Pulpaning yallig'lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog'liq: 1) og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o'tishi


Download 490.41 Kb.
bet5/9
Sana30.01.2023
Hajmi490.41 Kb.
#1141815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
patan 9

Parodontozning klinik alomatlari kasallik avj olib borishining davriga bog'liq. Parodontoz endigina boshlanib kelayotgan davrda gingivitga o'xshab o'tadi.

49- rasm. Yalang'ochlanib qolgan tish bo'yinchasi (parodont kasalligi).
 
Milklar qonab turadi, ovqat mahalida yoki tishlar tozalanayotgan paytda og'riq seziladi, tishlarning milk so'g'onlari kamqonli yoki gipertrofiyalangan bo'ladi, milklar achishadi yoki uvishib qolgandek bo'lib turadi, milk ustida va tagida tish toshi paydo bo'lib boradi. Jarayon zo'rayib borgani sayin gingivit tabiatan tarqoq bo'lib boradi. Milklar kerkib, qon dimlanishiga aloqador giperemiya va qonash hodisalari kuzatiladi, parodontal haltumlar hosil bo'lib, ulardai yiring chiqib turadi. Tishlar qimirlab, bo'yni va ildizlari ochilib qoladi.
 
OG'IZ BO'SHLIG'I SHILLIQ PARDASI KASALLIKLARI
XEYLITLAR
Xeylshplar — yig'ma atama bo'lib, lablar shilliq pardasi bilan terisining qizil jiyagining yallig'lanishi degan ma'noni bildiradi. Bular ko'pincha og'iz bo'shlig'i shilliq pardasining travmatik, infeksion omillar tufayli, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari munosabati bilan har xil tarzda yallig'lanishi mahalida kuzatiladi. Mustaqil xeylitlar ham uchraydi, quyida shularni tasvirlab o'tamiz.
Eksfoliativ xeylit ikki shaklda: quruq va ekssudativ xeylit tarzida namoyon bo'ladi. Quruq xeylit uchun labning qizil jiyagi yuzasida qon dimlanib, giperemiya boshlanishi xarakterlidir, bunda labning qizil jiyagida quruq, yarim tiniq tangachalar paydo bo'ladi. Ekssudativ xeylitda lablar shishib, qizarib turadi, ularda to'q kulrang tusli nam tangachalar va qora qo'tirlar paydo bo'ladi (50-rasm).

Download 490.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling