Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari


Download 314.48 Kb.
bet3/7
Sana08.03.2023
Hajmi314.48 Kb.
#1252116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.

A. Umumiy davo: 1 Tuberkulyozli uveitda: ftivazit ichiladi, streptomisin muskul orasiga
qilinadi (kursga 20-30 gr.), sensibilizatsiyaga qarshi (10% li kaltsiy xlorid, tavegil, pipolfen,
suprastin), vitaminlar.
2. Toksoplazmozli uveitda: xloridin (0,15 gr 2 mahal ichiladi — 5 kun), sulfadimezin (0,5 gr
4 mahal — 7 kun).
Orada 10 kunlik tanaffus bilan kurslar 2—3 marta takrorlanadi.
3. Revmatizm, gripp va boshqa infektsiyalarda: keng doirali antibiotiklar (bitsillin,
gentomitsin), tetratsiklin ichiriladi, salitsilatlar ichiriladi, vitaminlar.
B. Mahalliy davo: 1. Midriatiklar tomiziladi (6 mahalgacha); 2. Gormonlar tomiziladi (6
mahal); 3. Gormondan parabulbar inyektsiya qilish (0,5 ml 1 mahal); 4. Elektroforez (kaltsiy xlor, novokain, fermentlar bilan); 5. Chakkaga zuluk va oyoqqa issiq vannalar qilish; 6. Ko’zga bog’lam qo’yish.

Iridotsiklit asoratlari. Ko’z ichi bosimining oshishi — glaukoma, gavharning xiralashishi —
katarakta, to’r pardaning yallig’lanishi — retinit, ko’ruv nervining yallig’lanishi — nevrit. Yiringli bo’lsa: endoftalmit, panoftalmit, miyaning abstsessi, meningit.
Kasallik oqibatlari. Davolanish oxirigacha olib borilsa tuzalib ketadi, agar asoratlar bo’lsa
— ko’rish darajasi pasayib, to ko’rlikkacha borishi mumkin. Endopanoftalmitdan keyin esa ko’z
ko’r bo’lib, kichrayib ketadi (ko’z olmasining subatrofiyasi va atrofiyasi).
To’r parda kasalliklari.
To’r pardada quyidagi o’zgarishlar kuzatilishi mumkin: qon almashinuvining buzilishi,
distrofik o’zgarishiar, yallig’lanishlar, shikastlanishlar, o’smalar.
To’r pardaning kasalliklari og’riqsiz o’tadi, chunki to’r pardada sezuvchan nerv tolalari yo’q,
bemorlar ko’rish darajalari pasayishiga shikoyat qilishadi. Tashxis esa ko’z tubi tekshirilgandan
keyin aniq qo’yiladi
To’r parda kasalliklari ko’rish o’tkirligining to’satdan va asta-sekin pasayib ketishi bilan
paydo bo’ladi. To’r pardaning markaziy qismi — sariq dog’ va uning atrofidagi soha (paramakulyar soha) zararlanganda narsalaming katta-kichikligi va shakli noto’g’ri ko’rinadi, rang sezish xususiyati buziladi, ko’z ancha xiralashib, o’qish mumkin bo’lmay qoladi.
To’r parda atrofi zararlangan hollarda oqshom va tunda ko’zning yaxshi ko’rmasligi
(gemeralopiya), mo’ljal bilishning qiyinlashuviga shikoyatlar bo’ladi, ko’rish o’tkirligi uzoq
vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin. Oftalmoskopiya yordamida to’r parda tomirlari va
to’qimalarida o’zgarishlar topiladi. Bu tomirlar kalibrining buzilishi (torayishi yoki kengayishi, bir xil bo’lmasligi), ularning egri-bug’ri bo’lib qolishi, obliteratsiyasi, qon quyilishi, to’r pardaning tutash yoki o’choqli xiralashishi bilan yuzaga kelib, bu xiralashishlar gipertoniya kasalligi, buyrak, qon kasalliklari, sil, zaxm, brutsellyoz, toksoplazmoz, diabet, homiladorlik toksikozlarida turli ko’rinishlarda va birgalikda uchraydi.

Download 314.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling