Allayarov Tohirjon 20_21-gurux talabasi Falasafa
fanidan 1-mustaqil ish.
▪
G’arb falsafasi miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar
(«Polislar»)da avval Kichik Osiyoning G’arbiy qirg’og’ida (Ioniyada), so’ngra –
Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda –
Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi dunyo madaniyati
ravnaq to’ishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining
vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan..
▪
Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari. Qadimgi
Yunonistonda faylasuflarni bemalol suhbat qurish va istalgan savolga javob olish
imkoni bo`lgan donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon
mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson hayoti ma'nosini tushuntirishga harakat
qilib ko`rishgan. Ular o`simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni
o`rganishgan.
▪
Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yyer yuzidagi hamma narsa
olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. Geraklit fikriga ko’ra, tabiat
(olov) uzluksiz o’zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish
va o’zgarishlar manbaini ko’radi: «Hamma narsa kurash orqali va
zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o’zining qarama-
qarshiligiga o’tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa
sovuq narsaga aylanadi, ho’l narsa quruq narsaga aylanadi, quruq
narsa ho’l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi,
barcha hodisalar ham o’zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish
mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi
suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo’lgan hodisalar
va jarayonlarni ko’radi: hayot va o’lim, uyg’oqlik va uyqu, yoshlik va
qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u
to’yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot
uchun xavflidir». Ko’rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi
o’zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga
o’tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya’ni
muayyan holatlarga bog’liq qilib qo’yishini qayd etadi.
▪
Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirgan,
bizni qurshab turgan hamma narsa ko`zga ko'rinmaydigan maydamayda
zarralar — atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon
etgan edi.
▪
Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart
degan fikrni o`z ta'limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha
qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan.
Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim
mjimkin?" deb so`raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, quyoshni
to`sib qo`yding!" deya kinoya qilgan ekan.
▪
Qadimgi yunon olimi Aristotel to`plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga
ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni
Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan.
▪
Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi
va matematigi Arximedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig`ini
takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to`la
ishonch bilan Arximed ko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta
yo`nalishga jamlagani va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan
rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib
berishadi. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo`lib
ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o`z
o`qidan chiqarib yuboraman!"
▪
Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho`ng`igan olim timsoliga aylangan.
Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzni bosib olganlarida qumda
chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib
o`tirgan ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga
qo'1 tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga nayza sanchilgan
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |