Psixik rivоjlanish nima?
Asosiy tushunchalar:
Senzitiv davr – biror psixik funksiya yoki xususiyatning rivojlanishidagi eng tez va qulay davr.
Interiorizatsiya – avval tashqariga, boshqa odamlarga qaratilgan psixik funksiyaning shaxsning ichki funksiyasiga aylanishi.
Akseleratsiya – bolalar va o’smirlarda ma’lum davrlarda somatik va fiziologik o’sishning tezlashuvi.
Yosh – psixik taraqqiyotning sifat jihatdan chegaralangan bosqichi bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan barcha normal kishilar uchun tipik hisoblanadi. Har bir yosh davriga xos taraqqiyotning ijtimoiy situasiyasi mavjud.
Psixik rivоjlanishni yuza keltiruvchi kuchlar nimalardan ibоrat?
Shaxs taraqqiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir.
Biоlоgik оmilni psixik rivоjlanishga ta’siri qanday?
Biogenetik qonunni F. Myuller va E. Gekkel kashf qilgan. Bunday qarashning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bo’lib, u Gekelning biogenetik qonunini psixologiyada bevosita ko’chiradi. Bu nazariyaga ko’ra ontogenezda bola o’z psixik taraqqiyotida filogenezni insonning tarixiy rivojlanish bosqichlarini qisqargan holda boshdan kechiradi
Ta’lim jarayoni nimalardan ibоrat?
O’qitish va o’rgatish, o’zlashtirish
Ta’lim jarayonida o‘quvchining psixik rivоjlanishini vujudga keltiruvchi kuchlar.
Asosan to’g’ri yo’nalishda o’qitish.O’quvchiga har xil aqliy hujumlar uyushtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |