Reja: Difteriya (bo’g'ma), etiologiyasi
Download 20.86 Kb.
|
Bolalar infeksiyasi
Sog'ayish davri. Bu davr 1 haftagacha davom etadi. Yo’tal xurujlari kamaya boradi, bemorning ishtaxasi ochilib kayfiyati yaxshilanadi. Ko'kyo'talning kechishi yengil, o'rtacha og’irlikdagi va og'ir turda o’tishi mumkin. Kasallikning yengil turida yo’tal xurujlari kuniga 5-15 martagacha takrorlanishi mumkin va qisqa davom etadi.
O'rtacha og'irlikdagi turida yo'tal xurujlari kuniga 15-25 martagacha takrorlanadi. Og'ir turdagi ko’kyo’talda esa xurujlar soni 25-30 tadan oshishi, har bir xurujning uzoq davom etishi, bemor ahvolining og'irlashuvi kuzatiladi. Ko'kyo'tal deyarli hamma vaqt nafas a'zolarining zararlanishi bilan kechadi. Uning kataral davrida o'pkaga deyarli o'zgarishlar aniqlanmaydi. Xurujsimon yo'tal davrida bronxitga o'xshash o'zgarishlar bo'lib, o'pkada xirillashlar eshitiladi. Xirillashlar ko'pincha yo'tal xurujsimon keyin izsiz yuqoladi. Ko'kyo'talda qon tomir tizimiga ham ancha o'zgarishlar bo'ladi. Bemor betining salqib turishi, lablarining ko'kimtir tusga kirishi, bo'yin vena qon tomirlarining yo’tal xuruji paytida bo’rtib turishi, qo'1-oyoq barmoqlarining ko'karishi, muzlashi qon tomir tizimidagi o'zgarishlarni ifodasidir. Ko'kyo'talda bosh miyada gipoksiya va qon aylanishining buzilishi tufayli ensefalopatiya belgilari kuzatiladi: bemor bezovtalanadi, asabi beqarorlashadi, qo'1-oyog'i titraydi, pay reflekslari kuchayadi. Tana harorati ko'kyo'talda deyarli ko'tarilmaydi, yoki subfebril darajada bo'lishi mumkin. Go'daklarda ko'kyo'tal katta yoshdagi bolalarga qaraganda o'ziga xos kechishga ega. Ularda kasallikning yashirin davri nisbatan qisqa, yo'tal ham og’irroq bo'ladi, ba'zan nafas maromi buzilib, nafasning to'xtab qolishi kuzatiladi. Kasallik asoaratlari tez rivojlanadi. Ko'kyo’talda uchraydigan asoratlardan yana biri ensefalit bo'lib, bu asosan 1-2 yoshdagi bolalarda uchraydi. Ko'kyo'talda ko'krak qafasida bosimni ortib ketishi natijasida kelib chiqadigan asoratlardan pnevmotoraks, emfizema, kindik va chov churrasi, to'g ri ichakning tushishi kabilarni qayd qilish mumkin. Ko'kyo'tal tashhisi kasallikning belgilari, epidemiologik vaziyat va laboratoriya (bakteriologik) tekshirishlar natijasiga asoslanib qo’yiladi. Download 20.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling