Infeksiya haqida tushuncha


Download 39.5 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1214985
Bog'liq
инфекция 97-2003


INFEKSIYA HAQIDA TUSHUNCHA
INFEKSIYA (lot. infi cere — yuqtirmoq, buzmoq, zaharlamoq) — patogen mikrob (yoki virus)ning odam yoki hayvon organizmiga kirishi, ko‘payishi va ayni vaqtda mikrob bilan organizm o‘rtasida o‘zaro murakkab munosabat vujudga kelishi. «Infeksiya» termini ba’zan boshqa ma’noda — kasallik yuqqan paytni, infeksion kasallikni, uning mikrobini ifodalash uchun ishlatiladi.
Infeksiya kasallik shaklida, shuningdek, bakteriya tashuvchilik shaklida namoyon bo‘ladi. Mikroblarning bir turi qo‘zg‘atgan kasallik oddiy infeksiya, ikki yoki bir necha turi qo‘zg‘atgan kasallik aralash infeksiya, yuqumli kasallik bilan og‘rib o‘tgan ki-shiga takror Infeksiya yuqishi reinfeksiya, mikroblarning muayyan turi za-rar yetkazgan organizmga takror Infeksiya yuqishi superinfeksiya deb ataladi. Ba’zi mikroblar organizmda inaktiv holatda bo‘ladi, ammo muayyan sharoitda (kishi o‘ta charchaganda, sovqotganda va b.) patogen xossalarini namoyon qila oladi (autoinfeksiya), shuning natijasida kasallik ro‘y beradi.
Infeksiyaning paydo bo‘lishi va o‘tishida patogen mikroorganizmlarning quyidagi xususiyatlari muhim rol o‘ynay-di: 1) spesifikligi, ya’ni muayyan biologik turning organizmda yashashi (mas, qizamiqvirusi faqat odam orga-nizmida parazitlik qiladi) va faqat o‘zi uchun xarakterli infeksion kasallikni qo‘zg‘atishi;
2) virulentligi, ya’ni kasallikka nechog‘li sabab bo‘la olishi (q. Virulentlik);
3) muayyan a’zolarda (aksari ichki a’zolarda) joylasha olishi (mas, gonokokk siy-dik yo‘llari bilan ko‘z shilliq pardasi-da; meningokokk miya pardalarida, dizenteriya tayoqchalari yo‘g‘on ichak de-vorida yashab ko‘payadi). Infeksiyaning paydo bo‘lishi va o‘tishida makroorganizmning xususiyatlari va ijtimoiy sharoit muhim rol o‘ynaydi (q. Infeksion kasalliklar).
Odam organizmi mikrob kirishiga befarq bo‘la olmaydi. Odam va hayvonlar organizmi har xil fiziologik va immunologik mexanizmlari borligi tufayli ko‘p mikroblarga tabiiy chi-damli bo‘ladi (teri va shilliq pardalar ko‘p mikroblarni o‘tkazmaydi, bezlardan ishlanib chiqadigan shilim-shiq, me’da shirasi, o‘t, ko‘z yoshi va sh. k. ba’zi bakteriyalarni, viruslarni o‘ldiradi va h. k.). Odam va hayvonlar organizmi kasallik mikroblarining kirishiga javoban immunitet reaksi-yalarini rivojlantiradi (fagotsitlar mikrobga nisbatan spesifik aktivla-shadi, antitelolar ishlana boshlaydi, allergiya vujudga keladi).
K asallik yuqqan kishi (bemor, ba’zan sog‘lom odam) yoki hayvonlar Infeksiya manbai bo‘ladi (mas, ich terlamaaa bemor yoki bakteriya tashuvchi kishi, quturish kasalligida mikroblar yuqqan it va b. hayvonlar Infeksiya manbaidir).
Bakteriyalarning bir nechta tasnifi mavjud: Ulardan biri ularning yashashi va o‘sishi uchun kislorodga ehtiyoj bor yoki yo‘qligiga asoslangan.

  • Aeroblar: kislorodli muxitda yashovchilar.

  • Anaeroblar: kislorodsiz muxitda yashovchilar.

  • Fakultativ bakteriyalar: kislorodsiz muxitda ham, kislorodli muxitda ham yashay oluvchi bakteriyalar.

Bakteriyalar mikroskopik bir hujayrali organizmlardir. Bakteriyalarni minglab xili mavjud. Ular dunyoning har qanday muhitida yashaydilar. Ular tuproqda, dengiz suvida va chuqur yer qobig‘ida ham yashaydilar. Ba’zi bakteriyalar radioaktiv chiqindilarda yashashi mumkin.
Ko‘plab bakteriyalar odamlar va hayvonlarda — terida va nafas yo‘llarida, og‘izda, ovqat hazm qilish tizimida, jinsiy va siydik yo‘llarida zarar keltirmasdan yashaydilar. Bunday zararsiz bakteriyalar rezident flora yoki «mikrobiot bakteriyalar» deb ataladi. Ko‘plab rezident flora vakillari odamga haqiqatan ham foyda keltiradi — masalan, ovqat hazm qilishga yordam beradi yoki boshqa xavfli bakteriyalar turlarining ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
Faqatgina bir necha turdagi bakteriyalar, agar ular organizmda mavjud bo‘lsa, kasallikka olib keladi. Ular patogen bakteriyalar deb ataladi. Ba’zida, odatda tanada zararsiz yashaydigan bakteriyalar kasallik keltirib chiqararishi mumkin, masalan, bakteriya tanadagi odatiy joyini tark etib boshqa organ yoki to‘qimaga joylashib olganda. Bakteriyalar zararli moddalar (toksinlar) ishlab chiqarib, to‘qimalarga kirib borib yoki ikkala usul bilan ham kasallikka olib kelishi mumkin.
Anaerob bakteriyalar shilliq pardalarida, xususan og‘izda, oshqozon-ichak traktida pastki qismlarida va ayollar jinsiy a’zolarida (qinda) normal rezident florani hosil qiladi.bu bakteriyalar shilliq pardalar shikastlansa kasallik chaqirishi kelishi mumkin. Tananing tashqi yuzasida yashovchi anaeroblar, agar ular teriga orasiga kirsa yoki yutib yuborilganda, ba’zida kasallikka olib keladi.
Anaerob bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklar:

  • Aktinomikoz;

  • Botulizm;

  • Clostridium difficile chaqirgan kolit (Psevdomembranoz kolit);

  • Ovqatdan zaharlanish;

  • Gaz gangrenasi;

  • Qoqshol;

Ko‘pincha infeksiyalangan to‘qimalarda anaerob bakteriyalarning bir nechta turlari mavjud bo‘ladi. Shuningdek aerob bakteriyalar xam birga uchrashi mumkin. Bir necha turdagi anaerob bakteriyalar yoki anaerob va aerob bakteriyalar birga uchragan infeksiyalar aralash anaerob infeksiyalar deb ataladi.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling