Shikastlanishlar
Download 43.34 Kb.
|
FAVQULODDA VAZIYATLARDA SHIKASTLANISHLAR VA KASB KASALLIKLARI
FAVQULODDA VAZIYATLARDA SHIKASTLANISHLAR VA KASB KASALLIKLARI R E J A : 1 SHIKASTLANISHLAR, KELIB CHIQISH SABABLARI, TURLARI. 2. YOPIQ SHIKASTLANISHLAR, SABABLARI, KLINIK BELGILARI, BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO'RSATISH. 3. OCHIQ SHIKASTLANISHLAR, SABABLARI, KLINIK BELGILARI, BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO'RSATISH. Tashqi muhitning kishi organizimiga ta'siri natijasida to'qima va organlarda anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi shikastlanish deyiladi. Grekchada "trauma"- shikastlanish degan ma'noni anglatadi. Organizmga ta'sir qilish omiliga ko'ra shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi. 1) Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho’zilish). 2) Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv nurlanishlar) 3) Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri). 4) Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo’rqish, vahima qilish). Shikastlanishlarning og'ir-yengilligi bu omillarning kuchiga va ta'sir qilish vaqtiga bog'liq. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi tasnif qabul qilingan. l.Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanishlar. Bular o’z navbatida transport shikasti, temir yo’l, avtomobil, tramvay va hokoza, piyoda ketayotganda, sport shikasti, sport bilan shug’ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida shikastlanishlar, yer qimirlash, sel kelish va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida uchraydigan shikastlanishlarga bo'linadi. 2.Ishlab chiqarish bilan bogliq bo'lgan shikastlanishlar, ko'pincha sanoat korxonalarida va qishloq xo’jaligida ko'proq uchraydi. 3.Qasddan qilingan shikastlanishlar; harbiy holatlarda, o'z-o'zini o'ldirish, birovni qasddan o’ldirish va hakazo farqlanadi. Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi: bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar) bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar. Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab s hikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi: Ochiq va yopiq shikastlanishlar. Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi. Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho’zilish, suyaklar chiqishi, yumshoq to’qimalar ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi). Sababi: o'tmas to’mtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish. yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqadi. Yopiq shikastlanishlarga to'qimalarning lat yeyish, cho’zilishi, uzilishi, chayqalishi, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarnning yopiq sinishi kiradi. Lat yeyish. A'zo va to'qimalarning bevosita biror to’mtoq narsa bilan urilishi natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish deyiladi. Odamga zarb tekkanda yoki biror qattiq narsa ustiga yiqilib tushganda badani lat yeydi. Download 43.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling