Pulpaning yallig'lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog'liq: 1) og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o'tishi


Download 490.41 Kb.
bet8/9
Sana30.01.2023
Hajmi490.41 Kb.
#1141815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
patan 9

So'galli ilk rak — ko'pincha pastki labda uchraydi va yuzasida so'gallari bo'lgan, og'rimaydigan, qizil tusli qattiq tuguncha ko'rinishida bo'ladi, diametri 4—10 mm keladi. Tugunchaning yuzi kulrang tangachalar bilan qoplanib turadi. Gistologik tekshirishda tikansimon qatlam kengayib, hujayralarining polimorfizmiga uchragani aniklanadi. Parakeratoz bilan giperkeratoz ham topiladi. Bazal membranasi yemirilmaydi. Tuguncha paydo bo'lgan vaqtdan boshlab, 1—2 oy ichida u invaziv rakka aylanib ketishi mumkin.
 
STOMATITLAR
Stomatit — og'iz bo'shlig'i shilliq pardasining yallig'lanishidir. Stomatitlar qanday sabablarga ko'ra paydo bo'lganiga qarab hozir ikki asosiy guruhga bo'linadi:
1) og'iz bo'shligi shilliqpardasining infeksion omillar yoki boshqa zararli omillar (travma, nur energiyasi, maxsus moddalar va dori preparatlari) tufayli bevosita zararlanishidan paydo bo'ladigan stomatitlar;
2) organizmning umumiy kasalliklari: me'da-ichak yo'li, yurak-tomirlar sistemasi, nerv sistemasi kasalliklari, qon kasalliklari, turli infeksion kasalliklarda paydo bo'ladigan stomatitlar. Stomatitlarning gerpetik va aftoz xillari juda ham diqqatga sazovordir.
Gerpetik stomatit. Gerpetik stomatitning qo'zg'atuvchisi DNK-virusdir, u ham epidermotrop, ham neyrotrop bo'ladi. Ko'pchilik hollarda bemorlarda gerpes virusi (I tipdagi virus) ga qarshi antitelolar topiladi. 15 foiz hollarda gerpetik stomatit nerv sistemasiga infeksiya o'tgan mahallarda paydo bo'ladi. Ma'lumki, gerpes virusi og'iz bo'shlig'i shilliq pardasi orqali o'tib, uch shoxli nerv yadrosining nerv hujayralariga yetib borishi va o'sha yerdagi virus genomi DNK ga o'rnashib olishi mumkin. Infeksiya latent, yashirin holda bo'lib qolaveradi. Immunologik himoya susayib ketgan bo'lsa, shilliq parda ta'sirlangan mahalda virus genomi go'yo jonlanadi va sezuvchi aksonlar bo'ylab retrograd tarzda yo'nalib, ko'pincha lablar epiteliysini zararlaydi.
Gerpetik stomatit uchun og'iz bo'shlig'i shilliq pardasi yoki lablarda mayda-mayda pufakchalar paydo bo'lishi xarakterlidir. Mikroskopik tekshirishda bu pufakchalarning ichi seroz suyuqlik, ko'chib tushgan epiteliy hujayralari, leykotsitlar, fibrin iplari bilan to'lib turgani ma'lum bo'ladi. Stomatitning bu xili ko'pincha gripp, revmatizm, pnevmoniya singari kasalliklar bilan birga uchraydi. 2—3 kundan keyin pufakchalar yorilib, yuzaki yarachalar paydo bo'ladi, ularning tagi shishib, qizarib turadi.
Aftoz stomatit odatda yoshlik davrida bo'ladi, mikoplazma mahalida va sekinlik bilan yuzaga chiquvchi o'ta sezgir reaksiyalarida kuzatiladi. Aftoz stomatitda shilliq parda shishib, yumaloq shaklli eroziyalar paydo bo'ladi, bular karash bilan qoplanib, rosa giperemiyalangan gardish bilan o'ralib turadi. Eroziyalar bitta yoki bir talay bo'lishi mumkin. Ularning paydo bo'ladigan joyi lablar, lunj shilliq pardasi va tildir. Eroziyalarning tubida neytrofillar bilan infiltrlangan granulyatsion to'qima bo'ladi. Mikroskopik tekshirishda seroz-fibrinoz yallig'lanish o'choqlari topiladi. Leykotsitlar bosib ketgan fibrinoz parda ko'chib tushganida yuzagina yaracha — och qizil rangli eroziya paydo bo'ladi, u odatda, kasallikning boshidan hisoblaganda 10-14 kunda bitib ketaveradi. Yosh ulg'aygan sari susayib boradigan bu jarayon qaytalanib turishi mumkin.

Download 490.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling