Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari


Bemorlarni operatsiyagacha hamshira parvarishi


Download 314.48 Kb.
bet6/7
Sana08.03.2023
Hajmi314.48 Kb.
#1252116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.

Bemorlarni operatsiyagacha hamshira parvarishi.
Hamshiraning vazifalari:
Parvarish uchun ma’lumot yig’ish:
– Kasallik tarixidan asosiy kasallik belgilari, sub’ektiv simptomlari bo’yicha va ularning
o’zgarib borishi haqida ma’lumot yig’ish.
– Kasallikni va uni davolashni nechog’li muhimligini tushunib etish
– Psixologik holatni aniqlash
– Gospitalizasiyagacha bo’lgan hayot tarzini aniqlash
– Bemorni qo’llab–quvvatlash rejasini tashkil qilish
Ma’lumotni talqin qilish:
– To’r parda ko’chish darajasini aniqlash
– Dezarientasiya va ko’rish qobiliyatining pasayishi tufayli jarohat olish xavfini bartaraf qilish
– Operatsiya maqsadini to’liq tushunib etish
– Oila a’zolarining fikrini bilish
Parvarishni amalda qo’llash:
– Bemorga operatsiya maqsadini aniq tushuntirish, gospitalizasiyaga engillik yaratish
borasida suhbatlar uyushtirish. Havotirni oldini olish. Davolovchi vrach bilan uzluksiz aloqani
o’rnatish. Operatsiyaga tayyorlovchi muolajalarni aniq va o’z vaqtida bajarish.
– Bemorga o’z hayajonlarini, qo’rquv va havotirini bemalol hamshiraga ayta bilishini
bevosita parvarish qilish bilan ta’minlash, operatsiyaga psixologik tayyorlash.
– Ko’rish qobiliyatini pasayishi va boshqa surunkali kasalliklar sababli kelib chiqadigan
jarohatlarni bartaraf qilish
– Kerakli sharoitlar yaratish, shifoxona bo’limi va palata tuzilishini bemorga tushuntirib
tanishtirish.
– Xavf soluvchi omillar haqida bemorga tushuntirish va o’z–o’zini himoya qilishga chorlash.
2. To’r parda joyidan ko’chgan bemorlarni operatsiyadan keyingi hamshira parvarishi
Parvarish uchun kerakli ma’lumot yig’ish:
Operatsiyaning kechishi, operatsiyadan chiqqandan keyin bemor ahvoli qanday bo’lganligi
haqida ma’lumot yig’ish
– Operatsiyadan keyin harakatni cheklash nechog’li muhim ekanligini bemorga tushuntirish
– Ko’zdagi boylam ko’rish maydonining torayishiga va muvozanatning yo’qolishiga sabab
bo’lgani uchun, xavf–xatardan ogoh turish, kerakli shart–sharoitlarni yaratish, bemordan ogoh
bo’lishini so’rash
– Operatsiyadan keyingi stress holat vaqtincha dezarientasiyaga sabab bo’ladi. Shuning uchun
bemorga xavf soluvchi baxtsiz xodisalarni tushuntirish, krovatdan yiqilishining oldini olish, tunda bemorni hojatga kuzatish.
– Kasalxonadan chiqqandan so’ng bemorga zarur bo’lgan yashash tarzi qanday bo’lishini
tushuntirish.
– Stress holatlarning mavjudligini aniqlash
– Bemorga o’z kasalligini nechog’li muhimligini tushuntirish
– Bemorni qo’llab-quvatlashni tashkil qilish.
Ma’lumotlarni talqin qilish:
– Operatsiyadan keyingi holat qay tarzda kechayapti? Ko’zdagi og’riqlar darajasi qanday?
– Tana holatini cheklash va fizik yuklamani kamaytirish
– Bemor o’z-o’zini nazorat qilishni uddalay olmayapti
– Kasalxonadan chiqqandan so’ng bemor hayotidagi qiyinchiliklarni aniqlash
– Oila a’zolarining fikrlari va qarashlari qanday
Parvarishni amalda qo’llash:
– Operatsiya qilingan ko’zda asoratsiz bitish jarayonlarini ta’minlash uchun hamshira
parvarishi
– O’z vaqtida ko’z tomchi dorilarini va og’iz orqali qabul qilinadigan dorilarni qabulini
nazorat qilish
– Hayotiy muhim ko’rsatkichlarning o’zgarishini ta’minlash. Bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi,
ko’zdagi og’riqlarni va KIB o’zgarishini kuzatib borish
– Vrach bilan doimiy aloqani ta’minlash
– Tana holatini o’zgartirganda fizik stress holatlarini engillashtirish: Bosh tagiga balandroq
yostiq qo’yish, bo’yinda, elkada va beldagi og’riqlarni engillashtirish uchun og’riqsizlantiruvchi
plastir’ qo’yish
– Kasalxona hayotini xavfsiz o’tishini ta’minlash: bemorni xavf–xatardan ogoh qilish
– Kasalxonadan chiqqandan so’ng yashash tarzini asosiy talablari bilan tanishtirish: bemorga
kerak bo’lsa, oila a’zolariga ko’z tomchi dorilarini va boshqa dorilarni o’z vaqtida qat’iy tomizishga
amal qilishni o’rgatish.
– Asoratlarni hosil bo’lishini ilk belgilari paydo bo’lganda vrach bilan tez aloqani bog’lashni
tushuntirish.
– Ko’zoynak tanlash muddatini (1 oydan so’ng) eslatish.

Download 314.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling