Pulpaning yallig'lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog'liq: 1) og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o'tishi


Download 490.41 Kb.
bet6/9
Sana30.01.2023
Hajmi490.41 Kb.
#1141815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
patan 9

Meteorologik xeylit shamol, harorat, chang va havo ta'siri tufayli boshlanadi. Lablarning diffuz tarzda yallig'lanishi notekis giperemiya, qovjirash, bir oz po'st tashlash, kamgina infiltratsiya paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi. Lablarning shilliq pardasi va terisida eroziya va yoriklar paydo bo'lishi mumkin.
Oddiy glaidulyar xeylitda shilimshiq-seroz bezlarning keskin giperplaziyasi va ajratuv yo'llari atsinuslarining kistoz kengayishi kuzatiladi. Bezlar stromasi shishib, yumshab qoladi.
Yiringli glandulyar xeylit lablar juda shishib, sariq-yashil yoki qo'ng'ir-qora tusli qalin qoraqo'tirlar paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi. Mikroskopik tekshirishda bezlarning giperplaziyaga uchrab, epiteliyning shishib turgani aniklanadi, bezlar stromasida esa shish, yiringli diffuz infiltratsiya borligi ko'zgatashlanadi.
Glandulyar makroxeylitda lablarning shilimshiq-seroz bezlari giperplaziyaga uchrab, stromasida surunkali yallig'lanish jarayoni boshlanadi.
Limfedematoz xeylit limfa hosil bo'lishining izdan chiqishiga aloqador kasallik bo'lib, lablarning haddan tashqari kattalashib ketishiga olib keladi (lablar gigantizmi). Bunda biriktiruvchi to'qimada shish paydo bo'lib, tolalari bir-biridan ajralib qoladi, limfa tomirlari kengayib, limfoektaziyalar paydo bo'ladi.

50- rasm. Eksfoliativ xeylit.
 
Lablar qizil jiyagmning cheklangan rak oldi giperkeratozi. Sirtdan ko'zdan kechirilganda odamning labida ichiga tortgan yoki ko'tarilib turgan joylar topiladi. Bular mahkam yopishgan tangachalar bilan qoplangan bo'ladi. Paypaslab ko'rilganida yuzasida plastinkasimon zichlashma qo'lga unnaydi. Gistologik tekshiruvda epiteliyda xujayralar joylashuvi tartibining buzilgani va hujayralar polimorfizmi, cheklangan akantoz, yuza tomonda giperke-ratoztopiladi.

Download 490.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling