Pulpaning yallig'lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog'liq: 1) og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o'tishi


Manganottining prekankroz abraziv xeyliti


Download 490.41 Kb.
bet7/9
Sana30.01.2023
Hajmi490.41 Kb.
#1141815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
patan 9

Manganottining prekankroz abraziv xeyliti. Bu xildagi xeylit paydo bo'lishiga olib keladigan sabablar: travma, quyosh nuri ta'siri va gerpesdir. Sirtdan ko'zdan kechirilganidalabda yuzasi silliq bo'lib turgan bitta yoki bir nechta qizil eroziyalar bo'ladi. Bular ba'zan mahkam yopishgan qonli yoki seroz qoraqo'tir bilan qoplanib turadi. Gistologik tekshiruvda epiteliy nuqsoni borligi topiladi. Epiteliyning chetida yo akantoz bo'ladi, yoki epiteliy atrofiyaga uchragan bo'lib chiqadi. Terining tikansimon qavatida atipiya belgilari bor hujayralar topiladi. Davo qilinmasa bu o'zgarishlar ikki oy yoki bir necha yildan keyin rakka aylanib ketishi mumkin. Bunda eroziya bo'lib turgan joy juda qattiqlashib qoladi.
Teri shoxi -- epiteliyning har joy-har joyda giperplaziyaga uchrab, ko'rinishidan shoxga o'xshash sezilarli giperkeratoz hosil qilishidir. Aksari pastki labning qizil jiyagida paydo bo'ladi. Bu jarayon uzoq muddat, yillab davom etib boradi. Yallig'lanish boshlanib, «shox» tagi qattiqlashib qolganida buni xavfli o'sma boshlanishi deb gumon qilish mumkin (gistologik tekshirishda noma'lum bo'ladi).
Keratoakantoma — tez rivojlanib boradigan va o'z-o'zidan qaytib qoladigan xavfsiz epidermal o'smadir. Lablarning qizil jiyagida yoki tilda o'rtasi voronkaga o'xshab chuqur tushgan kulrang-qizil tusli qattiqqina tuguncha paydo bo'ladi; uningo'sha chuqurchasi osongina olib tashlasa bo'ladigan shox moddalari bilan to'lib turadi. O'smaning kattaligi 1,0x2,5 sm keladi, og'rimaydi, harakatchan, atrofdagi to'qimalar bilan bitib ketmagan bo'ladi. 6-8 oydan keyin o'sma yo yo'qolib, o'rni chandiq bo'lib qoladi yoki rakka aylanib ketadi. Rakka aylanayotganida u juda qattiklashib, qonab turadi. Davosi — jarrohlik yo'li bilan olib tashlash.

Download 490.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling