Pulpaning yallig'lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog'liq: 1) og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o'tishi


Download 490.41 Kb.
bet4/9
Sana30.01.2023
Hajmi490.41 Kb.
#1141815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
patan 9

Patologik anatomiyasi. Jarayon milk yallig'lanishidan boshlanadi va surunkali kataral yoki gipertrofik gingivit bilan namoyon bo'ladi. Milk usti va ostida mikroblar to'plamlari, ko'chib tushgan epitelial hujayralar, amorf detrit, leykotsitlardan iborat tish kiri paydo bo'ladi. Tish kiridan tashqari tish toshi ham topiladi. Milk cheti epiteliysida hujayralar distrofiyasi, nekrozi, biriktiruvchi to'qimada mukoid, fibrinoid bo'kish, vaskulitlar ko'zga tashlanadi. Milk yallig'lanishi natijasida tish bilan milkning birikkan joyi, keyinchalik esa tishning doiraviy boylami ham yemiriladi, tish-milk haltumi paydo bo'ladi (48-rasm). Mikroblar va toksinlari periodont tirqishiga o'tadi, bu tirqish kengayib boradi. Osteoklastlar suyakni yemirib, mayda lakunalar (kovaklar) hosil qiladi, lakunar rezorbsiya natijasida strukturasiz massa (mikroblar koloniyalari, yemirilgan leykotsitlar, ovqat qoldiklari), granulyatsion to'qima bilan to'lgan parodont haltumi paydo bo'ladi. Bu granulyatsion to'qima neytrofillar, plazmatik hujayralar, makrofaglar va limfotsitlarga boy bo'lib, unda ko'p qavatli yassi epiteliy tortmalari uchraydi, shu epiteliy tortmalari tish uchigacha yetib borishi mumkin. Hosil bo'lgan haltumdan yiring chiqib turadi (alveolyar pioreya). Rentgenologik yo'l bilan tekshirishda parodontdagi bu o'zgarishlar osteoporoz ko'rinishida ko'zga tashlanadi. Rezorbsiya hodisasi tish chuqurchasi suyak to'qimasining to tish ildizigacha to'la so'rilib ketishiga olib keladi. Shuning natijasida tish o'z o'rnidan ko'chib qoladi. Parodontitda sement ham rezorbsiyaga uchrab, sement-dentin tokchalari hosil bo'ladi. Shu bilan birga yangidan sement hosil bo'lib turishi ham mumkin (gipersementoz). Tish pulpasida esa distrofiya va atrofiya boshlanadi. Parodontit oqibatida tishlar qimirlab qoladi va tushib ketadi, yiringli yallig'lanish o'choqlari odontogen sepsisga sabab bo'lishi mumkin.

 
48- rasm. Patologik tish-milk haltumi (parodont kasalligi):
1 — emal irib ketgai joy; 2 — tish-milk hal-tumi sohasidagi ko'p qavatli yassi epiteliyning yemirilishi; 3 — milkning subepitelial asosidagi fibroz; 4 -yallig'lanish infiltrati.
Suyak to'qimasida quyidagi o'zgarishlar ro'y beradi: suyak strukturalari almashinuvining kechikishi, suyak trabekulalarshing qalinlashuvi, osteonlar birikish joyining dag'allashib, keyinchalik suyak oddiy tuzilshiining yo'qolib ketishi — eburneatsiya o'choqlari bo'lishi xarakterlidir. Suyak kortikal qavatining qalinlashib, zichlashib qolishi bilan o'tadigan va suyakni fil suyagiga o'xshatib qo'yadigan osteoskleroz, osteoporoz o'choqlari (suyak hajm birligidagi suyak to'sinlari soni kamayib qolgan, shu elementlar yupqa tortib, qiyshayib qolgan va bir qismi so'rilib ketgan joylar) bilan navbatlashib boradi. Suyakning ko'p joylarida devorlari silliq kovaklar — pazuxalar paydo bo'ladi. Suyak to'qimasidagi shu o'zgarishlar bilan bir qatorda mikrotsirkulyator o'zanda ham o'zgarishlar boshlanadi, bular mayda tomirlar devorlarining skleroz va gialinozga uchrab, yo'li torayib qolishi yoki butunlay bitib ketishi bilan ifodalanadi. Natijada kapillar to'r tuzilishi aynaydi. Oqibatda toshni mahkam ushlab turadigan apparat yemirilib, tish o'z o'rnidan «ko'chib» chiqadi (49-rasm).

Download 490.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling