Organizmdan suyuqlik yo’qotilishi
Download 20.87 Kb.
|
biologik suyuqliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organizmdan suyuqlik yo’qotilishi Sezilmas suv yo’qotish.
- Ter bezlari orqali suv yo’qotish
- Najas orqali suv yo’qotilishi
- Organizmda suyuqlikning taqsimlanishi
Organizmdagi suyuqliklarning normal holatda saqlash uchun odam tashqi muhitdan suyuqliklarni qabul qilib va chiqarib turadi. Suyuqliklar miqdorini nisbiy gomeostaz holatda saqlash muhimdir. Odam organizmi suvni ikki manbadan oladi: 1) suv ichish va ovqat tarkibidagi suvni o’zlashtirish orqali (o’rtacha 2100 ml/kun); 2) moddalarning oksidlanishidan hosil bo’ladigan suv (200 ml/kun); Bu ikki usul organizmni bir kunda jami 2300 ml suv bilan ta’minlaydi. Ammo, bir kunda qabul qilinadigan suv miqdori juda o’zgaruvchan hatto bitta odam har xil miqdorda suv qabul qiladi. Bu ob-havoga, odamning fizik holatiga va bajargan ishlariga bog’liq. Organizmdan suyuqlik yo’qotilishi Sezilmas suv yo’qotish. Odam organizmi nafas olish sistemasi orqali suvni bug’latish hamda teridan suvni diffuz usul bilan ajratish orqali kunida 700 ml suv yo’qotadi. Bu jarayon barcha odamlarda uzluksiz kuzatilsa-da, bizga u sezilmaydi. Terida diffuz yo’l orqali chiqib ketadigan suv miqdori 300-400 mlni tashkil etadi. Diffuz usul orqali ter ajralishi hatto ter bezlari rivojlanmagan kishilarda ham bo’ladi. Nafas a’zolari orqali ham bir kunda 300-400 ml suv yo’qotiladi. Ter bezlari orqali suv yo’qotish. Ter bezlari orqali yo’qotiladigan suv miqdori juda o’zgaruvchan bo’lib, kishining qilgan ishlari va haroratga bog’liq bo’ladi. Normal holatda kuniga 100 ml ter ajraladi, ammo juda yuqori harorat va ko’p jismoniy mehnat vaqtida uning miqdori 1-2l/soatgacha yetadi. Najas orqali suv yo’qotilishi. Juda kam miqdordagi suv (100 ml/kun) najas orqali chiqib ketadi. O’tkir diareya bilan og’rigan bemorlarda bu ko’rsatkich bir necha litrgacha yetishi mumkin. Buyraklar orqali suv yo’qotish. Buyraklar orqali suv yo’qotish organizmda suv va tuz balansini ushlash uchun eng muhim hisoblanadi. Suvsagan odamda bir kunda 0,5 litr va juda ko’p miqdorda suv ichgan odamda esa 20 litrgacha siydik ajralishi mumkin. O’rtacha bir kunda 1400 ml siydik ajraladi. Organizmda suyuqlikning taqsimlanishi Organizmdagi umumiy suyuqlik hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi guruhlarga bo’linadi. Hujayra tashqarisidagi suyuqliklarning o’zi ham hujayralararo va qon plazmasiga bo’linadi. Shuningdek, trans-hujayraviy suyuqliklar ham mavjud. U o’z ichiga sinovial, peritonial, perikardial, interokulyar bo’shliqlar va orqa miya suyuqligini oladi. Trans-hujayraviy suyuqliklar hujayra tashqarisi suyuqliklarining maxsus turlari hisoblanadi va hujayralararo suyuqlik va qon plazmasidan farq qiladi. Bu suyuqliklar jami 1-2 litrni tashkil etadi. 70 kglik erkak kishining 60% tana massasini suv (42 litr) tashkil etadi. Bu ko’rsatkich yoshga, jinsga va semizlik ko’rsatkichiga bog’liq. Normada ayollar tanasida erkaklarga qaraganda ko’p miqdorda yog’ moddasi bo’ladi. Shuning uchun ayollarda suyuqlik miqdori 50% ni tashkil etadi. Chaqaloqlarda bu ko’rsatkich 70-75%ni tashkil etadi. Shu 42 litr suyuqlikning 28 litri 100 trln ta hujayraning ichida bo’lib, umumiy holda hujayra ichi suyuqligi deb ataladi. Bundan ko’rinib turibdiki, umumiy tana massamizning 40%ini hujayralar ichidagi suyuqlik tashkil etadi. Hujayra tashqarisidagi suyuqliklar esa 20%ni (14 litr) tashkil etadi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlikni ikkita katta qism: hujayralararo suyuqlik ( ¾, 11l ) va qon plazmasi (¼, 3l) tashkil atadi. Hujayralararo suyuqlik bilan qon plazmasi tarkibi juda yaqin va faqat qon plazmasida ko’p oqsil bo’lishi bilan farqlanadi.
Download 20.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling