Reja: Difteriya (bo’g'ma), etiologiyasi


Download 20.86 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi20.86 Kb.
#1040650
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalar infeksiyasi


Bolalar infeksiyasi


Reja:


1.Difteriya (bo’g'ma), etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi, bemorlarni parvarish qilish, profilaktikasi.
2.Ko’kyo’tal, etiologiyasi epidemiologiyasi, klinik manzarasi, profilaktikasi.
3.Qizamiq, suvchechak, skarlatina, etiologiyasi, epidemiologiyasi, bemorlarni parvarish qilish, profilaktikasi.

Difteriya (bo’g'ma)
Difteriya (bo’gma) - o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, kasallik qo’zgatuvchisi kirgan sohada fibrinoz yallig’lanishining kelib chiqishi va organizmning umumiy intoksikasiyasi bilan xarakterlanadi. Bo’gma kasalligi o’tmishda juda og'ir kechgan va ko'pgina asoratlarga olib kelgan va organizmning umumiy zaharlanishi tufayli fojiali tugagan. Mamlakatimizda kasallikka qarshi faol emlash joriy qilingandan keyin, so’nggi yillar ichida bo’g'ma kasalligi deyarli yakka-yakka uchraydigan bo'lib qoldi.
Etiologiyasi. Kasallikning qo’zgatuvchisi bo’gma tayoqchasi bo'lib, fakultativ anaerob mikroblar guruhiga kiradi, uni 1883-1881 yillarda Klebs va Lyoffler aniqlashgan. Bo’g'ma tayoqchasining asosiy xususiyati uni ekzotoksin ishlab chiqarish bo'lib, bu xususiyatiga qarab toksigen va toksigen bo’lmagan guruhlarga bo'linadi Difteriya tayoqchasi past haroratga chidamli 120 º C da 7 kun davomida tirik saqlanadi, ammo yuqori 30 daqiqa ichida halok bo'ladi. Bo’gma tayoqchasi bemorning ro’zg’or buyumlarida, o’yinchoqlarida uzoq vaqt saqlanishi mumkin, lekin zararsizlantiruvchi moddalar ta'sirida tezda halok bo'ladi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bo’g'ma bilan og’rigan yoki kasallik bakteriyasini tashib yuruvchilar hisoblanadi. Bemor butun kasallik mobaynida yuqumli hisoblanadi. Ba'zi hollarda esa kasallikning asosiy belgilari o’tgandan keyin ham atrofdagilar uchun xavfli bo'lishi mumkin. Bo’g'ma tayoqchasining tashib yurishning toksigen va toksigen bo’lmagan turlari farq qilinadi. Toksigen deganda, kasallik paydo qiluvchi turi ko'zda tutiladi. Bo’g'ma tez-tez kasallikka chalinib turadigan zaif hamda yuqori nafas yo'llarining surunkali kasalligi bor odamlarda ko'proq uchraydi. Bo’g'ma tayoqchalari bemorlar va bakteriya tashuvchilarning organizmidan, aksirganda va yo’talganda havo-tomchi yo'li orqali sog'lom bolalarga yuqadi. Yuqori nafas yo'llari, burun, tomoq, shilliq pardalari, teri kindik, ko'z va jinsiy organlarning shilliq qavatlari bo’g’ma tayoqchalarining ko’rish darvozasi hisoblanadi. Ba'zi hollarda kasallik turli ro’zg’or buyumlari va o’yinchoqlar orqali kontakt yo'li bilan yuqishi mumkin. Difteriyaga 1 yoshdan to 10 yoshgacha bo’lgan bolalar ko'proq beriluvchan bo’lsalarda, bu kasallik bilan yangi tug'ilgan chaqaloqlar ham og'rishi mumkin. Kasallik o’tgandan keyin organizmda barqaror tabiiy immunitet paydo bo'ladi. Kasallik ko'proq kuz-bahor oylarida uchraydi.

Download 20.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling