Infeksion kasalliklar


Download 178.73 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi178.73 Kb.
#1593100
Bog'liq
Infeksion kasalliklar


Infeksion kasalliklar — patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi.
Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob borligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi Infeksion kasalliklarning asosiy belgilaridir.
Infeksion kasalliklarning chinakam sabablari 19-asrning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari bilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infeksiyalari) hazm yoʻli orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali) yuqadi. Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo bilan nafas yoʻllariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infeksiyalar)ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Baʼzi kasalliklarqon soʻrar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va h. k.) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar, iskabtopar isitmasi va h. k.). Bemorga yakin yurganda yoki uning sochigʻi, idishtovogʻi va b. buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar (tanosil kasalliklari, kuydirgi, kal yara va b.) alohida guruhni tashkil etadi. Infeksion kasalliklar bir necha kun (gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshmali terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto, yillab choʻzilishi mumkin (sil, moxov, zaxm). Infeksion kasalliklar kelib chiqishi organizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sharoitda mikrobning virulentligi kamayadi) bogʻliq. Infeksion kasalliklarning paydo boʻlishi va uti-shida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tibbiy yordam) hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu sharoitning oʻzaro taʼsiriga qarab Infeksion kasalliklarning turli (tipik — rostmana, yengil va b.) shakllari na-moyon boʻladi. Infeksion kasalliklarning oʻtishida inku-batsion davr, kasallik simptomlarining paydo boʻlish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning soʻnish davri va sogʻayish davri farq qilinadi. Infeksion kasalliklarning har birida shu davrlarning oʻziga xos xu-susiyatlari bor. Ich terlama kabi baʼzi Infeksion kasalliklar mikrobi ogʻrib oʻtgan organizmda saqlanib qoladi va tevarakatrofdagi muhitga chiqaveradi. Koʻpgina Infeksion kasalliklardan keyin immunitet qoladi. Mac, Infeksion kasalliklarni aniqlashda kasallikning klinik belgilari, lab.da tekshirish natijalari va epidemiologik maʼlumotlar asos qilib olinadi. Bemorlar maxsus jihozlangan infeksion kasalxonalarda davolanadi. Infeksion kasalliklarga qarshi kurashda profilaktika tadbirlari hal qiluvchi rol oʻynaydi.
I nfeksion kasalliklarning yanada tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shunday kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar yoki shunday kasallik bor deb gumon qilingan kishilar kasalxonada yoki uyida ajratib qoʻyiladi. Toun (chuma), vabo (xolera), toshmali terlama (toshmali tif), ich terlama (qorin tifi), paratif, dizenteriya, virusli gepatit, difteriya va b. kasalliklar topilgan yoki gumon qilingan kishilarni maxsus sanitariya transportida kasalxonaga olib borib yotqizish shart. Gripp, qizamiq, koʻkyutal va b. baʼzi Infeksion kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni alohida xonaga yotqizish, tegishlicha parvarish qilish va dezinfeksiya oʻtkazib turish sharti bilan uyida ajratib qoʻyish mumkin.
Patogen mikroblarning organizmga kira olish xususiyati yoki invazionligi biriktiruvchi tukimani emira oladigan yoki xar xil xujayralarning pustlarini parchalay oladigan fermentlar iщlab chikarishiga boglik..Kupginapatogen mikroblardagialuronatyuщotshshyoki biriktiruvchi tukima asosini tashkil etuvchi mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialuronidaza fyormyonti topylgan. Bu — mikroblarning organizmga tez tarkalishiga yordam beradi. Gazli gangrena kUzgatuvchilari kon va turli organ xujayralariniig pardalarini emiradigan letsitinaza fermentini ishlab chikaradiki, bu mikrob yukkan xayvonlarning tez xalok bulishiga olib keladi. Stafilokokklar bilan streptokokklar leykotsitlarni emiruvchi leykotsidinlarni emiruvchi gemolizinlarni ishlab chikara oladi. Gemolitik streptokokkning ba’zi shtammlari kon laxtasidagi fibrinni erita oladigan fibrinolizin fermentini ishlab chikaradiki, bu xam bakteriyalarning organizmga tarkalib ketishini engillashtiradi. Patogen stafilokokklar koagulaza fermentiga egadir, bu ferment kon plazmasining ivib kolishiga olib keladi. YAlliglanish uchogi atrofida ivib kolgan plazmadan xosil buladigan barer, ya’ni tusik stafilokokklar fagotsitoziga karshilik kursatadi, deb xisoblanadi. Patogen mikroblarda antimikrob zardoblar ta’sirini neytrallay oladigan agressinlar xamda mikroblarning fagotsitlarda yutilishiga tuskinlik kiladigan antifaginlar singari aloxida moddalar xam topylgan.
Toksinlar yoki zaxarlar deb ataladigan moddalar xujayin organizmida kattagina uzgarishlarni keltirib chikaradi. 1884 yili Leffler difteriya kuzgatuvchilari konga kuch l i zaxar—turli ichki or1anlarni shikastlaydigan toksin ishlab chikaradi, degan fikrni birinchi bulib aytdi. Difteriya kuzgatuvchilarining ^zi esa organizmga kaysi joydan kirgan b^lsa, usha joyda, masalan, bodom bezlarida tura beradi. 1888 yili Ru va Iersen difteriya tayokchasi toksinini ajratib olishdi. 1890 yili Bering bilan Kitazato kokdyul kuzgatuvchisida toksin bulishini, 1896 yili esa Ermingem botulizm kuzgatuvchisida toksin bulishini topdi. Toksinlar kashf etilib, tasvirlab berilganidan keyin ularni zur berib urganishga kirishildi va utgan asrning oxirlarida ularga karshi ta’sir kursatadigan ziddi-zaxarlar — spetsifik antitoksik zardoblarni olish mumkin buldi va bular davolash uchun ishlatib kurildi. X,ozirgi vaktda bakteriyalarning ekzotoksinlari va endotoksinlari tavofut kilinadi, bular ximiyaviy tarkibi va bopщa xossalari jixatidan bir-biridan fark kiladi.
E kzotoksinlar — mikroblar organizmda yashar turgan chogida xam, ozik; muxitlarida ustirilganida xam tashki muxitga ular tomonidan ajratib chikariladigan oksillardir. Grammusbat mikroblar: difteriya, kokshol, botulizm va gazli gangrena kuzgatuvchilari juda kuchli ekzotoksinlar ishlab chikaradi. Ekzotoksinlar yukori temperatura ta’sirida parchalanib ketadi, ular termolabildir. Formalin ta’siri bilan xam ularning zaxarli xususiyatini susaytirish mumkin, formalin ta’siri natijasida ekzotoksinlar zaxarligini yukotib kuyadiyu, lekin organizmga yuborilganida ziddi-zaxarlar — antitelolar ishlab chikarishga olib boradigan xususiyatini sakdab koladi. Ana shunday preggaratlar anatoksinlar deb ataladigan buldi. Anatoksinlar soglom odamlarni infeksion kasalliklarga berilmaydigan kilib kUyish uchun profilaktika maksadida ishlatiladi. Ekzotoksinlarning xarakterli xususiyati ma’lum organ va tukimalarni tanlab-tanlab nshkastlantirishga kodir bulishidir, masalan, kokshol toksini orka miyaning xarakatlayatiruvchi nenchronlarini shikastlantirsa, botulizm tayokchasining toksini xarakatlantiruvchi nervlarning oxiriga ta’sir kursatadi. Difteriya toksini yurak muskuli va buyrak usti bezlarini shikastlantiradi. Turli toksinlarning tanlab-tanlab ta’sir kursatishi kasallikning xar bir kuzgatuvchi uchun xarakterli bulgan muayyan klinik manzara bilan utishiga olib keladi. YUkorida tasvirlab utilgan leykotsidinlar, gemolizinlar, toun mikrobi toksini, kuydirgi batsillalarining detal toksini ekzotoksinlardir. Bular infeksion jarayonning avj olib borishida axamiyatga ega buladi, lekin ularning axamiyati grammusbat mikroblar — kokshol, difteriya, botulizm kuzgatuvchilari toksinlariga Karaganda kamrokdir.
Endotoksinlar bakteriyalar tanasi bilan maxkam boglangan bulib, organizmda mikrob xujayrasi emirilganida yoki mikrob xujayralari maxsus usullar bilan ishlanganida ajralib chikadi. Endotoksinlar dastlab 1933 yili Buaven va Mesrob'yan tomonidan grammanfiy bakteriyalardan ajratib olingan. Ularning ximiyaviy tarkibi murakkab. Ular glyusid-lipid-protein komplekslaridan iboratdir. Endotoksinlar termostabil, ya’ni issikka chidamli buladi, neytral muxitda avtoklavlash xam ularni parchalamaydi. Endotoksinlarning organizmga kursatadigan ta’siri uziga xos, spetsifik tomoni bilan ajralib turmaydi. Endotoksin kanday mikrobdan olinganiga karamasdan, shu toksin ta’sirida vujudga keladigan klinik manzara bir xil buladi va isitma chikishi xamda umumiy axvolning ogir bulishi bilan xarakterlanadi. Endotoksinlar xayvonlarga venasidan yuborilganida isitma chikarib, leykopeniyaga, tomir xarakatlantiruvchi xar xil-xodisalar va ulimga sabab buladi. Korin tifi, dizenteriya, vabo, kuk-yutal kuzgatuvchilarining endotoksinlari xammadan kura kuprok urganilgan
Download 178.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling