Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va tamoyillari

Download 24.91 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi24.91 Kb.
#106344
Bog'liq
fuq

fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va tamoyillari

Reja: 1,Fuqarolik jamiyati” va “huquqiy davlat” 2, Fuqarolik jamiyatining xavfsizligi 3, Fuqarolik jamiyatining shakllanishi

“Fuqarolik jamiyati” va “huquqiy davlat” tushunchasi birgalikda XVIII asrda paydo bo‘lgan. Odamlar hayoti va faoliyatining ikki tomoni: ularning shaxsiy manfaatlari, tashabbusi, ixtiyoriy faoliyati jabhasi va odamlar xulq-atvori davlatning xohish-irodasiga bo‘ysunuvchi xalq hokimiyati jabhasi shu tushunchalar bilan ifodalandi.

Fuqarolik jamiyati hokimiyatning oqilonaligi va odilonaligi, shaxs erkinligi va farovonligi haqidagi g‘oyalarning huquqiy ustunligi, huquq va qonunning birligi, davlat hokimiyatining turli tarmoqlari faoliyatini huquqiy chegaralash g‘oyalari bilan mushtarakdir.

Huquqiy davlatni fuqarolik jamiyati rivojlanishining natijasi va uning o‘zini o‘zi yanada takomillashtirishi omili deb hisoblash mumkin. Huquqiy davlatchilikning shakllanish jarayoni, hech shubhasiz, ancha uzoq vaqt davom etadi. U fuqarolik jamiyati shakllanishi bilan birga takomillashib boradi. Har bir davlatda bo‘lganidek, huquqiy davlat hokimiyatining suverenligi ham mamlakat ichida uning barcha fuqarolarga va ular tashkil etuvchi nodavlat tashkilotlariga nisbatan ustunligida va undan tashqarida davlatning tashqi siyosatni yuritish, boshqa davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatishda va mustaqilligida namoyon bo‘ladi.

Fuqarolik jamiyatining xavfsizligi (jamoat xavfsizligi) quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanishi mumkin:

-ijtimoiy adolat;

-davlat bilan o‘zaro munosabatlarda fuqarolarning va umuman jamiyatning huquqlari;

- qonuniylik tartibi; 15

- fuqarolarning iqtisodiy farovonligi;

demokratik plyuralizm;

- jamiyatning ochiqligi;

- fuqarolik jamiyatining milliy jihatdan muayyanligi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yiyaa amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.7

Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi

Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demoeratlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi.

2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuvurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”e’lon qilindi.Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi.

Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha qo‘yidagi xulosalar chiqarish mumkin:

- fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib kelayotgan murakkab tarixiy jarayondir.Fuqarolik jamiyatining ba’zi bir unsurlari qadimgi YUnoniston va Rimda namoyon bo‘lgan vaqtdanboshlab YAngi davrda shakllanish elementlari va xozirgi kunda bir butun tizim sifatida paydo bo‘lishi.

- fuqarolik jamiyati g‘oyasi insoniyatning antik davrdan beri davom etib kelayotgan tafakkuri maxsulidir. Avesto manbalarida, Qadimgi yunon faylasuflari fikrlarida, O‘rta asr mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg‘onish va Reformatsiya davri g‘oyalari va bugun XXI asr jahon xamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e’tirof etilishi. Har qanday fan,o‘z mohiyatiga ko‘ra umumbashariydir.Dunyoning barcha xalqlari katta-kichikligidan qat’iy nazar uning rivojiga turli xil darajada hissalarni qo‘shgan.SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakillanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oyalar qarashlarni bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish xato yondashuvdir.

- fuqarolik jamiyatining xususiyatlaribelgilari,tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo‘lishi mumkin.

- fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari xolati ijtimoiy hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.

- fuqarolik jamiyatining shakillanishi huquqiy davlatchilikning shakillanish jarayoni bilan takomillashib boradi.

- har bir davlatda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va shakillanishi o‘ziga xos mental xususiyatlarga bog‘liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi.

- hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning etuklik bosqichiga erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir.

- fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, belgilari,tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo‘lishi mumkin.

- hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning etuklik bosqichiga erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir. /https://hozir.org/fuqarolik-jamiyatining-asosiy-belgilari-va-tamoyillari.html

Fuqarolik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jump to navigationJump to search

Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.

Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.

Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi.

Sharqda Fuqarolik jamiyatining oʻziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, madaniyat va maʼnaviyatning huquq bilan uygʻunlashgan, feʼlatvor, xattiharakatlar va qoidameʼyorlarning uzviy uygʻunlashgan shakli bilan bogʻliq. Jumladan, eng qad. madaniy tarixiyhuquqiy yodgorlik — Avestoda kishilarning uyushib yashashi, oʻzaro munosabatlar va aloqalarning axloq va meʼyorlarga tayanishi kabi gʻoyalar ilgari surilgan. Bunda oʻzoʻzidan jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon boʻlgan. Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal boʻlgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor boʻlishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga kura, "Shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega boʻlmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tugʻiladi", jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi axloqiymaʼnaviy jihatdan barkamol boʻlmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga chaqirish uchun kuchli taʼsir oʻtkazuvchi hokimiyat kerak boʻladi. Bu kabi gʻoyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qoʻllanilgan.

Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy tushunish shakllandi. Unga koʻra, F.jla mulkchilik shakllarining xilma-xil va teng boʻlishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yoʻl qoʻyilishi, mafkuraviy xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, rivojlangan oʻzini oʻzi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat boʻlishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi taʼminlanishi muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda Fuqarolik jamiyatini kurish tarixiy anʼana boʻlsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor tajribalari va koʻp ming yillik milliy anʼanalarning sintezi sifatida dunyoga kelmokda. Yaʼni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy hukuqiy faollik, hurriyat va qatiy tartibintizom uygʻunligida Fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda.

Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning aʼzolari boʻlmish fuqarolarning oʻzlari orqali saqlab turiladigan va qatʼiy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat oʻzini oʻzi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli taʼsiri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida boʻlishi kerak, chunki davlat — fuqarolik jamiyatning „yollanma xizmatkori“. Zero, u fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud boʻladi. Mazkur jamiyat nafaqat oʻzining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb boʻlmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichidir. https://uz.wikipedia.org/wiki/Fuqarolik_jamiyati
Download 24.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling