Mikroiqlim va ishchi hududining havo muhiti
Download 102.38 Kb.
|
HFX BMI uchun
Mikroiqlim va ishchi hududining havo muhiti. Ishlab chiqarish xonalari (binolari) mikroiqlimi - bu binolar ichki muhitining meteo (iqlim) sharoitlaridir. Ular havo harorati, namligi va harakat tezligi bilan birikma holda, shuningdek tuso‘vchi moslamalar, texnologik uskunalar va issiqlik nurlanish yuzalari haroratining inson organizmiga ta’siri bilan belgilanadi. Mikroiqlim ko‘rsatkichlari Mikroiqlim ishchi hududda ishchilarning doimiy va vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi. Eng qulay sharoitlar - termoregulyasiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik ahvolini ta’minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta’sir qiluvchi mikroiqlim o‘lchamlarining yig‘indisidir. Ular mehnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart - sharoit yaratadi va issiq - qulay sezuvchanlikni ta’minlaydi. Insonga uzoq muntazam ta’sir etishda termoregulyasiya mexanizmlari - kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol normallashuvchi o‘zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o‘lchamlari yig‘indisi yo‘l qo‘yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast yetmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo‘lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o‘zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi "Ish zonasi mikroiqlimi" ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi: engil jismoniy ishlar (I kategoriya) – o‘tirib, tik turib yoki yurish bilan bog‘liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo‘riqish yoki yuklarni ko‘tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkalni tashkil etadi. Bunga radio qisimlarini yig‘ish korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.O‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlar (II kategoriya) – soatiga 150-250 kkal energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og‘ir bo‘lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Masalan, mexanik-yig‘uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir.Og‘ir jismoniy ishlar (III kategoriya) – muntazam jismoniy zo‘riqish xususan og‘ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko‘tarish bilan bog‘liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal dan yuqori bo‘ladi. Bunday ishlar temirchilik, quyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi.Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlar ko‘rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal faoliyatini va issiklik holatini saqlashini ta’minlaydigan miqroiqlim ko‘rsatgichlarining yig‘indisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo’tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart - sharoit hisoblanadi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari-organizmning faoliyatini va issiqlik holatdagi o‘zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim ko‘rsatgichlarining yig‘indisidir. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo‘‘tadil issiqlik sezgilari, kafiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. 1.1, 1.2 jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda 1.1-jadvalda keltirilgan miqdorlar ta’minlanishi lozim, ular havoni mutadillashtirishda ham majburiydir. Biroq qator hollarda, masalan issiqlik ko‘p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo‘l qo‘yiladigan normalarga (1.1, 1.2 - jadval) asoslanishi mumkin, biroq mehnat va dam olish rejimlariga qo‘yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur. Ishlab chiqarish xonalari ish xonasidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining risoladagi normalari. 1.1-Jadval
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o‘tish davrlarida (tashqi havoning) o‘rtacha kunnalik harorati –10 °C dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (1.1-jadval) birmuncha katta raqamlarda o‘zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (1.2-jadval) sexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa O‘rta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan sexlarda) issiqlikning aniq ortiqcha bo‘lishini ko‘zda tutadi. GOST12-I.005-76 da xonalarning katta kichikligi, issiqlik va namlik ajratilshning birga uchrashi, doimiy harorat yoki harorat va namlik kabilarni sun’iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo‘shimcha tavsiyalar va aniqliklar ham mavjud.Ko‘rsatib o‘tilgan normalarga qo‘shimcha qilib, CH-245-71 da bayon etilganidek, ish joylarida issiqlikning nurlanish intensivligi 300 kkal.m2 dan yuqori bo‘lganda albatta havo dushlari qurilishi zarur ekanligini nazarda tutish lozim. Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligining yo‘l qo‘yiladigan normalari 1.2-Jadval
Havoni ventilyatsiya qilishda quyidagi ventilyatsiya turlaridan foydalaniladi: 1.1–rasm. Tortib olinadigan ventilyasiya. 1.2–rasm. Irmoq ventilyasiya. Ishchining 8 soatli ishi yoki boshqa bir davomiylikda, biroq butun ish staji davomida haftasiga 41 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda kundalik bo‘lishidagi kasallik yoki salomatligi ahvolining og‘ishmasini chaqirmaydigan konsentratsiya havoda zararli moddalar me’yorli yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasi deb ataladi.Me’yorli yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiya 700 dan ortiq turdagi zararli moddalar uchun andoza belgilaydi. Ayrim moddalar tavsifi 1.3 - jadvalda: Ishchi hududining havosida me’yorli yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiya zaharli moddalar 1.3 – jadvalda ko’rsatilgan. 1.3 - jadval.
O'rmonlar maydoning qisqarishi. Keyingi yillarda sayyoramizning ekologik holati qanday o'zgarishlarga uchramoqda? Bu masala nafaqat soha mutaxassislarini, balki har bir kishini qiziqtiradi, chunki har bir insonning hayoti tabiatdagi sodir bo'layotgan o'zgarishlarga juda bog'liqdir. Televizor ekranidan, radio, gazeta va jurnallar orqali deyarlik har kuni sayyoramizning u yoki bu burchagida sodir bo'layotgan ekologik falokatlar haqida noxush xabarlar kelib turibdi: - Atmosfera havosi global darajada isimoqda, - Antarktidadagi muzliklar emirilib, erib ketmoqda, - Ba'zi mamlakatlarda suv toshqinlari sodir bo'lmoqda, - Okean suvlarini isishidan to'fonlar paydo bo'lmoqda, - Ozon tuynugi borgan sari kengaymoqda, - Ichimlik suvi kamayib bormoqda, - O'rmonlar maydoni qisqarib bormoqda... Bunday ekologik o'zgarishlar inson hayotiga ham ta'sir ko'rsatmoqda, chunki inson va barcha tirik organizmlar ma'lum sharoitda yashashga moslashganlar. Shuningdek, har bir mamlakat o'zini sharoitiga ko'ra, ma'lum bir qishloq xo'jalik strukturasiga ega. Hozirgi davrda tabiatda sodir bo'layotgan ekologik katoklizmalar (falokatli hodisalar) nafaqat tabiiy omillar asosan antropogen omillar ta'sirida sodir bo'layapti. Hozirgi davrda yashab turgan kishilar tabiatdagi global darajadagi ekologik o'zgarishlarni shohidi bo'lmoqdalar. Ularning bir qismi tabiiy omillar (Quyosh) ta'sirida sodir bo'layotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan antropogen omillar ta'sirida ekologik falokatlar sodir bo'layapti. Ma'lumki sayyoramizning quruqlik yuzasining 40 mln.km2 maydoni qurg'oqchil-adir hududlardan iborat. Dunyo aholisining 15% dan ortig'i (800 mln. kishi) aynan shu mintaqada istiqomat qiladi. Sug'oriladigan yerlardagi sho'rlanish, tuproq erroziyasi natijasida yerlarning unumdorligi yo'qolmoqda. Yaylovlarda tartibsiz mol boqilishi, dov-daraxtlarning o'tin va boshqa maqsadlarda ayovsiz kesib yuborilishi yaroqsiz yerlar maydonini uzluksiz kengayib borishiga sabab bo'lmoqda. Cho'llanish jarayonini keltirib chiqaruvchi sabablarning salkam 90% i inson faoliyati tufayli sodir qilinmoqda. Inson faoliyati tufayli yiliga 21 mln.ga yer yaroqsiz holga kelmoqda, 6 mln.ga sug'oriladigan yer cho'l tusini olmoqda, sug'oriladigan yerlarning 90 mln.ga sho'rlanishga uchragan. XX asrning keyingi choragida faqat cho'llanish jarayoni natijasida qishloq xo'jalik mahsulotlarining yo'qotilishidan ko'rilgan zarar miqdori 520 mlrd. AQSh dollariga yetdi. Kelgusida cho'llanish kengaymasligini oldini olish uchun ixota daraxtlari ekish va boshqa amaliy tadbirlar ko'rilmoqda. Yer sharidagi namtropik o'rmonlar “sayyoramizning o'pkasi” hisoblanib, atmosfera havosidagi kislorod muvozanati aynan mana shu o'rmonlar yordamida saqlanib turadi. XX asrning o'rtalaridan to 70-yillargacha dunyodagi o'rmonlar maydoni ikki barobariga (50 mln. Km2 dan 25 mln. Km2 gacha) qisqardi. Hozirgi kunda namtropik o'rmonlar xududi yilida 16-20 mln.ga dan ziyod yoki har daqiqada 25-50 ga maydonga qisqarmoqda. Afrikadagi namtropik o'rmonlar maydoni XX asr mobaynida 65% qisqardi. O'rmon yong'inlari, qishloq xo'jalik uchun yangi yerlarni ochilishi, daraxtlarni o'tin va qurilish maqsadida ishlatish uchun kesib yuborilishi o'rmonlarni qisqarishiga sabab bo'lmoqda. Hozirgi davrda Lotin Amerikasi mamlakatlarining 20%i, Afrikaning 60%i va Osiyo mamlakatlarining 10%i energiya ehtiyoji o'tin yoqish hisobiga qondirilmoqda. Shuning oqibatida faqat rivojlanayotgan mamlakatlarning o'zida yiliga 2 mlrd.m3 o'rmon o'tinga aylanmoqda. Sayyoramizdagi o'rmonlarni ayovsiz kesilishi kelgusida atmosfera havosidagi SO2 va O2 muvozanatini buzilishiga, suv toshqinlari, shamol va chang to'zonli bo'ronlarni, tuproq eroziyasi kabi ekologik falokatlarni ko'payishiga olib kelmoqda. O'rmonlarni muhofaza qilish, ularni ko'paytirish borasida ham ma'lum ishlar amalga Quyida o'rmonlarni kesishning odamlarga ta'siri keltirilgan; Tuproq erroziyasi Gidrologik ta'sirlar To'fon Bioxilma-xillik Global isish va iqlim o'zgarishi Cho'llanish Aysberglarning erishi Past hayot sifati Yashash joyini yo'qotish Qishloq xo'jaligi ishlariga ta’sir Sog'liqqa ta'siri Iqtisodiy ta'sir O’zbekiston Respublikasi Davlat o’rmon fondining umumiy maydoni (2013 yil yanvar holatiga ko’ra) 9,6 mln ga ni tashkil etadi. Bu respublika umumiy maydonining + 21,7 % iga tengdir. Shundan 3,0 mln ga yer o’rmonlar bilan qoplangan. Ayni paytda mamlakatning o’rmonliligi, ya’ni o’rmonlar bilan qoplangan maydonning umumiy maydonga nisbati 6,7 % ni tashkil etadi. Orografik va tuproq-iqlim sharoitlariga mos ravishda, O’zbekiston o’rmonlari tog’lardagi, vodiy-qayerlardagi va cho’llardagiga bo’linadi. Tog’larda ninabargli daraxtlar navlari bilan O’zbekistondagi barcha o’rmonlarning 31 % i, yong’oq-mevalilar bilan esa 2,8 % i qoplangan. Daryolar qirg’oqlari bo’ylab, vaqti-vaqti bilan namlanadigan joylarda ko’proq to’qaylar (qayir o’rmonlari) joylashgan. Ular lox, turang’ay, grebenshiklardan iborat. Biroq, ularning hissasiga barcha o’rmonlarning 5 % maydoni to’g’ri keladi. Navlarning eng ko’p tarqalganlariga (78 %) cho’llarda o’sadigan daraxtlar va butazorlar kiradi. Ularga saksovul, cherkez, qandim va cho’llarning boshqa o’rmon o’simliklari kiradi. O’zbekistondagi o’rmonlar Sibirning tayga o’simliklari yoki Rossiyaning baland o’rmonlariga o’xshamaydi. Bizning daraxtsimon o’simliklarimiz asosan baland tog’ yonbag’irlarida va tog’ daryolarining vodiylarida jamlangandir. O’zbekistonda tabiatni asrash bo’yicha keng ishlar olib borilmoqda, xususan o’rmonlarni saqlab qolish bo’yicha ham ko’plab ishlar qilinmoqda. Qonunan ruxsatsiz o’rmonlarni kesganga jarimalar ham belgilangan. Download 102.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling