Shikastlanishlar
Download 43.34 Kb.
|
FAVQULODDA VAZIYATLARDA SHIKASTLANISHLAR VA KASB KASALLIKLARI
Klinik belgilari. Bemor kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila olmayotganidan shikoyat qiladi, harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'imdagi og'riq kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o’zgaradi. Qo'1-oyoq chiqqan bo'gimda kuchli og’riq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksasiya simptomi deyiladi. Ba'zan zararlangan qo'l yok oyoq karaxt bo'lib qolishi ro’y beradi, bu holat nerv tolasi qisilishidan va chiqqan suyak bo’lagini spastik ravishda qisqargan mushaklar qimirlatmay qo’yishi natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'l-oyoqning noto'gri holati va bo’g'im sohasining shakli buziladi.
Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan: yelka suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini ushlab aniqlash mumkin. Bemor odatda, tirsagini bukkan holda gavdasidan uzoqroq qilib turadi. Nerv qisilib qolgan bo’lsa, bemor oyoq-qo'li holsizlanganligidan shikoyat qiladi. Suyaklar chiqishini tashxisi rentgenografiya yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib ko’riladi. Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Suyagi chiqqan ya'ni shikastlangan oyoq yoki qo’lning bo'gim sohasiga sovuq kompress qo’yish kerak. qimirlamaydigan qilib immobilizasiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxta, reykalar bilan immobilizasiya qilish kerak. Qo’l suyaklari chiqqanda kosinka yordamida bo'yinga osib qo'yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach yoki qo'shimcha vositalar bilan mahkamlash kerak. Og'riq kuchli bo’lganda, og’riq qoldiradigan dorilar (analgin, baralgin) ishlatish kerak. Bemor tezda davolash muassasasiga olib boriladi. Chiqqan suyak o'z o'rniga solinadi. Teri va shilliq pardaning mexanik ta'sir natijasida butunligi buzilishiga ochiq shikastlanishlar yoki jarohatlar deyiladi. Bunday buzilish natijasida ancha chuqur to'qimalar hatto ichki organlar ham zararlanishi mumkin. Jarohatlar kelib chiqishi, xususiyatlariga va to'qimalarning zararlanish xarakteriga qarab quyidagicha farqlanadi: 1. o'q tekkan jarohatlar. 2. sanchilgan jarohatlar. 3. kesilgan jarohatlar. 4. chopilgan jarohatlar. 5. urib olingan jarohatlar. 6. ezilgan jarohatlar. 7. yirtilgan jarohaflar. 8. lat yegan jarohatlar 9. tirnalgan jarohatlar. 10. tishlangan jarohatlar. 11. zaharlangan jarohatlar. 12. aralash jarohatlar. Yuza va chuqur jarohatlar farq qilinadi. Yuza jarohatlar teri va shilliq pardalarning shikastlanishi bilan xarakterlanadi. Chuqur jarohatlar tomirlar, nervlar, suyaklar, paylar, ichki organlarni shikastlanish bilan o'tadi. Jarohatlar yana o'z navbatida bo’shliqqa kiradigan va bo’shliqqa kirmaydigan jarohatlarga bo'linadi. Mikrob tushishiga qarab jarohatlar: infeksiya tushgan va infeksiya tushmagan jarohatlarga bo'linadi. Teri va teri osti to'qimalari shikastlansa oddiy jarohatlar deyiladi. Jarohatlar yangi va kechikkan jarohatlarga bo’linadi. Yangi jarohat deb, shikastlanish ro'y bergandan keyin 24 soat ichida bemorga yordam ko'rsatilishiga aytiladi. Agar bemor 24 soatdan keyin murojaat qilgan bo'lsa, u jarohat kechikkan jarohat deyiladi. Download 43.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling