1- bob. Zovurlar haqida umumiy maʼlumotlar


Download 33.5 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1444534
Bog'liq
1- bob . Zovur


1- bob . Zovurlar haqida umumiy maʼlumotlar
Maʼlumki, har qanday hududda suv resurslarining shakllanishi tabiiy sharoiti bilan chambarchas bogʻliqdir . Shu holatni nazarda tutib, dastlab Buxoro vohasining geografik oʻrni va uning umumiy tavsif soʻng , kollektor va zovurlar haqida umumiy maʼlumotlariga tayanib, ilmiy manbalardan foydalangan holda oʻrgandik. Mazkur bob suv resurslaridan foydalanishda muhim oʻrin tutadigan vohaning zovurlarning bir necha turlarni oʻrganib yakunladik.
Buxoro viloyati 1938- yil 15 yanvarda tashkil qilingan.Maydoni 4 mln 200 ming gektar shundan sugʻoriladigan yer maydonlari 274,9 ming. gektar.Shulardan 21329 gektar (0.3%)boʻlar,2674186 gektar (64%) yaylovlar 205616 gektar (4,9%) oʻrmonzorlar va978348 gektar (23,3%) boshqa yer maydonlari tashkil qiladi, qolgan 7,5 foiz yer maydonlarini tashlandiq (zalej) yerlar tashkil etadi.
Sugʻoriladigan yer maydonlar Buxoro tumanida 30.5 Vobkent tumanids 21,5 Jondor tumanida 33,0 Kogon tumunida28,6 Olot tumanida 21,5 , Peshkoʻ tumanida 22,6 Romitan tumanida 27,3 Shofirkon tumanida 28,4 Qorakoʻl tumanida 25,1 Qorovulbozor tumanida 19,3 va Gʻijduvon tumanida 27,1 ming gektar tashkil etadi.
Buxoro vohasi uchun asosiy suv manbai "Amudaryo "hisoblanib, sugʻoriladigan yerlarni suvga boʻlgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy suv yoʻllari esa "Amu- Buxoro" mashina kanalining |- || navbati va " Amu - Qorakoʻl " kanalidir.
Viloyat uchun yana ham muhim boʻlgan " Quyi- Mozor", " Toʻdakoʻl" va Shoʻrkoʻl" suv omborlari ham qoʻshimcha suv manbalari hisoblanadi.Shuningdek , yilning asosan bahor oylarida " Zarafshon daryosidan keladigan suvlar ham viloyatni suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun ishlatilmoqda.
Bulardan tashqari viloyatining gidrografik tarmoqlari koʻp miqdordagi surish inshootlari, zovur va uning tarmoqlaridan tashkil topgan.Viloyatdagi meliorativ tarmoqlarning asosiylari: " Markaziy - Buxoro" , "Shimoliy", Dengizkoʻl", "Toshquduq" xamda "Parsankoʻl" va "Olitna" tashlama Karimdan iborat.
Vohada hududining relyefi tekisliklar hamda Quljuqtol, Koʻkchatogʻ, Tuzkoytogʻi, Jarqoq, Saritosh, Qorakoʻl,Uchbosh, Qoraqir ,Samontepa, Shoʻrquduq, Chorbakti, Nortepa kabi past togʻ , plato- qirlar dan iborat. Mutlaqo balandlik Quljuqtogʻ tizmasida 785 m.
Viloyatda tabiiy oqar suv manbai yoʻq . Bugungi kunda asosiy suv manbai, 1962-1975 yillarda qurilgan Amu- Buxoro mashina kanalidir Kanal orqali daryodan har yili 4.2-4,8 km3 suv olinadi va relyefi nishabligiga teskari yoʻnalishda Buxoro,Qorakoʻl,Qoravulbozor vohalariga oqiziladi.
Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling