Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari


Ko’ruv nervi kasalliklari


Download 314.48 Kb.
bet7/7
Sana08.03.2023
Hajmi314.48 Kb.
#1252116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.

Ko’ruv nervi kasalliklari
Ko’ruv nervida quyidagi kasalliklar kuzatiladi: 1. Yallig’lanish (nevrit). 2. Dimlanish. 3.
Degenerativ o’zgarishlar (ko’ruv nervi atrofiyasi).
Nevrit - meningit, entsefalit, araxnoidit, gripp, revmatizm, zaxm, sil kasalliklarida; burunning
qo’shimcha bo’shliqlarining sinusitlarida; ko’zning retinit, xorioiditida; metil alkogoli,
qo’rg’oshindan zaharlanganda bo’lishi mumkin. Shikoyatlar – ko’rish to’satdan pasayadi, ko’rish
maydoni torayadi, skatomalar hosil bo’lishi mumkin. Oftalmoskopiyada ko’ruv nervi diski qizarib, chegaralari ko’rinmaydi, venalar kengayadi. Bunday sharoitda shoshilinch ravishda statsionarga yotqizilib, davolanadi (antibiotiklar, 40% li urotropin venaga, gormonlar mahalliy, 40% li glyukoza tomirga, siydik haydovchilar - furasemid, diakarb).
Ko’ruv nervining dimlanishi bosh miyada bosim oshganida kuzatiladi (miya abstsessi,
o’smalar, meningit, araxnoiditlar, qon kasalliklari, shikastlanishlar). Kasallik asta-sekin rivojlanib borib, ko’rish darajasi pasaymaydi, bosh og’riydi.
Oftalmoskopiyada ko’ruv nervi diski kattalashadi va qo’ziqoringa o’xshab shishasimon
tanaga chiqib turadi, venalar kengayib, buralib diskka chiqib oladi. Tashxis qo’yishda bosh
miyaning rentgenografiyasi, kompyuter tomogrammasi yordam beradi. Bemor nevrologiya va
neyroxirurgiya bo’limlarida davolanadi.
Ko’ruv nervi atrofiyasi ko’pincha ko’ruv nervining yallig’lanishi, uning dimlanishidan keyin
kelib chiqadi. Ko’rish pasayib borib, oxiri ko’rlik bilan tugaydi. U tug’ma va orttirilgan bo’lishi
mumkin.

Download 314.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling