rangli 


sarlavhalarni 

yaratish 

uchun 

uskuna

tashkiliy 

diagrammalarning muharriri, matematik formulalarni  muharrirlash uchun uskuna

fototasvirlar  muharriri,  rasmlar  kutubxonasi  va  sh.k.larni  o‘zi  ichiga  oladi. 

Bularga, shuningdek uskunalar paneli, hatto Microsoft Office ixtiyoriy ilovasining 

standart elementlari bo‘lgan  menyular ham kiradi. 

Microsoft  Officening  97  versiyasidan  boshlab,  unga    Microsoft  Outlook  

ilova  kirgan.  Bu  ilova  shaxsiy  faoliyatni  tashkil  etish  va  rejalashtirish  uchun 

uskunadan iborat.  Microsoft  Outlook  elektron  pochta,  kontaktlar  bo‘yicha  bazani, 

kalendar  va  boshqalarni  o‘ziga  oladi.  Lekin,  eng  asosisiysi  –  ular  bilan  ishlashni 

tashkil  etuvchisi  sifatida  chiqib,  barcha  ilovalarni  bog‘laydi.  Microsoft  Outlook 

yordamida,  uning  tavsifiga  uzatib  boruvchi  hujjat  qo‘shib,  uchrashuvni  belgilash 

mumkin.  Bu,  muhokama  qilinishi  rejalashtiriladigan  Microsoft  Word  formatdagi 

savollar  ro‘yxati  yoki  Microsoft  Excel  formatdagi  natijalar  haqidagi  hisobot 

bo‘lishi  mumkin.  Tuzilgan  hujjatni  elektron  pochta  bo‘yicha  yoki  faks-ma’lumot 

ko‘rinishida jo‘natish mumkin.   

Microsoft  Office,  Windows  95  versiyasidan  boshlab,  operatsion  sistema 

bilan  integrallashgan  va  uning  barcha  imkoniyatlarini  foydalaniladilar.  Tarmoqli 

operatsion  sistmalarda  ishlab,    Microsoft  Office  ilovalari  bir  necha 

foydalanuvchilar  birgalikda  umumiy  hujjat  ustida  guruhiy  ishlashini  qo‘llab-

quvvatlaydilar. 

Materillarni 

foydalanish 

imkoniyatlari  nafaqat  ishchi  stantsiyaning 

lokal  disklarida,  balki  qo‘shni  kompyuter 

yoki tarmoq serverida ham mavjud.   

Microsoft  Excel  elektron  jadval  yoki 

Microsoft  Access  ma’lumotlar  bazasidan  bir 

vaqtni  o‘zida  bir  necha  kishi  foydalanishi 

mumkin. Microsoft Word bir vaqtni o‘zida turli qismlaridan foydalanishi mumkin 

bo‘lgan 

hujjat 


yaratish 

imkoniyatini 

beradi. 

Microsoft 

PowerPoint 

videoanjumanlar  o‘tkazish  imkoniyatini  beradi.  Bunda  taqdimot  bir  vaqtni  o‘zida 

barcha anjuman ishtirokchilarning ekranlarida namoyish qilinadi.   


Bundan  tashqari,  Microsoft  Officening  barcha  ilovalari    elektron  pochta 

bilan  ishlashni  qo‘llab-quvvatlaydi.  Bir  necha  foydalanuvchi  korrektura  qilishi 

talab  etiladigan  hujjat  ustida  ishlash  mobaynida      hujjatni  ularga  birin-ketin 

jo‘natishi  mumkin.  Ishtirokchilardan  biri  tuzatishlarini  qilib  bo‘lgan  zahotiyoq, 

hujjat  keyingi  kishiga  jo‘natiladi.  Hujjat  barcha  ko‘rsatilgan  ishtirokchilarni 

aylanib  o‘tgandan  so‘ng,  dastlab  jo‘natgan  foydalanuvchiga  qaytib  keladi.  Bunda 

barcha  belgi  va  o‘zgartirishlar  hamkorlikda  ishlagan  har  bir  ishtirokchi  uchun 

alohida  ranglar  bilan  akslanadi.  O‘zgartirishlarni  ko‘rib  chiqish  va  ularning  qaysi 

birlarini qabul qilish, qaysilarini bekor qilishni hal etish mumkin. 

Hujjatlarni  tayyorlashda  ko‘pincha,  yoki  ma’lumotlar  bazasi  faylida,  yoki 

ma’lumotlar bazasi serverida(bu, masalan  Microsoft SQL Server bo‘lishi mumkin) 

axborot  zarurati  paydo  bo‘ladi.  Odatda  bunday  hollarda  ODBC



1)

  mexanizmini 

qo‘llab-quvvatlovchi  maxsus  ilova-mijozlar  foydalaniladi.  U  ixtiyoriy  ilova  – 

mijozdan uning qo‘llab-quvvatlaydigan ixtiyoriy ilova –mijozi orqali ma’lumotlar 

olish  imkoniyatini  ta’minlaydi.  ODBC  mexanizmi  oilalarga  kiruvchi  barcha 

ilovalarga  kirishi  mumkin  bo‘lgan  Microsoft  Office  standart  elementlarning 

biridan iborat.    

Microsoft  Office  ilovalari    funktsiyalarni  keng  to‘plamiga  ega  bo‘lib,  ular 

foydalanuvchilarning 

turli 


toifalariga 

mo‘ljallangan.    Lekin,  u  turli 

foydalanuvchilar  talab  qiladigan  absolyut  maxsus  funktsiyalarning  barchasini 

qamrab olishi mumkin emas. Microsoft Office da  Microsoft Visual Basic univesal 

dasturlash  tili  o‘rnatilgan.  Uni  foydalanib,  malakali  foydalanuvchi  aniq  tashkilot 

yoki bo‘limlar talabiga javob beradigan  shaxsiy ilovasini yaratishi mumkin. Visual 

Basic  tilida  bir  hil  dastur  Microsoft  Officening  ixtiyoriy  ilovasidagi  ob’ekt  va 

hujjatlarni foydalanishi mumkin.   



2. Foydalanuvchining amaliy dasturiy ta’minoti  

Amaliy  DT  hisoblash  texnikasini  inson  faoliyatining  turli  sohalarida 

qo‘llashni ta’minlashga mo‘ljallangan.   



Amaliy  dasturlar  –  foydalanuvchining  aniq  masalalarini  yechish  uchun 

mo‘ljallangan  dasturlaridir.  Amaliy  DT  ni  vazifasiga:  umumiy  vazifali,  maxsus 

vazifali va kasbiy darajadagi sinflarga ajratiladi ( 1.1 - rasm). 

 

 



                                                           

1)

  ODBC  (

ингл.

 Open  Database  Connectivity) —  бу 



SQL  Access  Group

X/Open



  ва 

Microsoft

 

ташкилотлари  ишлаб  чиқилган 



Call  Level  Interface

  (CLI)  спецификацияси  асосида 

Simba 

Technologies



  билан  ҳамкорликда 

Microsoft

  компанияси  томонидан  яратилган  маълумотлар 

омборига киришнинг (

API

) дастурий интерфейсидир.    



 

 

1.1 - rasmAmaliy dasturiy ta’minot sinflari sxemasi. 



1. Umumiy vazifali amaliy dasturiy ta’minotga quyidagi dasturlarni kiritish 

mumkin:  



matn muharrirlari  –  faqat  matnni  kiritish  va  muharrirlashga  mo‘ljallangan 

dastur;   



matnli protsessor – matnni kiritish, muharrirlash va formatlash, shuningdek 

matnli    hujjatga  qandaydir  tabiatdagi  ob’ektlarni  (grafik,  multtimediali  va  sh.k.) 

joylashtirish imkoniyatini beruvchi dastur.   

Barcha  matnli  muharrir  faylda  “toza”  matnni  saqlaydilar  va  shu  tufayli  bir 

birlari bilan qo‘shmadir.   

Turli  matnli  protsessorlar  faylga  turlicha  formatlash  bo‘yicha  axborot 

yozadilar va shuning uchun, bir birlari bilan qo‘shma bo‘lolmaydilar.   

Matni muharririning asosiy komponentalari

shriftlar to‘plami;  

orfografiyani tekshirish;  

chop etiluvchi betlarni avaldan ko‘rib chiqish; 

hujjatlarni birlashtirish, ko‘p oynalik;   

avtoformatlash va avtoo‘tkazish;  

standart uskunalar;  

jadvallik muharrir va kalkulyator;  

grafik ob’ektlarni joylashtirish.  



Bularga  misol  sifatida  —  MS  Word,  Write, 

WordPerfect,  Ami  Pro,  MultiEdit,  Leksikon,  Refis  va  boshqalarni  keltirish 

mumkin. 


Nashriyot  sistemalari  —   tipografik  sifatdagi  hujjatlarni  tayyorlash,   

kompyuterli  verstka  (matn  va  grafikani  kitobga,  jurnalga,  broshyuraga  yoki 

gazetaga) birlashtirish uchun zarur. Misol sifatida — Corel Ventura, QuarkXPress, 

Adobe  PageMaker,  MS  Publisher,  FrameMaker  va  boshqa  dasturlarni  misol 

sifatida keltirish mumkin. 

Grafik sistemalari

Grafik  axborot  –  sxema,  eskiz,  tasvir,  grafik,  diagramma,  belgilar 

ko‘rinishida ifodalangan ma’lumot yoki berilganlardir.   



Grafik  muharrir  –  grafik  tasvirlarni  yaratish,  muharrirlash,  ko‘rib  chiqish 

uchun dastur.   



Grafik muharrirning asosiy komponentlari

shriftlar to‘plami, matn bilan ishlash;  

standart uskunalar;  

rasmlar kutubxonasi;  

rasmlarni birlashtirish;  

maxsus samaralardan iborat.  

Kompyuter grafikasining hammasi bo‘lib: rastrli grafika, vektorli grafika va 

fraktal  grafika  kabi  uch  turini  farqlash  mumkin.  Ular  o‘zaro  ekran  monitorida 

akslantirilganda  yoki  qog‘ozga  chop  etish  jarayonida  tasvirni  shakllantirish 

tamoyillari bilan farq qiladilar.   

Rastrli  grafika  elektron  (multimediali)  va  poligrafik  nashrlarni  ishlab 

chiqishda qo‘llaniladi.   

Rastrli grafika vositalarida bajarilgan illyustratsiyalar, kamdan kam hollarda 

kompyuter  dasturi  yordamida  qo‘lda    yaratiladi.  Ko‘pincha,  bu  maqsadda  rassom 

qog‘ozda  tayyorlagan  illyustratsiya  yoki  fotografiya  skanerlanadi.  Oxirgi   

vaqtlarda  rastrli  tasvirlarni  kompyuterga  kiritish  uchun  raqamli  foto-va 

videokameralarni qo‘llash keng ommalashdi.   

Rastrli  illyustratsiyalar  bilan  ishlashga  mo‘ljallangan  ko‘pchilik  grafik 

muharrirlari  asosan  tasvirlarni  yaratishga  emas,  balki  ularni  qayta  ishlashga 

yo‘naltirilgan. 



Vektorli  grafika  bilan  ishlashga  mo‘ljallangan  dasturiy  vositalar  aksincha, 

avvalo  illyustratsiya  yaratishga  va  kamroq  darajada  ularni  qayta  ishlashga 

mo‘ljallangan.  Bunday  vositalar  tashviqot  agentliklarida,  dizaynerlik  byurolarda, 

muharririyat va nashryotlarda  keng foydalaniladi. 



Fraktal grafika bilan ishlash uchun  dasturiy vositalar  matematik hisoblash 

yo‘li bilan avtomatik generatsiya qilishga mo‘ljallangan. 



Fraktal grafika chop etilgan yoki elektron hujjatlarni yaratish uchun kamdan 

kam qo‘lanadi, lekin uni ko‘pincha ko‘ngil ochar dasturlarda qo‘llaydilar. Masalan 



bunday  dasturlar  qatoriga  —  Paint,  PaintBrush,  CorelDraw,  MS  PhotoEditor, 

Adobe PhotoShop, 3D MAX Studio va boshqalarni kiritish mumkin. 

MOBS

 

(ma’lumotlar  omborini  boshqarish  sistemasi)  —  elektron 

ma’lumotlarni(axborot  massivlarini  qayta  ishlash)  yaratish,  saqlash  va  chiqarish 

protseduralarini  avtomatlashtirishga  mo‘ljallangan.  Bunday  dasturlar  qatoriga, 

masalan  —  dBase,  Paradox,  MS  Access,  Oracle,  FoxPro  va  boshqa  dasturlarni 

kiritish mumkin. 



Integrallashgan  sistemalar  ikki  turda  uchraydi:  an’anaviy  (to‘la 

bog‘langan)  amaliy  dasturlar  paketi  (ADP)  va  ob’ektli  –  bog‘langan  tabiatida 



integratsiyalangan amaliy dasturlar paketi.  

A).  An’anaviy    ADP.  Integrallashgan  dasturiy  kompleks  ko‘p  vazifali 

avtonom  paket  bo‘lib,  unda  turli  maxsuslashtirilgan  (muammoga  yo‘naltirilgan) 

paketlarning  vazifa  va  imkoniyatlari  bir  butunlikka  birlashtirilgan.  Bu  dasturlarda 

matn  muharririning,  MBBS

 

ning  va  jadvallik  protsessorning  vazifalarini  



integratsiyasi  hosil  bo‘ladi.  Umuman  bunday  paketlarning  narxi  anologik 

maxsuslashtirilgan paketlar to‘plangan narxidan ancha past yuradi.    

Paket doirasida ma’lumotlar orasida aloqa ta’minlanadi, lekin bunda har bir 

komponentning  imkoniyati  analogik  maxsuslashtirilgan  paketga  nisbatan 

kamayadi.   

 Bunday paketlar qatoriga Open Access firmaning Open Access, FrameWork 

firmaning Ashton-Tate, Lotus Development Corporation firmaning  Lotus 1-2-3 va 

Symphony, Lotus Works paketlarini kiritish mumkin. 

B).  Ob’ektli  –  bog‘langan  tabiatida  integratsiyalangan  amaliy  dasturlar 

paketi.  Bu  maxsuslashtirlgan  paketlarning  yagona  ashyoviy  baza  doirasidagi 

birlashmasi,  ilova(dastur  paket)larning  ob’ektlar  va  dasturlar  orasida  yagona 

soddadashtirilgan  markaz  -  ulovchi  darajasida  o‘zaro  ta’sirini  ta’minlashdir. 

Integratsiya kompleks komponentlariga ularni idrok qilish va ular bilan ishni qabul 

qilish  nuqtai  nazardan  o‘tkazishni    mo‘ljallaydi.    Intefeyslarni  bog‘langanligi 

yagona pik  togrammlar va muloqat oynasining menyusi va boshqalar asosida joriy 

etiladi.  Oqibatda  bu  mehnat  unumdorligini  oshirish  va  egallash  davrini 

qisqartirishga imkoniyat beradi.    

Ushbu  turdagi  integratsiya  xususiyatlaridan  biri  umumiy  ashyolarni 

foydalanishdan iborat.   

 Ashyolarga birgalikda kirish turlari: 

kompleksning  barcha  dasturlariga  umumiy  bo‘lgan  utilitlarni  foydalanish   

(orfografiyani tekshirish);  

bir  qancha  dasturlarning  birgalikda  foydalanish  mumkin  bo‘lgan 

ob’ektlarda qo‘llash.   


Bir  necha  ilovalar  tomonidan  ob’ektlarni  birgalikda  foydalanish  borasida 

quyidagi ikkita asosiy standart bor: 

Microsoft  firmasi  tomonidan  OLE  (Object  Linking  and  Embedding

ob’ektlarini dinamik komponovka qilish va  qatorlashtirish;  



Apple,  Boriartd,  IBM,  Novell  va  WordPerfect  firmalar  tomonidan  

OpenDoc (ochiq hujjat).  

Ob’ektlarning  dinamik  komponovkasi  mexanizmi  foydalanuvchiga  bir  

amaliy dastur yaratganlik, boshqasi shakllantirgan hujjatiga axborotni joylashtirish 

imkoniyatiga  ega.  Bunda  foydalanuvchi  axborotni  bu  ob’ekt  yaratilgan  dastur 

vositalari  yordamida  yangi  hujjatda  muharrirlashi      mumkin.  Shuningdek,  bu 

mexanizm  OLE-ob’ektlarni  ilovaning  bir  oynasidan  boshqasining  oynasiga 

ko‘chirish imkoniyatini beradi.   

OpenDoc  ochiq  standart  firmalarga-ishlab  chiqarish  ishtirokchilariga  

asoslanadigan ob’ektga mo‘ljallangan sistemani ifodalaydi. Ob’ekt modeli sifatida 

OS/2  uchun  IBM  firma  tomonidan  ishlab  chiqilgan  sistemali  ob’ektlarning 

taqsimlangan  SOM  (Distributed  System  Object  Model)  modeli  foydalaniladi.   Bu 

model quyidagi imkoniyatarga ega: 

bir ilovadan boshqasiga o‘tishning sodda metodini joriy qilish;   

ilova(mikrotil) bilan ishlashni avtomatlashtirish vositalarining mavjudligi.   

Masalan,  Borland  Office  for  Windows,  Lotus  SmartSute  for  Windows,  MS 

Office kabi dasturar shu jumladandir. 

2Maxsus vazifali amaliy dasturiy ta’minotga quyidagi dasturlarni kiritish 

mumkin:  



Mualiflik  sistema,  foydalanuvchi  o‘zining  predmet  sohasini  axborotli 

mazmun  bilan  to‘ldirishi    mumkin  bo‘lgan  berilgan  interfeysli    qobiqli 

integrallashgan muhitni ifodalaydi. 

Ekspert  sistema (ES)  —  qandaydir  tor  predmet  sohasi  (ushbu  sohaning 

ekspert-mutaxassislaridan olingan) haqida chuqur maxsus bilimlar asosida qurilgan 

sun’iy intellekt sistemasidir.  ES o‘zini yechimiga ekspert  bilimlar talab etadigan 

masalalarni  dastlabki  berilganlarning  aniqsizligida  va  to‘la  bo‘lmagan  holda 

yechishga    qaratilgan.    Bundan  tashqari,  bu  sistemalar  o‘zining  xulqi  va  o‘zining 

yechimini    tushuntirshni  bilishi  kerak.  Ularning  ajralib  turadigan  tomoni  – 

bilimlarni 

to‘plash 

qobiliyati 

va 


qandaydir 

sohada 


malakali 

mutaxassis(ekspert)larning  tajribasidir.  Ushbu 

bilimlardan  foydalanib,  zarur  malakaga  ega 

bo‘lmagan  ES  foydalanuvchilari,  o‘zlarining 

masalalarini 

salkam 


ekspertlar 

bajaradigan 

darajada  yechishlari  mumkin.  Bunday  samaraga, 

sistema  o‘zining  ishida  tahminan  odam-ekspert 



mulohazalar zanjirni amalga oshirganligi tufayli erishadi.   

Ekspert  sistemalarning  boshqa  dasturlardan  asosiy  farqi,  ularning 

moslashuvchanligidir, b.a. o‘zini-o‘zi o‘qishida o‘zgaruvchanligidir.   

Odatda,  ESlarning  uchta:  bilimlar  bazasining  moduli,  mantiqiy  xulosa 



chiqarish moduli va foydalanuvchi bilan interfeys kabi asosiy modullari ajratiladi. 

Ekspert  sistemalar  inson  faoliyatining  turli  -  tuman:  fanda  (turlari  bo‘yicha 

hayvon  va  o‘simliklarni  sinflari,  kimyoviy  tahlil),  tibbiyotda  (tashxis  qo‘yish, 

elektrokardiogrammlar  tahlili,  davolash  metodlarini  aniqlash),  texnikada  (texnik 

qurilmalarda  nosozlikni  izlash,  kosmik  kemalarni  va  yo‘ldoshlarning  uchishini 

kuzatish),  geologiya  qidiruvida,  iqtisodda,  siyosatshunoslik  va  sotsiologiyada, 

kriminalistikada,  lingvistikada  va  boshqa  ko‘pgina    sohalarida  foydalaniladi.  Tor 

maxsuslashgan  ES  ham,      “qobiqli”  ES  ham  mavjud  bo‘lib,  dasturchi  bo‘lmagan 

kishilarga o‘zlarining ES larini yaratishga imkoniyat beradilar. 

Gipermatnli  sistemalar.  Gipermatn  –  bu  matnli  materialni  chiziqli  ketma-

ketlikda  emas,  balki  o‘tish  (jo‘natma)lar,  uning  alohida 

lavhalari 

orasidagi 

aloqalarning 

mumkin 


bo‘lgan 

ko‘rsatmasi  ko‘rinishida  tashkil  etish 

shaklidir. 

Gipermatnli  sistemalarda  axborot  ma’lumotnomaning 

matnini  eslatadi  va  matnniing  ixtiyoriy  ajratilgan 

lavhasiga    kirish  ihtiyoriy  ravishda  jo‘natma  bo‘yicha 

amalga  oshiriladi.  Axborotlarni  gipermatn  shaklida 

tashkil  etish    ma’lumotnomalik  qo‘llanmalar,  lug‘atlar, 

amaliy dasturlarda konteksli yordamlar yaratishda foydalaniladi.   

Multimedia sistemalar – interfaol dasturiy vositalar boshqaruvida vizual va 

audiosamaralarning o‘zaro ta’sirini ta’minlaydigan dasturlardir. 



 3. Kasbiy darajadagi amaliy dasturiy ta’minotiga quyidagi dasturlarni 

kiritish mumkin:  



AIJ (ARM) – avtomatlashtirilgan ish joylari. 

ITAS (ASNI) – ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish sistemalari. 

ABS (ASU) - avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari. 

LIAS (SAPR) – loyiha ishlarini avtomatlashtirish sistemalari. 

TL  ABS  (ASU  TP)  –  texnik  loyihalarni  avtomatlashtirilgan  boshqarish 

sistemalari.  

Pedagogik majmualar 

Telekommunikatsion  sistemalar  -  bu  o‘aro  ta’sirni  umumiy    maqsadga 

qaratilgan  qoidalari  asosida  birlashtirilgan  o‘zaro  aloqador  texnik  vositalar 

yig‘indisidir.    Masalan,  telefonli  tarmoqlar,  radio-va  mobil  aloqa,  kompyuter 

tarmoqlari, kabelli televidenie va ko‘pgina boshqalar tushuniladi.   



Geoaxbortli 

sistemalar(GAS 

– 

geografik 

axborot 

sistemasi) 

–  fazoviy 

ma’lumotlar  va  GAS  ob’ektlarida  taqdim 

etilgan  ular  bilan  aloqador  axborotlarni 

to‘plash,  saqlash,  tahlil  qilish  va  geografik 

vizullash 

sistemalaridir.  

 

Billingli 

sistemalar 

– 

bu 



operator(provayder)lar  uchun  maxsus  ishlab 

chiqilgan    dasturiy  ta’minotdir.  Billing  so‘zi 



bill  (hisob)  ingliz  tilidagi  so‘zdan  kelib  chiqqan,  ya’ni  billingli  sistema 

ko‘rsatilgan kirish xizmatlarini hisoblash va tariflashga imkoniyat beradi. 

 

 

CRM (Customer Relationship Management), CRM sistema – mijozlar bilan 



o‘zaro aloqalarni boshqarish sistemasi – buyutmachi (mijoz)lar bilan o‘zaro ta’sir 

etish 


strategiyasini, 

xususan 


savdo 

darajasini 

ko‘tarish,  marketingni 

muqobillashtirish  va  mijozlarga  xizmat  qilishni  yaxshilashni    avtomatlashtirishga 

mo‘ljallangan tashkilotlar uchun amaliy dasturiy ta’minot; 

CTRM/ETRM   (Commodity  Trade  and  Risk  Management) —  birja 

mollarini,  shuningdek  ulardan  ishlab  chiqariladigan  uskunalarni  global    savdo 

qilish  biznes  –  jarayonlarni  qo‘llab-quvvatlash  uchun  xizmat  qiladigan  axborot 

sistemalarining  sinfi.  Tarixan    ETRM  (Yenergy  trade  and  risk  management)  ning 

torroq sinfidan ajralib chiqqan) - omborlarni boshqarish sistemalari; 

SRM  (Supplier  Relationship  Management) —  ta’minlovchilar  bilan  o‘zaro 

munosabatlarni boshqarish sistemalari; 



BI (Business Intelligence) - tahliliy sistemalar. 

DMS (Document Management System) — hujjatlarni boshqarish sistemasi / 

hujjat  almashinishni  avtomatlashtirish  sistemasi  (elektron  hujjat  almashinish  

sistemalari); 

CMS  (Content  Management  System) –  mazmun(kontent)ni  boshqarish 

sistemalari;   



WMS  (Warehouse  Management  System) –  omborni  boshqarish  sistemalari 

(OBS); 


ERP  (

Enterprise  Resource  Planning) 

-  sistemalar –  tashkilot  ashyolarini 

rejalashtirish sistemalari;   

EAM  -  sistemlar   -  tashkilotning  asosiy  jamg‘armasini  boshqarish 

sistemalari: 



MRM 

(Marketing  Resource  Management)  — 

marketingli  ashyolarni 

boshqarishga  mo‘ljallangan  va  marketingni  avtomatlashtirish  uchun  platformadan 

iborat bo‘lgan ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulot- sistemalar;  


MES  (M

anufacturing  execution  system)

–  qandaydir  ishlab  chiqarish 

doirasida  mahsulot  chiqarishni  sinxronlash,  koordinatsiya  qilish,  tahlil  va 

maqbullash  masalalarini  yechish  uchun  mo‘ljallangan  ixtisoslashtirilgan  amaliy 

dasturiy  ta’minot)

  – 

sistemalari  –  ishlab  chiqarish  va  ta’mirlash  tezkor 

jarayonlarini boshqarish sistemalari; 



ABS sistemalar - avtomatlashtirilgan banklar sistemasi; 

BMXQS sistemalar – bankni masofali xizmat qilish sistemalari; 



Amaliy  dasturiy  ta’minotning  qo‘llash  sohalari  bo‘yicha  quyidagi 

sinflari mavjud:  

1.  Korxona va tashkilotlarning amaliy dasturiy ta’minoti.  

Masalan,  moliyaviy  boshqarish,  iste’molchilar  bilan  munosabat  sistemasi, 

ta’minotlar  tarmog‘i.  Bu  turga  shuningdek,  kichik  biznes  tashkilotlarini  idoraviy 

DT,  shuningdek,  katta  korxonaning  ichidagi  alohida  bo‘limlarining  DTlari  ham 

kirishi  mumkin  (masalan,  transport  sarflarini  boshqarish,  IT-  qo‘llab-quvvatlash 

xizmati).   



Foydalanuvchini  kompyuter  qurilmalariga  kirishini  ta’minlovchi  dasturiy 

ta’minot.   

Tashkilot  infratuzilishining  dasturiy  ta’minoti.  Tashkilot  DTni  qo‘llab-

quvvatlash  uchun  umumiy  imkoniyat  ta’minlaydi.  Bu  berilganlar  bazalarini 

boshqarish,  elektron  pochta  serverlari,  tarmoq  va  xavfsizlikni  boshqarish 

sistemalaridir.   



Axborotli  ishchining  dasturiy  ta’minoti.  Individual  foydalanuvchilarni 

axborotlarni yaratish va boshqarishdagi talablariga xizmat qiladi. Bu, odatda, vaqt, 

ashyolar,  hujjatlar,  masalan  matn  muharrirlari,  elektron  jadvallar,  elektron  pochta 

va 


bloglar 

uchun 


dastur-mijozlar, 

personal 

axborot 

sistemalari 

va 

mediamuharrirlardir.   



Kontentga  kirishga  mo‘ljallangan  dasturiy  ta’minot.  U  yoki  bu  dasturlar 

yoki  ashyolarga  muharrirlarsiz  (lekin,  muharrirlash  vazifasini  o‘ziga  olishi  ham 

mumkin)  kirish  uchun  foydalaniladi.    Raqamli  kontentli  guruh  yoki  individual 

foydalanuvchilarga  mo‘ljallangan.  Bu,  masalan,  mediapleerlar,  veb-brauzerlar, 

yordamchi brauzerlar va hokazo. 

2.  Ta’lim  dasturiy  ta’minoti  mazmuni  bo‘yicha  media va ko‘ngil  ochar 

uchun  mo‘ljallangan  DT  yaqindir,  lekin  undan  farqli  o‘laroq  talabalarni  bilimini 

testdan  o‘tkazish  va  u  yoki  bu  materialni  o‘rganishda  talabadagi  o‘zgarishlarni 

kuzatish bo‘yicha aniq talablarga ega. 

 

 


3.  Imitatsion dasturiy ta’minot. Ilmiy tadqiqot, ta’lim va ko‘ngil ochish 

maqsadida 

jismoniy 

yoki 


abstrakt 

sistemalarni 

simulyatsiya

2)

si 


uchun 

foydalaniladi. 



4.  Media  sohasida  uskunaviy  dasturiy  vositalar.  Tijorat  yoki  ta’limiy 

asosda  boshqa  foydalanuvchilar  uchun  chop  etilgan  yoki  elektron  media  ashyolar 

ishlab chiqadigan foydalanuvchining talablarini ta’minlaydilar. Bu poligrafik qayta 

ishlash,  vyorstka  qilish,  multimediani  qayta  ishlash,  HTML  muharrirlar,  raqamli 

animatsiya, raqamli ovoz va sh.k. larning muharrirlari kabi dasturlardir.   

5.  Loyihalash  va  konstruktsiya  qilish  uchun  mo‘ljallangan  amaliy 

dasturlar  apparat  va  dasturiy  ta’minotni  ishlab  chiqarishda  foydalaniladi. 

O‘zlariga  avtomatlashtirilgan  loyihalash  (loyihalash  ishlarini  avtomatlashtirilgan 

sistemalari  -  LIAS),  avtomatlashtirilgan  muhandislikni  (computer  aided 

engineering -  CAE),  dasturlash  tillarini  muharrirlash  va  kompilyatsiya  qilish, 

ishlab  chiqishning  integrallashgan  muhiti  dasturlarini  (Integrated  Development 

Environments — IDE) qamrab oladi. 

  

6. 



Microsoft Office amaliy dasturlar paketlari; 

 

va hokazo.  

   Tipik  hisoblash  sistemalarining  mantiqiy  tarkibida  operatsion  sistemalar 

bir  tomondan,  ularning  mikroarxitekturali  qurilmalari,  mashina  tili,  va  balki 

shaxsiy (o‘rnatilgan) mikrodasturlar, va boshqa tomondan – amaliy dasturlar bilan  

orasida muhim o‘rin tutadi.    

Dasturiy  ta’minot  ishlab  chiquvchilarga  operatsion  sistema  minimal  zarur 

vazifalar  to‘plamini  taqdim  etgan  holda,  joriy  etish  detallaridan  va  qurilmalarni 

ishlashidan abstraktsiyalashga imkoniyat beradi.   

Ko‘pchilik  hisoblash  sistemalarda  operatsion  sistema  asosiy,  dasturiy 

ta’minotning  eng  muhim  (ba’zan  yagona)  qismi  hisoblanadi.  1990-yillardan 

e’tiboran  eng  keng  tarqalgan  operatsion  sistemalarning  Windows  va    UNIX 

(ayniqsano Linux va Mac OS)lar oilasidan iborat.    



Operatsion sistemalar kerak,  agar

hisoblash  sistemalari  turli  masalalar  uchun  foydalanilayotgan,  bunda  bu 

masalalarni  yechayotgan  dasturlarda  berilganlarni  saqlash  va  ular  bilan 

almashinish  zarurati  bo‘lsa.  Bundan  ma’lumotlarni  saqlashning  universal 

mexanizmining  zarurligi  kelib  chiqadi;  ko‘p  hollarda  operatsion  sistema,  unga 

fayllik sistemaning joriy etilishi bilan javob beradi. Zamonaviy sistemalar, bundan 

tashqari,  sekin  diskli  amallarga  e’tibor  qilmagan  holda  bir  dasturni  chiqarish, 

boshqasini kiritish bilan bevosita “bog‘lash”ni taqdim etish imkoniyatiga egadirlar; 

                                                           

2) 


Симуляция  (жарг.,  ингл simulation)  —  сунъий  (масалан,  механик  ёки  компьютерли) 

системадан  фойдаланиб,  қандайдир  физик  жараённи  имитация  қилиш.  Ҳисоблаш  математикада 

“математик моделлаш” каби таржимасини фойдаланилади.  

 


turli  dasturlar  bir  hil  ulkan  amallarni  bajarish  zaruratidadir.  Masalan, 

belgini tugmalar majmuasidan odiygina kiritish va uni ekranda aks ettirish yuzlab 

mashina  buyruqlarini,  diskli  amal  esa  –  minglab  amallarni  bajarishni  talab  etadi. 

Ularni  har  gal  yangidan  dasturlamaslik  uchun,  operatsion  sistemalar  ko‘p 

ishlatiladigan dastur(vazifa)larning sistemali kutubxonalarini taqdim etadi; 

turli  noqulayliklarini  keltirmasligi  uchun    sistema  dasturlar  va 

foydalanuvchilar orasida vakolatlarni taqsimlashi zarur; 

bir  kompyuterda  (xatto  faqat  birgina  protsessorli)  taniqli  “vaqtni 

taqsimlash”ni  qabul  qilish  yordamida  amalga  oshiriladigan  bir  necha  dasturlarni 

bajarilishini  “bir  vaqtda”  imitatsiya  qilish  imkoniyati  mavjud.  Bunda  maxsus 



rejalashtiruvchi  deb  atalgan  komponent  protsessor  vaqtini  qisqa  kesmalarga 

bo‘ladi va ularni navbati bilan turli bajariluvchi dastur(jarayon)larga taqdim etadi; 

operator  alohida  dasturlarni  bajarish  jarayonini  unday  yoki  bunday 

boshqarish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishi  lozim.  Buning  uchun,  operatsion  muhitlar-

qobiq  va  utilitlar  to‘plami  xizmat  qiladilar  –  ular  operatsion  sistemaning  qismi 

bo‘lishi mumkin.    



 

Tekshirish savollari: 

 

1.  Integralashgan dasturlar paketlari orasida keng tarqalgani qaysi?  

2.  Foydalanuvchining amaliy dasturiy ta’minoti deganda nimani 

 aytishingiz mumkin? 

3.  Amaliy dasturiy ta’minot sinflari qanday? 

4.  Matnli muharrir va matnli protsessorni farqini ayting. 

5.  Qanday sistemalar nashr sistemalari deb ataladi? 

6.  Grafik muharrirlar va ularning komponentlarini ayting. 

7.  Kompyuter grafikasining qanday turlari mavjud?  

8.  Rastrli grafikani tushuntiring.  

9.  Vektorli grafika nima? 

10. Fraktal grafika deganda nimani tushunasiz? 

11. Integrallashgan sistemalar qanday turlarda uchraydi? 

12. An’anaviy  amaliy dasturiy paketlar nima? 

13. Ob’ektli – bog‘langan tabiatida integratsiyalangan amaliy  



dasturlar paketini tushuntirib bering. 

14. Ashyolarga birgalikda kirishning qanday turlari mavjud? 



15. Ekspert sistema nima? 

16. ESlarning qanday asosiy modullari mavjud? 

17. Gipermatn deganda nimani tushunasiz? 

18. Multimedia sistemalar nima? 

19. Kasbiy darajadagi dasturiy ta’minot qanday dasturlar kiradi?   

20. Loyihalash  va  konstruktsiya  qilishga  mo‘ljallangan  amaliy  dasturlar 

qatoriga qanday dasturlar kiradi? 

 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling