Pulpaning yallig'lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog'liq: 1) og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o'tishi
Download 490.41 Kb.
|
patan 9
PULPIT Pulpaning yallig'lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog'liq: 1) og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o'tishi (ko'pchilik hollarda tishdagi kariyes jarayonining asorati sifatida); 2) milqda chuqur tushgan patologik o'choq bo'lgan hollarda pulpa uchidagi teshikdan unga mikroblar o'tishi (pastga tushuvchi va yuqoriga ko'tariluvchi pulpit); 3) gripp va boshqa infeksion kasalliklardan keyin qondan mikroblar o'tishi (gematogen pulpit); 4) kimyoviy moddalar (dori preparatlari va boshqalar) ta'siri, tishga sun'iy koronka qo'yish uchun uni tozalab, arralash vaqtida tish pulpasining tasodifan zararlanishi. Klinik o'tishiga qarab o'tkir va surunkali pul'pitlar tafovut qilinadi. O'tkir pulpitlar seroz, yiringli, gangrenoz pul'pitlarga; surunkali pulpitlar fibrinoz (oddiy), yiringli (yoki yarali) va granulyatsiyalovchi pulpitlarga bo'linadi. O'tkir seroz pulpit pulpaga seroz shish kelishi, tomirlarning qonga to'lib, eritrotsitlar diapedezi boshlanishi, ayrim hollarda mayda-mayda qontalashlar paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi. Pulpa bir oz miqdor polinuklear va monoiuklear leykotsitlar bilan infiltrlanadi. Nerv tolalarida arzimas darajadagi distrofik o'zgarishlar bo'ladi. O'tkir yiringli pulpit. O'tkir seroz pulpitga xarakterli o'zgarishlar ustiga neytrofillarning keskin ifodalangan migratsiyasi boshlanib, pulpada o'choqli va diffuz infiltratsiya paydo bo'ladi. Nerv tolalaridagi distrofik o'zgarishlar zo'rayib boradi. Iiringli pulpit ikki shaklda o'tadi: abssess paydo bo'lishi bilan o'tadigan o'choqli pulpit va diffuz leykotsitar infiltratsiya bilan o'tadigan flegmonoz pulpit. Yiringli pulpitning o'choqli xilida yashil tusli yiring bilan to'lib turgan mayda-mayda bo'shliqlar hosil bo'lsa, flegmonoz pulpitda pulpa sarg'ish tusli gugurt rangiga kirib qoladi. O'tkir gangrenoz pulpit chuqur tushgan kariyes mahalida pulpaga chirituvchi bakteriyalar o'tishi natijasida boshlanadi. Bunda pulpa qo'lansa-chirik hidli kulrang-qora massa ko'rinishiga kirib qoladi. Mikroskop bilan tekshirilganida pulpa bo'shlig'ida strukturasiz donador massa topiladi, buning orasida bir talay bakteriyalar, yog' kislotalarining kristallari bo'ladi. Bunda pulpa bilan bir qatorda odontoblastlar ham halok bo'lib boradi. Surunkali fibroz pulpit (oddiy) pulpada hujayra elementlari sonining kamayib qolgani, tolali biriktiruvchi to'qima o'sib ketgani bilan ta'riflanadi. Kariyes kovagiga yaqin ba'zi bir joylarda yumaloq hujayrali infiltratsiya o'choqlari topiladi. Odontoblastlar atrofiyaga uchrab, yo'qolib ham ketadi. Fibroz asosining ba'zi joylarida gemosiderin, gialinoz ko'zga tashlanadi. Yiringli yoki yarali surunkali pulpit. Pulpa sklerozga uchrashi ustiga unda yiring bilan to'lgan va ichki tomondan piogen membrana bilan qoplangan kovaklar paydo bo'ladi. Piogen membrana kapillar tomirlar va polinuklear leykotsitlarga boy granulyatsion to'qimadan iborat bo'lib, tashqi tomonda granulyatsion to'qima tolali fibroz biriktiruvchi to'qimaga aylanadi. Pulpaning yuza qatlami madda boylab turgan bo'lsa, buni yarali surunkali pulpit deyiladi. Kovak devori yorilib, yiringli ekssudat undan chiqib ketgandan keyin pulpaning zararlangan joyi yara bo'lib turadi. Yaraning chetlari jarayon susayib borgan sayin yetilib boraveradigan granulyatsion to'qimadan iborat bo'ladi. Surunkali granulyatsiyalovchi pulpit. Pulpa yuzasida yiringli va leykotsitar infiltratsiya paydo bo'ladi. Yosh granulyatsion to'qima asta-sekin o'sib borib, tish bo'shlikidan chiqib turadigan polipsimon tuzilmaga aylanadi, uning yuzi epiteliy bilan qoplanadi. Nozik biriktiruvchi to'qima tolalari orasida kapillarlar ko'zga tashlanadi, bularning orasida fibroblastlar, gistiotsitlar, limfotsitlar, leykotsitlar va epitelioid hujayralar bo'ladi. Tolali tuzilmalar ba'zan hujayra elementlaridan ustun turadi. Pulpadagi surunkali yallig'lanish jarayoni dentinning pulpa tomonidan lakunar tarzda so'rilib ketishiga olib kelishi mumkin. Klinik manzarasi. Xarakterli yallig'lanish jarayoni bilan ta'riflanadi. O'choqli seroz-yiringli pulpitdatinning zararlangan sohasida spontan og'riqlar, sovuqqa kuchli og'riqli reaksiya paydo bo'ladi. O'tkir yiringli diffuz pulpitda esa spontan og'riqlar yaqqol bo'ladi va uch shoxli nerv tarmoqlari bo'ylab tarqaladi. Surunkali pulpit haroratni qo'zg'atuvchi ta'sirotlar ta'sir etganda, ovqatlanish paytida og'riqlar paydo bo'lishi bilan farqlanadi. Surunkali proliferativ pulpitda qon ketishi kuzatiladi. Download 490.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling