Meningokokkli infeksiya Klinik polimorfizm bilan xarakterlanuvchi va nazofalingit, meningit va menigokokkli sepsis ko’rinishida kechadigan o’tkir infektsion kasallik. Etiologiyasi Qo’zg’atuvchi Neisseriaceae oilasi Neisseria avlodiga mansub Neisseria meningitidis bo’lib O’lchami o’rtacha 0,6-1,0 , shakli loviyasimon yoki kofe donidek, qon va likvor surtmasida hujayra ichida botiq tomoni ichkariga qarab juft-juft joylashadi. Antigen hususiyatiga ko’ra Quyidagi serologik guruhlarga ega: A,B,C,D,X,Y,Z va b.q Etiologiya - Qo’zg’atuvchi tashqi muhit ta’sirlariga kam chidamli.
- +50°C da 5 daqiqada 100°C haroratda 30 soniyada halok bo’ladi.
- -10°C haroratda 2 soatda, to’g’ri quyosh nurida 2-8 soatda halok bo’ladi.
- Dezinfeksiya moddalariga sezgir.
Epidemiologiya - Antroponoz infeksiya bo’lib, kasalik manbai kasal odam.
- Yuqish mexanizmi – aerogen.
- Yuqish yo’li havo – tomchi.
- Moyillik - barcha yoshda bo’lishi mumkin. ko’proq 80% bolalar va o’smirlar kasallanadi, kattalar orasida 15-30 yoshlilar kasallanadi.
- Kasallikdan keyin mustahkam immunitet hosil bo’ladi.
Patogenez Yuqori nafas yo’li Meningokokkemiya va Toksinemiya yallig’lanishi Serebral gipertenziya Patologik anotomiya - Makroskopik bosh miya yiringli “shapka”cha bilan qoplangan yumshoq pardaning yiringsiz sohalari shish to’laqon va xira.
- Miya moddasida tomirlar kengaygan, mayda qon quyilish va yallig’lanish o’choqlari.
- Gistologik tekshiruvda teri tomirlari shikastlanishi, ekzantemalar va tomirlarda meningokokli leykotsitar-fibrinoz tromb rivojlanishi
Klinika Klinik klassifikatsiyasi: - Birlamchi- lokalizatsiyalangan shakli
- Meningokokk ajratuvchanlik
- O’tkir nazofaringit
- Pnevmoniya
- Gematogen- generalizatsiyalashgan shakli
- Meningokokkemiya (tipik, chaqmoqsimon, surunkali)
- Meningit
- Meningoensefalit
- Aralash (meningokokkemiya+meningit)
- Kam uchrovchi shakllari (endokardit, artrit)
Meningokokk ajratuvchanlik - Klinik belgilar mavjud emas.
- Meningokokktsemiya
- Intoksikatsiya simptomlari: harorat oshishi, bosh og’rig’I, qayt qilish.
- Tana harorati 38-40°C
- Toshma birinchi soatdan toshadi, polimorf (rozeola, petehiya), hemorragik yulduzsimon shakilda
- Iridotsiklit belgilari
- Artrit
Toshma Meningit - Simptomlar triadasi: harorat oshishi, bosh og’rig’I, qayt qilish.
- Tana harorati 40-42°C
- Bosh og’rishi diffuz xarakterda pulsirlanuvchi, tana vaziyatini o’zgartirganda, yorug’likda baland ovozda kuchayuvchi
- Qayt qilish ovqatga bog’liq bo’lmaydi ko’ngil aynishisiz, bemor holatini yengillashtirmaydi.
- Bemorlarda sezgini oshishi fotofobiya, giperakuziya, giperosmiya.
- Ongning buzilishi (sopor, koma)
Meningit - Meningeal simptomlar musbat bo’ladi (ensa mushaklari rigidligi, Kerning, Brudzinskiy, Giyen, Bexterov,
- Pay,suyak usti teri reflekslarini assimetriyasi va oshishi.
- Patalogik refleslarni paydo bo’lishi
- O’choqli nevrologik belgilar
- Meningitga hos tashqi ko’rinish va holat
Meningit asorati - Meningiyni chaqmoqsimon kechishi bilan bosh miyaning bo’kishi va shishi
- Meningit serebral gipotenziya sindromi bilan kechuvchi
- Meningit ependimatit sindromi bilan kechuvchi
Meningoensefalit - Menengial sindromlar kam ifodalangan ensefalit simptomlarini ustunligi bian kechadigan turi
Diagnostika - Klinik- epidemiologik.
- Laborator tahlillar
- Bakteriologik (halqumdan olingan surtma orqa miya suyuqligi)
- Immunologik RNGA. IFM
Davolash - Meningokokkli nazofaringit
- Antibiotikoterapiya (makrolidlar, ampioks, levomitsetin, tetrasiklin)
- Sulfonilamidlar
- Tomoqni antiseptiklar bilan chayish.
Davolash - Generalizatsiyalangan shaklida
- Antibiotikoterapiya( benzilpenitsillin cefalosporinlar)
- Dezintoksikatsion terapiya (ringer, reopoliglyukin)
- Degidratatsion (laziks, mannit)
- Vitaminoterapiya (C, B1, B6)
- Og’ir hollarda glyukokortikoidlar
- Oksigenoterapiya
Profilaktika - Kasallarni erta aniqlash va ajratish
- Davolash.
- Meningokokk tashuvchilarni sanatsiyasi.
- Kasallar bilan muloqotda bo’lganlarni 10 kun kuzatish
- Maxsus profilaktikasida meningokokkli vaksinalar bilan emlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |