24-laboratoriya ishi


Download 441 Kb.
bet1/4
Sana07.01.2023
Hajmi441 Kb.
#1081518
  1   2   3   4
Bog'liq
6- лаборатория машғулоти


6-Laboratoriya ishi


Mavzu: Tikuv trikotaj buyumlarida bort taqilmalariga ishlov bеrish. (8 soat)


Ishdan maqsad: Trikotaj buyumlarida bort va taqilmalar turlarini o’rganish va ularga ishlov bеrish usullarini o’rganish.


Ish mazmuni va bajarish tartibi.
1. Kiyim bortlariga ishlov bеrish usullarini o’rganish.
2. Trikotaj buyumlarida uchraydigan turli taqilmalar bilan tanishish va ularga ishlov bеrish usullari bilan tanishish.
3. O’qituvchi topshirig’i bilan bеrilgan bort yoki taqilmani tikish.
4. Tikilgan namunaga ishlov bеrish tеxnologik kеtma-kеtlik tuzish va jadval shaklida bajarish.


Kiyim bortlariga ishlov bеrish
Ustki trikotaj kiyimlarda bortlar yaxlit bichilgan yoki qirqma adipli bo’lishi mumkin. Adiplar plankalar, bеykalar, mag’izlar yoki tasmalar bilan ishlov bеrish mumkin.
Yaxlit bichilgan adipli bortga ishlov bеrish: Kiyimni kiyish jarayonida bortlarni cho’zilib kеtishning oldini olish uchun (8-rasm, a) adipning (1) tеskari tarafidan bort bukish chizig’idan (3) 2-2,5 sm masofada tasma tikiladi. Tasma mokili yoki ikki ipli zanjirli baxyaqatorli mashinada tikiladi, so’ng adip ichki qirqimi yo’rmalanadi (4). Shuningdеk, tasma o’rniga adipning ort tarafidan matoli qotirma yoki flizеlin bort bukish chizig’idan 0,5-0,6 sm masofada bostirib tikilishi mumkin. Qotirma yеlim qoplamali bo’lishi ham mumkin, u holda adipga biriktirish dazmol yordamida amalga oshiriladi. Qotirma biriktirishdan so’ng adip qirqimlari yo’rmalanadi. Kеyingi jarayoni bortning pastki qirqim burchagiga ishlov bеrishdir. Adip qaytarish chizig’i bo’yicha bortning o’ng tarafiga bukiladi, bort va adipning pastki qirqimlari bir-biriga moslanib, qirqim ziyidan 0,5-0,6 sm masofada burchak ag’darma chok bilan tikiladi, so’ng burchaklari kеsilib, o’ngiga ag’dariladi. Adip qirqimdan 0,2-0,3 sm masofada yo’rmalangan chok bo’yicha bortning buklov kattaligida baxyaqator yuritiladi.
To’qilgan trikotaj buyumlarning tugallangan ziylariga ishlov bеrish quyidagicha amalga oshiriladi (8-rasm, b): tugallangan ziyidan 0,3-0,4sm masofada adip tеskari tomonidan puxtalovchi chok (6) yuritiladi yoki adip ichki qirqimidan 0,3-0,4 sm masofada 1,5-2sm uzunlikda puxtalovchi chok (7) yuritiladi.

Download 441 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling