Mavzu: ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarda birinchi yordam ko‘rsatish yopiq va ochiq shikastlanishlar va ularda birinchi yordam ko‘rsatish reja


Download 21.96 Kb.
bet1/5
Sana04.05.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1423906
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Мавзу 5. 1 ISHLAB CHIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH


MAVZU: ISHLAB CHIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH
YOPIQ VA OCHIQ SHIKASTLANISHLAR VA ULARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH
Reja:
1. Shikastlanishlar haqida tushuncha va shikastlanish turlari.
2. Yopiq shikastlanishlar, sabablari, turlari, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
3. Ochiq shikastlanishlar, sabablari, turlari, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.


Tayanch so‘zlar: shikastlanish, lat eyish, qon quyilishi va ko‘karish (gematoma), shikastlanish toksikozi, immobilizasiya, transport immobilizasiyasi, gemartroz, jarohat, qon ketishi, sinish.


Shikastlanishlar haqida tushuncha va shikastlanish turlari.
Shikastlanish - deb tashqi omillar ta’sirida odam organizmi to‘qimalarining anatomik butunligi va funksiyasining buzilishiga aytiladi.
Shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi:
1. Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar; a) sanoatda b) qishloq xo‘jaligida
2. Ishlab chiqarishdan tashqaridagi shikastlanishlar;
a) uy-ro‘zg‘ordagi b) transportdagi v) sportdagi
3. Qasddan bo‘ladigan shikastlanishlar.
4. Harbiyda bo‘ladigan shikastlanishlar
Ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra
1. Mexanik: urilganda, yiqilganda, portlovchi to‘lqin ta’sirida.
2. Fizik: kuyish, sovuq oldirishi, elektr toki ta’siri, singuvchi radiasiya.
3. Kimyoviy: kislota, ishqor va zaharli moddalar ta’siri.
Olinayotgan jarohatga ko‘ra shikastlanishlar yopiq va ochiq turlarga bo‘linadi.
Yopiq shikastlanishlar - teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmasdan kechadi.
Ochiq shikastlanishlar – teri va shilliq qavatlarning butunligini buzilishi bilan kechadi.
Yopiq shikastlanishlar, sabablari, turlari, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
Turli favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarning ko‘pchiligini yopiq shikastlanishlar tashkil qiladi. Yopiq shikastlanishlarda teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmaydi. Lekin zararlanish turli organ va to‘qimalarga, yumshoq to‘qimalarga, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i organlariga, bosh miyaga, bo‘g‘imlarga, siydik tanosil organlariga tarqalishi va ularda lat eyish, paylarning cho‘zilishi va uzilishi, bo‘g‘imlarning chiqishi, yumshoq to‘qimalarni tuproq, buzilgan binolar va inshootlarning bo‘laklari bilan ezilishini vujudga keltiradi.
Lat eyish - yopiq shikastlanish bo‘lib, qattiq jismlar bilan urish yoki qattiq jismga urilish natijasida vujudga keladi va yumshoq to‘qima-larni qorin va ko‘krak bo‘shliqdagi turli organlarni zararlanishi bilan xaraktyerlanadi. Lat eyish natijasida vujudga keladigan o‘zgarishlar xarakteri va og‘ir engilligi urilish kuchiga jismning kattaligiga, og‘irligiga, shakliga, shikast beruvchi jismning yo‘nalishi va davomiyligiga, tananing zararlangan joyini kattaligiga va ahamiyatliligiga va shikast berish vaqtidagi anatomo – fiziologik xususiyatlariga bog‘liq bo’ladi. Lat eyish vaqtida teri osti yog‘ qavatidagi limfatik va qon tomirlar u yoki bu darajada zararlanib, lat eyish belgilarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Lat eyishning belgilari unchalik ko‘p emas, lekin ular shunday aniq va ravshan yuzaga keladiki, tashxis qo‘yish juda oson bo‘lib qoladi; og‘riq, shish, ko‘karish ( qon quyilishi, gemotoma) funksiyaning buzilishi.
Og‘riq - har xil intensivlikda bo‘lib, zararlanish joyi va nerv va qon tomirlari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Ba’zan kuchli og‘riqlar travmatik shokka olib kelishi mumkin (oyoq yoki qo‘lning yumshoq to‘qimalarini ezilishi, qorinni lat eyishi, yirik nerv tolalarining yopiq shikastlanishi) Og‘riqning xarakteri organizmning og‘riqqa shaxsiy moyilligiga ham bog‘liq.
Shish - yumshoq to‘qimalarga qonning shimilishi va aseptik yallig‘lanish natijasida ro‘y beradi. Shishning kattaligi yog‘ qavatini kattaligiga bog‘liq: yog‘ qavati qancha katta bo‘lsa shish ham katta bo‘ladi.
Qon quyilish va ko‘karish (gematoma) - qon tomirlarining urilishi zahoti yoki bir necha soatdan keyin uzilishi natijasida ro‘y beradi. Uning kattaligi uzilgan tomirning kalibiriga, qonning ivishiga, teri osti yog‘ qavatiga bog‘liq. Teri qavatlari dastlab to‘q ko‘kimtir rangga, keyinchalik gemoglabinni parchalanishi natijasida yashil va sariq rangga kiradi. Funksiyaning buzilishi dastlab organizmning shikastlanishga qarshi himoya reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi va uni lat eyish joyiga, shikastlangan odamni og‘riqqa bo‘lgan reaksiyasiga va shikastlanish natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlar xarakteriga bog‘liq. Organning funksiyasini buzilishi uning to‘qimalarida qon va limfaning shimilishi natijasida ro‘y beradi. Mahalliy va umumiy haroratning ko‘tarilishi katta gematomaning so‘rilishi yoki uning yiringlashi natijasida ro‘y beradi.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish – lat eyish ro‘y bergan zahoti o‘sha joyga dam – badam sovuq jismlar bosish, muz haltasini qo‘yish har 40-50 daqiqadan keyin 10-15 daqiqa dam beriladi, bog’lam qo’yish mumkin bo’lgan sohalarga siqib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi. lat egan joyga sovuqning qo‘llanilishi qon tomirlarini toraytiradi, qon oqishini kamaytiradi, to’qimalarga qon quyilishini to‘xtatadi, og‘riqni kamaytiradi. Siqib bog‘lash natijasida zararlangan teri osti qon tomirlari bosilib, shishni kamaytiradi. Katta miqdordagi lat eyishlarda bemorni harakatlari chegaralanib, (immobilizasiya) og‘riqni qoldiruvchi vositalar beriladi.
Davolash – lat egan vaqtdan 2-3 kun o‘tgach issiq muolajalar qo‘llaniladi (iliq isitgich qo‘llash, isituvchi kompress, suv vannalari) massaj (uqalash), davolash gimnastikasi qo‘llaniladi. Katta o‘lchamli lat eyishlarda, rentgen orqali tekshirib, suyaklar sinishi bor-yo‘qligini aniqlash kerak. O‘zicha so‘rilib ketmaydigan katta gematomalarni punksiya qilinib, ketidan antibiotiklar yuboriladi, ba’zan jarrohlik yo‘li bilan ivigan qon olib tashlanadi.

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling