Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari
To’r pardaning pigmentli distrofiyasi
Download 314.48 Kb.
|
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.
To’r pardaning pigmentli distrofiyasi. Bu kasallik to’r pardaning nomalum etiologiyali eng
og’ir kasalliklaridan biridir. Bemorlar ko’rish qobiliyatining pasayishi va yo’qolishidan shikoyat qiladilar, ayniqsa kech tushganda (gemeralopiya). Ko’z tubida retinal tomirlar bo’ylab, periferiyadan boshlab, to’q jigar rang o’ziga xos pigment quyumlari hosil bo’ladi. Ular har xil kattalik va shaklda bo’lib, suyaksimon tanachalarni eslatadi. Periferiyadan boshlangan distrofik o’zgarishlar asta-sekin markaziy sohalarni egallaydi. Retinal tomirlarning kalibri torayib, ipsimon bo’lib qoladi. Markaziy ko’rish o’tkirligi pasayadi, ko’rish maydoni borgan sari torayib boradi. Ko’ruv nervining diski oqish rangga kirib, keyinchalik ko’ruv nervi atrofiyasining tipik manzarasi rivojlanadi. Pigmentli distrofiyaning tipik belgilari maktab yillaridan boshlanib, 20 yoshlarda aniq ko’rinadi. Ko’rish qobiliyati asosan, 30-40 yoshlarda yo’qoladi. Davosi. Tavsiya etilgan bir qancha usullardan tomirlarni kengaytirishga, to’r parda xorioideya trofikasini yaxshilashga yo’naltirilgan patogenetik usullargina maqsadga muvofiq deb topilgan (nitroglitserin, ENKAD, atsetilxolin, nikotin kislotasi). Energiya resurslarini oshirish maqsadida ATF buyuriladi. Bo’yin sohasiga radioterapiya, to’qima terapiyasi bir qator bemorlarda ko’rish flinktsiyasini yaxshilaydi va barqarorlashtiradi. Ultratovush terapiyasi yaxshi natija beradi. Antikoagulyantlardan geparin qo’llaniladi. Vitaminlardan C, B2, E, PP, gipofiz gormonlari, testikulyar, tireoid va ovarial preparatlar foydalidir. Metabolik steroidlardan retobolil, nerobolil yaxshi ta'sir qiladi. D vitamini pigmentli distrofiyaning avj olishiga ta'sir qilishi sababli uni bemorning ovqatlanish ratsionidan olib tashlash kerak. Jarrohlik muolajalarda so’nggi paytda tomirli pardada qon aylanishini yaxshilash maqsadida ko’zni harakatlantiruvchi muskullarni perixorioidal sohaga qisman ko’chirib o’tkazish ko’rinishidagi to’r pardada qon aylanishini kuchaytirish usullari sinalmoqda. Bu usullar bir qator bemorlarda ijobiy natija bermoqda. Download 314.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling