Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari


Download 314.48 Kb.
bet1/7
Sana08.03.2023
Hajmi314.48 Kb.
#1252116
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.


MAVZU: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.


Reja:

  1. Tomirli parda kasalliklari.

  2. To’r parda kasalliklari.

  3. Ko’ruv nervi kasalliklari.



Tomirli parda kasalliklari
Tomirli parda uch qismdan iborat: rangdor parda (iris), kipriksimon tana (corpus cilliare) va
xususiy tomirli parda (chorioidea). Rangdor pardava kipriksimon tana bitta qon tomirdan
oziqlanadi, shuning uchun patologik jarayon bu ikki qismda birgalikda o’tadi. Xususiy tomirli parda esa boshqa qon tomirlar orqali oziqlanadi, shuning uchun xorioideya kasalliklari alohida kechadi.
Tomirli pardaning tuzilishi, ko’p sonli tomirlar tarmog’i va unda qon oqishining sekinligi
qonda aylanib yurgan turli xil qo’zg’atuvchilarning ushlanib qolishi va to’qimalarning
allergiyalanishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi.
Tomirli pardada ko’pincha yallig’lanish kasalliklari uchraydi. Rangdor pardaning
yallig’lanishi — irit, kipriksimon tananing yallig’lanishi — siklit, ikkalasining yallig’lanishi —
iridotsiklit yoki oldingi uveit deb nomlanadi. Xususiy tomirli pardaning yallig’lanishi esa xorioidit yoki orqa uveit deb ataladi.
Yallig’lanish sabablari endogen (revmatizm, gripp, sil, zaxm, toksoplazmoz, brutsellyoz,
kollagenoz, allergiya) va ekzogen (keratit, chuqur sklerit, shox pardaning o’rmalovchi yarasi, ko’z soqqasining shikasti, ko’z olmasidagi operatsiyalaridan keyin) bo’ladi.

Iridotsiklitda kasallik iritdan boshlanadi. Avvaliga ko’zda og’riqlar bo’lmaydi, chunki
rangdor pardada sezuvchi nerv tolalari yo’q. Bunda bemor ko’zining qizarib, yoshlanishidan
shikoyat qiladi. Ko’pchilik bemorlar bunga ahamiyat bermay, shifokorga murojaat qilmaydilar.
Lekin 2-3 kundan keyin yoshlanish, qizarish kuchayadi, nurga qaray olmaydi. Ko’zda qattiq
og’riqlar paydo bo’ladi, bu og’riqlar kechasi, ayniqsa, kuchayadi. Bemor odatda kechasi uxlolmay chiqadi, ko’rish darajasi pasaya boradi, shu tufayli ertasiga shifokorga murojaat qiladi. Ko’z tekshirilgach irit va siklit alomatlarini uchratish mumkin. Qovoqlar qizarib shishadi, ko’z yorig’i torayadi, perikorneal in'yektsiya kuzatiladi, shox pardada o’zgarish bo’lmaydi.

Download 314.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling