MUSTAQIL ISH FAN: ISHQALANISH VA YEYILISH ASOSLARI MAVZU: YEYILISHGA BARDOSHLILIKNI OSHIRISHNING TEXNALOGIK USULLARI BAJARDI: Voxobjonov Abduvali Botirov Olimjon Tekshirdi: Qosimov I - 0 ‘tgan asrimizning 50-yillarida IL samolyotlarining ishqalanlsh qismlarini nazorat qilinganda og‘ir yuklangan po'lat-bronza qismi spirt glitserin aralashmasi bilan moylanganda bronza detalining ham, po'lat detalining ham ishqalanish sirtlari 1—2 mm qalinligidagi mis parda bilan qoplanganligi aniqlangan. Bu hoi SIATIM-201 moyi bilan moylangan po‘lat-bronza materiali ishqalanish qismi samolyotning sharnirli-boltli juftligida ham ,ro‘y beigan. Shuningdek, ro‘zg‘or sovitgichlarining kompressorlaridagi moyh freon aralashma bilan moylanadigan po‘lat-po‘lat juftlikda ishqalanuvchi sirtlar mis parda bilan qoplanganligi aniqlandi.
- Shunisi e’tiborli ediki, uchala holda ham ishqalanish sirtlarini yeyilishi keskin kamaygan, ishqalanish koeffitsiyenti ham taxminan 10 marta ozaygan edi. Tadqiqotlar natijasida po'lat-bronza juftligida, bronzaning anodli erishi natijasida undagi rux, qalay, aluminiy, temir moyga o‘tib, po‘lat va bronza ustida misli parda hosil bo‘hshini ko'rsatdi. Kompressorlarda ham misli naychalardan freonga mis ionlari o tib ishqalanuvchi yuzalarni qoplanganligi aniqlandi. Bu hodisani chuqurroq o'rganish natijasida uni tirik organizmlarda jumladan inson tizzasidagi ishqalanish qismiga (5.1.a rasm) o'xshash ekanligi (5.1.b-rasm) ko‘rsatdi.
5.1-rasm. Odam tizzasini tribotexnik (a) va saylanmali ko'chish rejimida ishlovchi bronza—po‘lat ishqalanish juftligining (b) chizmasi: I—sinovial suyiiqlik; 2—suyak; 3—sinovial qobiq; 4—kemik; 5—saylanmali ko'chish rejimini ta’minlovchi suyuqlik; 6—polimer parda; 7—servovitli parda (mis); 8—po‘lat; 9—bronza.
- Tizza oshig'ida ikkita bir xil yumshoq materiallar tutashganligi sababli garchi ularning sirti g‘adir-budirli bo‘lsada, bu g‘adirbudirliklarini yuk ostida ezilishi hisobiga haqiqiy tutash yuza nominal yuzaga deyarli tenglashadi. Bu hodisani kompressorli muzlatkich misolida batafsilroq o'rganaylik (5.2-rasm). Sirtlarda mis pardasini hosil bo'lish jarayonini boshlang'ich davr va barqaror rejimli davrga bo‘lish mumkin.
- Boshlang‘ich davrda dastlab po‘lat-po‘lat ishqalanish juftligida moylovchi material oksidlanadi, hosil bo'lgan kislotalar mis naychalar yuzasini eritadi va mis ionlarini moylovchi materialga aralashtiradi. Moylovchi material ishqalanish zonasiga kelganda mis ionlari faqat ishqalanayotgan sirtlarga o'tiradi va mis parda hosil qiladi.
- Barqaror rejimli davri, po‘lat-po‘lat juftligi, mis-mis ishqalanish juftligi bilan almashgan vaqtdan boshlanadi. Po'lat bilan po‘lat ishqalanmaganligi uchun moylovchi materialni oksidlanishi qisman susayib mis naychalar yuzasi erishdan to‘xtaydi.
- Mis parda hosil bo‘lgach po‘lat sirtlar o'zaro ishqalanmaganiigi sababli yoyilmay uzoq vaqt ishlaydi. Barqaror rejimda mis parda buzilmaydi, faqat bir sirtdan ikkinchi sirtga o‘tib turishi mumkin xolos.
5.2-rasm. Kompressorli muzlatkich
- Keyingi tadqiqotlar ishqalanish yuzasida himoya pardalarini turli usullar bilan hosil qilish mumkinligini ko'rsatdi. Bu usullardan eng samaraligi va qulayi maxsus moylash materiallarini qo‘llash hisoblanadi. Saylanma ko‘chirilishli ishqalanish sharoitida o‘z-o‘zidan quyidagi holatlar ro‘y berishi mumkin: g‘adir-budirlik cho‘qqi mis ionlari bilan to‘lib ishqalanish yuzasida plastik parda (xo‘rdalashdagi kabi)ni hosil bo‘lishi natijasida nisbiy bosimning kamayishi; parda sirtini diffuziya vikansli mexanizmli deformatsiyalanishi natijasida yuza pardani siljishini va kam yeyilishi hisobiga asosiy material deformatsiyalanmasligi;
- tiklanuvchi moylovchi muhit tufayh ishqalanish yuzasining yuksidlanishdan saqlanishi; dispergirlangan metall zarralarini ikki qatlamli eletrik maydonda tutib, ularni tutash zonada cho‘kish natijasida moyli ishqalanish yeyilish sur’atining pasayishi; moylash materialining ajralgan (destrukturlashgan) mahsulotlaridan tutash yuzalarda polimerli pardalarni hosil; bo‘lishi oqibatida ishqalanishni kamayishi va yuzani yeyilishdan himoya qilishning kuchayishi.
5.3-rasm. Chegaraviy moylash (a) va saylanmali ko'chish (b) tutash joylardagi deformatsiyani tarqalish chizmasi: 1 — po'lat; 2 — bronza; 3 — oksidli parda; 4 — servovitli parda; 5 — diformatsiyalanish joylari.
5.5-rasm. Maxsus qo'shimchali moylash materiali bo‘lgandagi chegaraviy moylanish (a) va saylanmali ko'chish (b) detallaming tutashish chizmalari.
- Saylanmali ko‘chish bo‘lishi uchun bronza-po‘lat jultligida plazma hosil qiluvchi va ionh moylash materiallari qo'llaniladi. Saylanma ko‘chirish po‘lat yuzalarni glitserinli muhitda maxsus moslama yordamida friksion latunlash, bronzalash va mislash tarzida ham amalga oshirilishi mumkin. 5.4-rasm. Chegaravi
5.4-rasm. Chegaraviy moylanish (a) va saylanmali ko'chish (b)da tutashish zonasida yeyilish mahsulotini harakatlanish chizmasi: 1 - po‘lat; 2 - bronza; 3 - oksidli parda; 4 - servovitli parda; 5 - yeyilish mahsuloti.
- Ishqalanishdagi tebranish hodisasi haqida Ko‘p hollarda ishqalanish va tebranish o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Harakatlanuvchi jismlarning notekisligi qo‘zg‘almas jism notekisliklari bilan har safar tutashganda mikroimpuls sodir bo‘ladi. Ya’ni harakatdagi jismning absolut bikr, qo‘zg‘almas jism mikronotekisliklarini esa mikro prujinalar deb qarasak qo‘zg‘aluvchan jism uzluksiz tarzda sirtga tik (normal) yo'nalishda mikroamplitudali tebranishga uchraydi.
- Bu tebranishning amplitudasi o‘ta kichik (mkm ulushlarida) bo‘lib, chastotasi: v = M lji'iklm (5.1) bu yerda, к - tutashish bikrligi koeffitsiyenti; m - harakatdagi jism massasi. Tebranish natijasida harakatdagi va qo‘zg‘almas jismlar birbiridan uzoqlashadi, amaliy tutash yuza ozayadi va ishqalanish kuchi kamayadi. Sirpanish tezligi qancha katta bo‘lsa, shunchalik tebranish amplitudasi va jismlarning uzoqlashuvi ham kattalashadi va ishqalanish kuchi kamayadi.
- Shunday qilib moylanmagan va chegaraviy moylangan qismlarda sirpanma ishqalanish kuchi ishqalanishni o‘zi tug‘dirgan tutashish tebranishi tufayli doimo ozroq bo‘ladi. Texnikada majburiy tebranish berib ishqalanish kuchi kamaytiriladi (elektrodinamik, elektrik yoki pezokeramik qurilmalar). Ishqalanish kuchining kattaligi qurilmaning xususiy va majburiy tebranishlar chastotasi yaqinlashganda eng kam bo'ladi.
- Konstruksiya normal yo‘nalishda majburiy tebranma tebranishlar chastotasi (5.1) formuladagi qiymatga, urinma (hox bo‘ylamasiga hox ko'ndalangiga) yo'nalishda tebransa normalli majburiy tebranishlar chastotasi: v = 1 / 4л-V к/m (5.2) Majburiy tebranishlaming tutash siitlarini yeyilishiga ta’siri to‘liq o'rganilgani yo‘q. Chastotasi 5—50 P li urinma va normal tebranishlarda tormoz va muftalaming friksion elementlarini tez yeyilishi kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |